Moliya” kafedrasi sirtqi ta’limning 5230600 – “Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi


Download 130.81 Kb.
bet6/11
Sana20.06.2023
Hajmi130.81 Kb.
#1634070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Parpiyev Sherzod Maxammadjon o’g’li

Amaliyot o‘tash joyi rahbari __________________
(ismi-sharifi) (imzo)

muhr



3-mavzu. «O’zsanoatqurilishbank” ATB ning moliyaviy hisobotlari bilan tanishish


Aktivlar. Aktivlarning hajmi va diversifikatsiya qilinganlik darajasi bank holatiga umumiy baho berilishida asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Aktivlarning yildan-yilga o‘sib borish tendensiyasi hamda uning tarkibini daromadlilik, tavakkalchilik jihatidan maqbullashtirish masalasiga muhim e’tibor qaratiladi.
Aktivlar hajmining barqaror o‘sishiga erishish maqsadida 2023 yil yakuniga aktivlar hajmini 59 213 mlrd. so‘mga yetkazish rejalashtirilgan. Aktivlarning o‘sishida ular tarkibining maqbulligiga hamda aktivlar sifatining yuqoriligiga katta ahamiyat qaratiladi. Bunda, kredit qo‘yilmalar qoldig‘i 48 486 mlrd. so‘mga yetkaziladi. Bank aktivlarining yuqori daromadliligini ta’minlash, umumiy likvidlilikka erishishga yo‘naltirilgan bankning kredit va investitsiya siyosatini amalga oshirish yuzasidan choralar ko‘riladi. Pirovard natijada, bank mablag‘laridan samarali foydalanishning muhim belgilaridan biri - bu bank umumiy aktivlari tarkibida daromad keltirmaydigan aktivlar ulushining maqbul darajada bo‘lishini ta’minlash bilan birgalikda daromad keltirmaydigan aktivlar salmog‘ini kamayib borish tendensiyasining mavjudligi hisoblanadi.
Majburiyatlar. Bank umumiy majburiyatlarini 2023 yil davomida 49 067 mlrd. so‘mga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda. O‘z navbatida, bank tomonidan ushbu majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish va joriy likvidlikni ta’minlash maqsadida bank aktivlarining sifat tarkibini yanada yaxshilash tadbirlari amalga oshiriladi. Bank majburiyatlarining 2023 yil davomida o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan aniq choralar ko‘riladi. Birinchi navbatda, korporativ mijozlarning pul oqimlari ustidan doimiy monitoring o‘rnatiladi. Bunda, bank depozitlari hajmining 2023 yil yakuniga qadar 15 043 mlrd. so‘m miqdorida bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, jamg‘arma va muddatli depozitlariga mablag‘larni jalb qilishni yanada 12 faollashtirish, bunda yangi jozibador omonatlar va jamg‘armali depozitlarni joriy etish orqali aholi omonatlari hamda plastik kartochkalardagi mablag‘lar qoldig‘ini oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Bank kapitali. Kapital - bank faoliyatining asosiy moliyaviy tayanchi bo‘lib, bankning iqtisodiy boshqarish vositasidir, shuningdek undan omonatchilar manfaatlarini himoya qiluvchi hamda bank faoliyati rivojini ta’minlovchi manba sifatida foydalaniladi. Bank umumiy kapitalini 2023 yil davomida 10 146 mlrd. so‘mga yetkazishni ko‘zda tutgan holda uning yetarliligi darajasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan iqtisodiy me’yorlardan kam bo‘lmagan darajada saqlanishini ta’minlash choralari belgilangan. Bank kapitalining ko‘zda tutilayotgan o‘sishining asosiy manbasi bo‘lib, 800 mlrd. so‘m miqdorida olinadigan foyda hisoblanadi. Foydani ko‘paytirishning muhim yo‘nalishi bo‘lib aktiv va passivlardan maqbul darajada foydalanish, xususan kredit, investitsiya hamda depozit siyosatlarini samarali yuritishdan iboratdir.
Xarajatlar tarkibining 1 671 mlrd. so‘mini operatsion xarajatlar tashkil etmoqda. Operatsion xarajatlar tarkibida bank xizmatchilarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar 1 141 mlrd. so‘mni, ijara va ta’minot xarajatlari 162 mlrd. so‘mni, ma’muriy xarajatlar 73 mlrd. so‘mni, reprezentatsiya va xayriya xarajatlari 84 mlrd. so‘mni, eskirish xarajatlari 124 mlrd. so‘mni hamda sug‘urta va soliq xarajatlari 63 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda.
Moliyaviy aktivlarni baholash va klassifikatsiyalashga doir MSFO №9 yangi talablarining joriy etilishi hamda tavakkalchilikka tortilgan aktivlarning tavakkalchilik darajasiga qarab 964 mlrd. so‘m miqdorida zaxira tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 2023yil davomida 1 800 dona kompyuterlar, 300 dona printer, 510 dona bankomat, 170 dona infokioska, 7 000 dona terminal va yangi dasturiy ta’minotlar sotib olinishi hamda 450 mlrd. so‘mlik yangi qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.


Download 130.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling