Moliya. Savol-Javoblar "Moliya" so‘zi, eng avvalo, qanday ma’noni anglatadi?
Download 14.26 Kb.
|
Moliya savol javob
Moliya. Savol-Javoblar 1. “Moliya” so‘zi, eng avvalo, qanday ma’noni anglatadi? «Moliya» arabcha so'z bo'lib, o'zbek tilida «pul mablag'lari» ma'nosini anglatadi. Arab tilidagi «mol», ya'ni «boylik, mulk, pul jamg'armasi», shuningdek, «moliyat», ya'ni «pul mablag'lari; soliq» so'zlari ham moliyaga daxldordir. 2. Moliyaning vujudga kelish shart-sharoitlari nimalardan iborat? Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bo'lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar-put munosabatlari sharoitida paydo bo'ldi. Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) ne'matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bo'yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida davlat va takror ishlab chiqarish munosabatlarining boshqa ishtirokchilari (sub'ektlari) o'rtasida ma'lum bir munosabatlarning o'rnatilishini taqoza etadi. Xususan, ana shu munosabatlar «moliya» tushunchasi orqali ifodalangan. 3. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli nimalar bilan belgilanadi? Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarini qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta'minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag'lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilai'l bog'liq bo'lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarga moliya deyiladi. 4. Tarixiy kategoriya sifatida moliyaning vujudga kelishi nimalarga bog‘liq? Tarixiy kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo'linishi va davlatning paydo bo'lishi bilan bog'liq. 5. Moliya deb nimaga aytiladi? Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. 6. Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi xarakterli belgilari nimalardan iborat? Moliyaviy rnunosabatlarning farqlanuvchi o'ziga xos belgisi shundan iboratki, YaIMni qayta taqsimlash jarayoni oldindan ma'lum maqsadlarga mo'ljallangan turli pul mablag'lari fondlarini yaratish bilan kuzatiladi. Davlat va mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag'lari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xo'jalik sub'ektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi. Download 14.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling