3. Pul muomalasi ko‘rsatkichlari:
- pul oqimlari ko‘rsatkichlari;
- pul massasi (agregatlari) ko‘rsatkichlari;
- pul emissiyasi ko‘rsatkichlari;
- pul massasini hududlararo migratsiyasi ko‘rsatkichlari;
- pul aylanishi (oboroti) ko‘rsatkichlari.
4. Kredit operatsiyasi ko‘rsatkichlari:
- kredit resurslari va qo‘yilmalari ko‘rsatkichlari;
- bank krediti ko‘rsatkichlari;
- jismoniy shaxs krediti ko‘rsatkichlari;
- kim oshdi savdosi bo‘yicha joylashtirilgan kredit resurslari ko‘rsatkichlari;
- O‘zbekiston MB qayta joylashtirish stavkasi va boshqa stavkalar;
- kredit resurslari va qo‘yilmalaridan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari.
5. Investitsiya operatsiyalari va bitimlari ko‘rsatkichlari:
- investitsiyaning kapital hosil qiluvchi ko‘rsatkichlari;
- qurilishga qo‘yilgan, shu jumladan, uy-joy va ijtimoiy-madaniy qurilishga qo‘yilgan qo‘yilmalarni ko‘rsatkichlari;
- chet el investitsiyasi ko‘rsatkichlari;
- moliyaviy investitsiya ko‘rsatkichlari;
- investitsiya riski va samaradorligi ko‘rsatkichlari.
6. Moliyaviy bozorlar faoliyatini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar:
- fond bozoridagi moliyaviy operatsiyalarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
- qisqa muddatli davlat obligatsiyasini birinchi bozori ko‘rsatkichlari;
- davlat qimmatli qog‘ozlarini kim oshdi daromadliligi, foiz stavkalari va boshqa ko‘rsatkichlari;
- aholining qimmatli qog‘ozlarni sotib olish ko‘rsatkichlari;
- tijorat banklarining faoliyatini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar;
- aholining turli banklarga qo‘ygan qo‘yilmalari harakatini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar;
- sug‘urta kompaniyalari faoliyatini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar;
- valyuta savdosi, kursi va bozorini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar;
7. Korxona va tashkilotlarning moliyaviy faoliyatini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar:
- korxona va tashkilotlarning xarajatlari ko‘rsatkichlari;
- korxona va tashkilotlarning moliyaviy natijalarini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar;
- korxona va tashkilotlarning moliyaviy holatini va barqarorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar;
- korxona va tashkilotlarning moliyaviy hisoblari va o‘zaro hisobkitoblarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Endi bu sanab o‘tilgan statistik ko‘rsatkichlarni aniqlanish texnologiyasi va statistik tahlili bilan qisqa tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |