Moliya tarixidan


Download 13.63 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi13.63 Kb.
#1788197
Bog'liq
Moliya tarixidan


Moliya tarixidan
Moliya fani G‘arbda XV–XVI asr o‘rtasida paydo bo‘lgan. O‘rta Osiyoda moliya haqida tushuncha berilgan asarni ilk marotaba davlat arbobi va shoir Zahiriddin Bobur (1483–1530) yaratgan.
Uning iqtisodga oid "Mubayyin" asari asosan soliqqa tortishning asosiy me’yori va uning xususiyatlariga bag‘ishlangan.
Moliya atamasi dastlab Bobur asarida qo‘llangan. Moliyaga oid yana bir asar – “Temur tuzuklari”dir. Ushbu kitobda Movarounnahr davlatida ish yuritish, g‘azna, maosh to‘lash masalalari, soliq, soliqqa tortish, yer solig‘i va boshqa masalalar aks ettirilgan.
Moliya haqida qiziqarli ma’lumotlarni yana Alisher Navoiy, Muqimiy, Zokirjon Furqat asarlarida uchratish mumkin.
XX asrning 20-yillarida iqtisodiyot sohasida moliya muammosi markaziy o‘rin egallagan. 1921-yilda O‘zbekiston Respublikasida birinchi pul islohoti amalga oshirilib, o‘zining ilk budjeti shakllandi. Birinchi kredit muassasalari tashkil etildi. Jurnallarda moliyaga oid bir qator maqolalar chop etildi. 1922-yilda Y.I.Poslavskiy va T.N.Cherdansev tahriri ostida “O‘rta Osiyo iqtisodiy hudud” kitobi yaratildi. 1927-yilda esa X. Xakimxo‘jayevning “O‘zbekistonning 10 yil ichida moliya sohasidagi erishgan yutuqlari” nomli kitobi chop etildi. Shu davrdan boshlab UODU (SAGU)ning iqtisod fakultetida moliya fani o‘quv dasturiga kiritildi, (1931-yilda esa ushbu fakultet O‘rta Osiyo moliya-iqtisod instituti sifatida ajralib chiqdi).
1931-40-yillarda O‘rta Osiyo moliya-iqtisod institutining moliya faniga oid ilmiy to‘plamlari nashr etildi.
Urush yillarida boshqa mamlakatlardan bir qator olimlarning evakuatsiya qilinishi moliya sohasining yanada ravnaqiga olib keldi. Ana shunday olimlarning tashabbusi bilan 1943-yilda aspirantura ochildi.
1948-50-yillarda birinchi nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yuzaga keldi. Hozirgi davrda moliya ilmi yangi bosqichlarga ko‘tarilmoqda
Download 13.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling