Moliya tizimi va moliyaviy siyosat


Moliyaviy resurslarning mohiyati va ahamiyati


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana17.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1206277
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliya TFI prezentatsiya

Moliyaviy resurslarning mohiyati va ahamiyati 
Moliya o`z vazifalarini ma`lum moliyaviy vositalar orqali bajaradi. Bu
vositalarning asosini moliyaviy resurslar tashkil etadi. Korxonaning modiyaviy
resurslari bu pul daromadlari va mablag`larining tushumi bo`lib, xujalik
subyektining har xil moliyaviy majbutriyatlarni bajarish, xarajatlarni moliyalash,
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish, korxona xodimlarini
moddiy rag`batlantirishni ta`minlash uchun manba`dir.
Moliyaviy
resurslar
mikro
va
makro
resurslarga
bo`linadi.
Makroresurslar umumdavlat miqyosida tashkil topadi. Ular budjet tarkibida yoki
budjetdan tashqari jamg`armalar tarkibida tashkil topadi.
Mikroresurslar markazlashmagan resurslar hisoblanib, ular korxona, firma,
kompaniya, tashkilot, jamoa uyushmalari doirasida bo`lib, xo`jalik yuritish
subyektlariga tegishli bo`lgan
yoki ular tomonidan qarzga olingan pul
mablag`laridan iborat.


Moliyaviy resurslar shakllanishiga ko`ra guruxlanadi :
 O`z mablag`lari va ularga tenglashtirilgan mablag`lar hisobiga ;
 Qarzga olingan mablag`lar hisobiga ;
 Boshqa manbalar hisobiga (Davlat budjeti, moliya bozoridan jalb etish va 
boshqalar).
 Korxonaning o`z mablag`lari va ularga tenglashtirilgan mablag`lariga 
qo`yidagilar kiradi: 
 Asosiy faoliyatdan foyda
 moliyaviy faoliyatdan foyda
 boshqa operatsiyalardan foyda
 maqsadli tushumlar va boshqalar.
Korxonaning qarzga olingan mablag`lari jumlasiga bank kreditlari va boshqa ayrim qarzlar kiradi.
Korxonaning moliya bozoridagi ishtiroki asosida aksiya va boshqa qimmatli qog`ozlarni
sotish orqali mablag`lar kelib tushadi. Bundan tashqari moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash
natijasida, sug`urta kompaniyasi va boshqalardan pul resurslari, budjet subsidiyalari va boshqa
resurslar ko`rinishida ham kelib tushadi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlar mavjud moliyaviy resurslardan qanchalik samarali
foydalanishni ta`minlasa shunchalik yuqori natijalarga erishish imkoniyati yaratiladi.
Resurslarni iqtisod qilish muammolari to`g`risida gapirganda, moliyaviy resurslarni
tejash, berilgan kreditlarni o`z vaqtida qaytarilishi masalasiga ham aloxida e`tibor qaratish xarur –
degan edi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 14 fevraldagi
yig`ilishidagi ma`ruzasida.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling