Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 04. 00. 00 Budjet tizimining umumiy qoidalari


-modda. Davlat budjeti xarajatlari


Download 55.48 Kb.
bet12/39
Sana07.11.2021
Hajmi55.48 Kb.
#171434
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
Budjet tizizmi-158-II 14.12.2000-1

12-modda. Davlat budjeti xarajatlari

Davlat budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag‘ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:

1) budjet mablag‘lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;

2) joriy budjet transfertlari shaklida;

3) kapital xarajatlar shaklida:

asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;

chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga;

davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;

davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;

4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida;

5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida;

6) davlat maqsadli jamg‘armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida;

7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar shaklida;

8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.



13-modda. Budjetlar o‘rtasida taqsimlangan mablag‘larni daromadlar va xarajatlar jumlasiga kiritish

Davlat budjeti tuzilmasiga kiradigan budjetlar o‘rtasida qaysi budjetlardan yo‘naltirilayotgan bo‘lsa, ular uchun xarajat hisoblanadigan, ayni bir vaqtda qaysi budjetlarga borib tushayotgan bo‘lsa, ular uchun daromad hisoblanadigan mablag‘lar quyidagi shaklda taqsimlanishi mumkin:

budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari (tasdiqlangan miqdorlar doirasida);

budjet ssudalari va ularning qaytarilishi;

ushbu Qonunga va tegishli yil uchun qabul qilingan Davlat budjetiga muvofiq amalga oshiriladigan boshqa o‘zaro hisob-kitoblar.


Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling