Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 04. 00. 00 Budjet tizimining umumiy qoidalari


-modda. Davlat budjeti loyihasini tayyorlash muddatlari


Download 55.48 Kb.
bet23/39
Sana07.11.2021
Hajmi55.48 Kb.
#171434
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Bog'liq
Budjet tizizmi-158-II 14.12.2000-1

26-modda. Davlat budjeti loyihasini tayyorlash muddatlari

Kelgusi moliya yiliga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar olishga buyurtmalar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan — joriy yilning birinchi iyunidan kechiktirmay tegishli moliya organlariga;

respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan — joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.

Kelgusi moliya yiliga tegishli budjetlar loyihalari:

tumanlar va shaharlar hokimliklari moliya organlari tomonidan — mahalliy hokimiyat vakillik organlari belgilagan tartibda va muddatlarda, biroq joriy yilning yigirma beshinchi iyunidan kechiktirmay yuqori moliya organlariga;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda, biroq joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi, uni joriy yilning o‘n beshinchi sentyabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi hamda Davlat budjeti loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga joriy yilning birinchi oktyabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.



(26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-95-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)


Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling