Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 04. 00. 00 Budjet tizimining umumiy qoidalari


-modda. Davlat budjeti loyihasini tayyorlash


Download 55.48 Kb.
bet24/39
Sana07.11.2021
Hajmi55.48 Kb.
#171434
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
Budjet tizizmi-158-II 14.12.2000-1

27-modda. Davlat budjeti loyihasini tayyorlash

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti loyihasini budjet mablag‘lari oluvchilar taqdim etgan buyurtmalarga va Davlat budjetining tuzilmasiga kiruvchi budjetlar loyihalariga muvofiq tayyorlaydi.

Kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasi:

1) budjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladigan Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini;

2) umumdavlat soliqlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga ajratmalar normativlari, shuningdek mazkur budjetlarning daromadlari, shu jumladan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari hamda xarajatlari miqdorlarini;

3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining aylanma kassa mablag‘i me’yori miqdorlarini;

4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari zaxira jamg‘armalarining nazarda tutilmagan xarajatlarni qoplashga tegishli budjet mablag‘lari yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan doiradagi miqdorlarini;

5) Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni moliyalashtirish manbalarini;

6) davlat ichki va tashqi qarzlarining, davlat tomonidan beriladigan kreditlar hamda kafolatli jamg‘armaning eng yuqori miqdorlarini o‘z ichiga oladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasini tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri amalga oshiradi.



(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-95-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)


Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling