Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 04. 00. 00 Budjet tizimining umumiy qoidalari


Download 55.48 Kb.
bet25/39
Sana07.11.2021
Hajmi55.48 Kb.
#171434
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
Budjet tizizmi-158-II 14.12.2000-1

28-modda. Budjetnoma

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakil qilingan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, shuningdek tegishli tashkilotlar bilan birgalikda quyidagilarni o‘z ichiga olgan budjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va birinchi oktyabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:



(28-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-95-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)

1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi;



Oldingi tahrirga qarang.

2) o‘tgan yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan va joriy yilgi Davlat budjetining kutilayotgan ijrosi bahosi;



(28-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-95-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)

3) kelgusi yilga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasini tuzishda asos bo‘lgan kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari;



Oldingi tahrirga qarang.

4) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo‘nalishlari loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan;



(28-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-95-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)

5) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo‘nalishlariga sharhlar;

6) davlat ichki va tashqi qarzlari hamda ular bo‘yicha xarajatlar holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

Oldingi tahrirga qarang.

7) kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan.



(28-modda birinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-95-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)

Budjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning o‘n beshinchi oktyabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi.




Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling