Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 04. 00. 00 Budjet tizimining umumiy qoidalari


-modda. Davlat budjeti mablag‘larini sarflash


Download 55.48 Kb.
bet29/39
Sana07.11.2021
Hajmi55.48 Kb.
#171434
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Bog'liq
Budjet tizizmi-158-II 14.12.2000-1

32-modda. Davlat budjeti mablag‘larini sarflash

Budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida moliya yili uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida tayinlash sertifikatini muayyan davrga va summaga rasmiylashtirish orqali, shuningdek budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan, ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomasi asosida:

respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan yoki mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy bo‘linmalari tomonidan to‘lanadi.

Tayinlash sertifikatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, berish, ijro etish va hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

 LexUZ sharhi



Batafsil ma’lumot uchun “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi bo‘yicha” Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1560, 10.04.2006-y.)ning 118 va 119-bandlariga, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish” Qoidalari (ro‘yxat raqami 1111, 14.03.2002-y.)ning 197-198, 202—206-bandlariga qarang.

Respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va barcha darajadagi mahalliy budjetlarning yagona g‘azna hisobvarag‘idagi budjet mablag‘lari qoldiqlari tasdiqlangan miqdorda aylanma kassa mablag‘i me’yorini shakllantirishga yo‘naltiriladi.

Respublika budjeti budjet mablag‘lari qoldiqlarining aylanma kassa mablag‘i me’yorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va barcha darajadagi mahalliy budjetlar budjet mablag‘lari qoldiqlarining aylanma kassa mablag‘i me’yorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda tegishli hokimlarning qaroriga ko‘ra qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilishi mumkin.

Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan budjet tashkiloti tomonidan tejab qolingan budjet mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va ular Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno. Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 LexUZ sharhi



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori bilan tasdiqlangan “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash Tartibi”ning 25—29-bandlariga qarang.

(32-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)


Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling