Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 04. 00. 00 Budjet tizimining umumiy qoidalari


-modda. Budjetdan ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirishlar kiritish


Download 55.48 Kb.
bet31/39
Sana07.11.2021
Hajmi55.48 Kb.
#171434
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
Budjet tizizmi-158-II 14.12.2000-1

34-modda. Budjetdan ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirishlar kiritish

Budjetdan ajratiladigan mablag‘larga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritish bir budjet mablag‘lari oluvchisi uchun budjet mablag‘larining kamaytirilishi boshqa budjet mablag‘lari oluvchisi uchun budjet mablag‘larining tegishli ravishda ko‘paytirilishini nazarda tutgan tartibda:

1) tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmining o‘n foiziga qadari:

Davlat budjetida ko‘rsatib o‘tilgan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;

respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tegishli moliya organlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan (kapital qo‘yilmalar moddalari bundan mustasno);

2) tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmining o‘n foizidan ortig‘i:

Davlat budjetida ko‘rsatib o‘tilgan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan;

respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — tegishli moliya organlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda joylardagi tegishli hokimiyat vakillik organlari tomonidan (kapital qo‘yilmalar moddalari bundan mustasno) amalga oshiriladi.

Budjet mablag‘lari oluvchining so‘roviga binoan moliya yili uchun unga nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar ayrim moddalar bo‘yicha (kapital qo‘yilmalar moddalari bundan mustasno) boshqa moddalar bo‘yicha budjetdan ajratiladigan mablag‘lari teng miqdorda kamaytirilgan va mazkur budjet mablag‘lari oluvchi uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy hajmi saqlab qolingan holda dastlabki hajmining o‘n besh foiziga qadar ko‘paytirilishi mumkin. Budjetdan ajratilgan mablag‘larga mazkur o‘zgartirishlar:

1) respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘lariga — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;

2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan ajratiladigan budjet mablag‘lariga — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish” Qoidalari (ro‘yxat raqami 1111, 14.03.2002-y.)ning V bo‘lim 1-paragrafi (103—151-bandlar)ga qarang. (“Budjet mablag‘lari oluvchilarining xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar budjetlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish tartibi”).


Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling