Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 04. 00. 00 Budjet tizimining umumiy qoidalari


-modda. Davlat budjetini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish


Download 55.48 Kb.
bet32/39
Sana07.11.2021
Hajmi55.48 Kb.
#171434
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Bog'liq
Budjet tizizmi-158-II 14.12.2000-1

35-modda. Davlat budjetini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari, agar muayyan harakatlari budjet taqchilligining qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori darajasidan oshib ketishiga olib keladigan bo‘lsa, Davlat budjeti daromadlarini qisqartiruvchi yoki xarajatlarini oshiruvchi biron-bir harakat qilishga haqli emaslar.

 LexUZ sharhi

Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori har yili tasdiqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida ayrim turlar bo‘yicha budjet daromadlarini qisqartirishga olib keluvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organining qarori, agar unda boshqa turlar bo‘yicha daromadlarni ko‘paytirish va (yoki) budjet xarajatlari tegishli miqdorda qisqartirilishi kerak bo‘lgan moddalar nazarda tutilgan bo‘lsagina, qabul qilinishi va amalga kiritilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida tegishli budjet xarajatlari qisqartirilishiga va (yoki) daromadlari ko‘payishiga olib keluvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organining qarori qabul qilingan taqdirda hosil bo‘ladigan ortiqcha mablag‘lar mazkur qaror qabul qilingan darajadagi budjetga mablag‘larni qayta taqsimlash uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olib qo‘yiladi.

Agar Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida Davlat budjetidan olingan budjet mablag‘larini ko‘paytirish (kamaytirish) to‘g‘risida qaror qabul qilinadigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari tomonidan tegishli darajadagi budjetlar hajmiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Xarajatlarni ko‘paytirish yoki ularni qisqartirish budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish” Qoidalari (ro‘yxat raqami 1111, 14.03.2002-y.)ning 150-bandiga qarang.

Soliq va budjet to‘lovlari intizomini mustahkamlash yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga tasdiqlangan ko‘rsatkichlardan tashqari tushgan qo‘shimcha daromadlar aylanma kassa mablag‘i me’yori tasdiqlanganidan kam bo‘lmagan miqdorda saqlanib qolgan taqdirda qabul qilingan budjetdagidan tashqari xarajatlarga yo‘naltirilishi mumkin. Mazkur masalaga doir qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan qabul qilinadi.


Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling