Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 04. 00. 00 Budjet tizimining umumiy qoidalari


Download 55.48 Kb.
bet39/39
Sana07.11.2021
Hajmi55.48 Kb.
#171434
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Budjet tizizmi-158-II 14.12.2000-1

42-modda. Kafolat jamg‘armasi

Davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi to‘lovlarni amalga oshirish uchun mablag‘larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika budjeti tarkibida kafolat jamg‘armasi tuziladi.

Kafolat jamg‘armasini tashkil etish va undan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

43-modda. Budjet tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Budjet tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

 LexUZ sharhi

Budjet intizomini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1841-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1752-moddasiga muvofiq javobgarlik belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent shahri,

2000-yil 14-dekabr,

158-II-son


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 21-son, 148-modda; 51-son, 374-modda; 52-son, 385-modda; 2007-y., 17-18-son, 173-modda; 39-son, 399-modda; 50-51-son, 509-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling