Moliya va kredit
-rasm. Xorijiy investitsiyalar bilan bog’liq risklar
Download 1.03 Mb.
|
Investitsiya
4.1-rasm. Xorijiy investitsiyalar bilan bog’liq risklar
Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyatini anglashda uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Xorijiy investitsiyalarning quyidagi xususiyatlarini ta’kidlash mumkin: – xorijiy investitsiyalar bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga ko’chayotgan kapital; – kapitalni o’zga mamlakatga qulayroq qilib joylashtirish maqsadi; – qo’yilgan sarmoya egasiga qaytib kelgunga qadar nisbatan uzoq muddat davomida yuqori foyda ko’rish; – qo’shimcha risklarga ega bo’lish; – aniq maqsadlarga intilish (yuqori daromad olish, yangi bozorlarni egallash, ishonch qozonish); – o’zga mamlakat qonunchiligidan, imkoniyatlaridan foydalanish asosida vaqtdan unumli foydalangan holda o’z kapitalini o’stirish; – rag’batlantirish tizimi, kafolatlar, imtiyozlar, ishonchli va o’zaro manfaatli munosabatlarning yo’lga qo’yilishini talab etishi; – ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish)ni chetga olib chiqish yo’li bilan mahsulotni arzonlantirish, yangi bozorlarni egallash, yuqori daromad olish, boyliklarni yanada foydaliroq joylashtirish; – o’z milliy huquqiy sharoitlarini va o’z milliy investitsiya muhitini kapital qabul qiluvchi o’zga mamlakat milliy huquqiy sharoitlariga, o’zga investitsiya muhitiga almashtirish. Xorijiy sarmoyadorlar bilan amaliy hamkorlik o’rnatish orqali jahon amaliyotida mavjud bo’lgan imkoniyatlardan foydalanish asosida quyidagi samaralarga erishish mumkin bo’ladi: – eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo’lgan ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) faoliyatini yo’lga qo’yish; – yangi texnologiya, zamonaviy jihozlarni, yuqori unumli uskunalarni qo’lga kiritish; – yangi ish joylarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash; – ixcham, amalga oshirilgan xarajatlarni tez sur’atlar bilan qoplaydigan, yuqori samara beradigan korxonalarni qurish; – zamon darajasida yuqori mehnat unumdorligiga erishish, mahsulot tannarxini pasaytirish, o’z manfaatlariga erishish; – qo’shma korxonalar tuzish, ilg’or tajribaga ega bo’lish, boshqaruvni, raqobatni to’g’ri yo’lga qo’yish; – bozor talabini qoniqtiradigan mahsulot (xizmatlarni) etishtirish; – ishlab chiqarilgan mahsulot sifati va raqobatbardoshligini dunyo bozori talablariga javob beradigan qilib etkazish; – tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish va uni yanada kengaytirish imkoniyatlarini qo’lga kiritish; – jahon bozorida o’zining mustahkam mavqeni egallash; – daromadni ko’paytirish, yuqori samaraga erishish, sarf etilgan mablag’larni hech qanday talofat va yo’qotishlarsiz tez fursatda qoplash; – mamlakat eksport imkoniyatlarini kengaytirish va jahon bozorida «qattiq» valyuta ishlab topishni o’rganish; – mamlakat xazinasini to’ldirish; – ichki, tashqi bozorda olib chiqiladigan mahsulotlar (ish, xizmat)ga bo’lgan talabni qondirish; – milliy va jahon iqtisodiyoti ravnaqi va jamiyat farovonligini oshirish. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyatini quyidagi raqamlar orqali ifodalash mumkin. Agar 1990 yilda mamlakatimizning investitsiya portfelida xorijiy investitsiyalar deyarli mavjud bo’lmagan bo’lsa, 2000 yilda investitsiya va kreditlarning ulushi 23,2 foizni, jumladan, hukumat kafolati bilan jalb etilgan xorijiy investitsiya va kreditlar 19,8 foizni, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 3,4 foizni tashkil qildi. Xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay biznes muhiti, keng huquqiy kafolat va imtiyozlar tizimi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni rag’batlantirishga qaratilgan butun bir chora-tadbirlar majmuasi mamlakatimiz iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqimini tubdan ko’paytirish imkonini berdi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “2015 yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o’zlashtirildi. Bu 2014 yilga nisbatan 9,5 foiz ko’p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig’i xorijiy investitsiyalar bo’lib, shuning 73 foizi to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalaridir”38. Quyidagi 4.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning salmog’i 2007-2015 yillarda o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan. Bu iqtisodiyotni modernizatsiya qilish nuqtai nazaridan ijobiy holat hisoblanadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling