Moliya va kredit
-rasm. Korxona investitsiyalarining tasniflanishi
Download 1.03 Mb.
|
Investitsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtinchidan
- Beshinchidan
1.2-rasm. Korxona investitsiyalarining tasniflanishi
Bunday tasniflashning afzalligi va uning boshqa tasniflashlardan farqi shundaki, unda korxona o’z investitsiyalarini qanday maqsadlar uchun safarbar etishi to’g’risida real holat aks ettirilgan. Mohiyat jihatdan, ushbu tasniflash korxonaning investitsiya portfelini xarakterlaydi. Bunda korxona uchun ushbu portfel bo’yicha riskni minimallashtirish va iqtisodiy foydani oshirish eng muhim muammolardan biri sanaladi. Yuqoridagi rasmda tasvirlangan real investitsiyalar – bevosita investitsiyalar bo’lib, investorning investitsiya jarayonida bevosita ishtirok etishini anglatadi, ya’ni investor investitsiyalash ob’ektini, shuningdek, uni moliyalashtirishni tashkil etish va moliyalashtirish manbalarini bevosita o’zi aniqlaydi. Portfel investitsiyalar – bilvosita investitsiyalarni anlatib, bu investitsiya yoki moliyaviy vositachilar orqali investitsiyalashdir. O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunida investitsiya mo’ljallangan ob’ektiga ko’ra, “kapital, innovatsiya va ijtimoiy” investitsiyalarga bo’linadi (4- modda). Ikkinchidan, investitsiyada qatnashish harakteriga ko’ra bevosita va portfel investitsiyalar farqlanadi. Bevosita investitsiyalar investorni o’z moliyaviy mablag’lag’larni joylashtirish ob’ektini tanlash imkoniyatini beradi. Portfel investitsiyalar tijorat banklari, investitsion kompaniyalar, fondlar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Moliyaviy vositachilar to’plangan mablag’larni samarali, daromad keltiradigan qilib joylashtiradilar. Portfel investitsiyalar boshqa emitentlarning anderrayting yordamida qimmatli qog’ozlarga joylashtirish shaklida namoyon bo’ladi. Uchinchidan, investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha bo’lgan muddatga beriladi) va uzoq muddatli (bir yilldan oshiq muddatga beriladi) bo’ladi. Masalan, oddiy aktsiyalar umuman biror – bir muddat bilan cheklanmaydi. Masalan, depozit sertifikati olti oy muddatga beriladi – bu qisqa muddatli qo’yilmalar vositasidir, obligatsiyalar 20 yilgacha qaytarish muddati bilan uzoq muddatli qo’yilmalar vositasidir. Lekin, uzoq muddatli qimmatli qog’ozlarni sotib olish va qisqa muddatdan, masalan olti oy o’tgandan so’ng, investor uzoq muddatli qurolni qisqa muddatli maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Ko’pincha investorlar ana shunday qurollarni tanlaydilar va o’z pullarini qisqa muddatlarga qo’yishni hohlaydilar. Masalan, yaqin olti oy mobaynida investorga kerak bo’lmaydigan summaga, u olti oylik muddatga ega bo’lgan depozit sertifikati sotib olishi mumkin: qirq yoshga to’lgan investor pensiyaga chiqquncha pul yig’ish uchun biron-bir kompaniyani obligatsiyasini 20 yilga sotib olish mumkin. Odatda uzoq muddatli investitsiyalar kapital qo’yilmalar shaklida namoyon bo’ladi. To’rtinchidan, mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar xususiy, davlat, qo’shma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining va fuqarolarning mablag’larini tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga qo’yilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari davlat byudjeti va davlat korxonalarining mablag’larini joylashtirish orqali namoyon bo’ladi. Beshinchidan, hududiy joylashtirilish bo’yicha investitsiyalar ichki va tashqi investitsiyalarga bo’linadi. Oltinchidan, investitsiyalar tavakkallik darajasi bo’yicha yuqori tavakkalli va past tavakkalli investitsiyalarga ajratiladi. Moliya sohasida tavakkallik deganda investitsiyalarga mutloq yoxud nisbiy miqdordagi foyda kutilganidan ancha kam bo’ladi, boshqacha aytganda «tavakkallik» atamasi kutilmagan natija olish imkoniyatini anglatadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling