Moliya va moliyaviy texnologiyalar
/2024 O’QUV YILIDA “IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR
Download 448.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Suhbat savollari
2023/2024 O’QUV YILIDA “IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR
BO’YICHA)” TA‘LIM YO’NALISHI BO’YICHA IKKINCHI VA UNDAN KEYINGI OLIY TA’LIMGA QABUL SINOVLARI UCHUN SUHBAT SAVOLLARI 1. Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi nechta ustuvor yo‘nalishdan iborat? 2. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi nechta ustuvor yo‘nalish hamda nechta maqsadlarni o‘z ichiga oladi? 3. Taraqqiyot strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni necha barobar oshirish ko‘zda tutilgan? 4. Taraqqiyot strategiyasida 2030 yilga borib «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish maqsadida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni qanchaga еtkazish (yoki qanchadan oshirish) ko‘zda tutilgan? 5. Taraqqiyot strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yillik inflyatsiya darajasini 2023 yilgacha bosqichma-bosqich necha foizgacha pasaytirish ko‘zda tutilgan? 6. Mamlakatimizni 2017 — 2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan nechta qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi? 7. Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashning qanday omillari mavjud? 8. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 25 maqsadida raqamli iqtisodiyotni asosiy «drayver» sohaga aylantirish vazifasi qo‘yilgan. Nima uchun? 9. Taraqqiyot strategiyasida nima uchun yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirish talab etiladi? 10. Taraqqiyot strategiyasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida qanday chora-tadbirlar belgilangan? 11. Taraqqiyot strategiyasida xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini hamda eksportdagi ulushini necha foizga еtkazish belgilangan? 12. Taraqqiyot strategiyasida 2026 yilga borib tadbirkorlik sub’ektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning necha foizidan necha foizi darajasiga kamaytirish belgilangan? 13. Taraqqiyot strategiyasida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini necha foizga еtkazish va ta’lim sifatini oshirish nazarda tutilgan? 14. 2022 yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini necha foizga еtkazish nazarda tutilgan? 15. Taraqqiyot strategiyasida Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha nazarda tutilgan chora-tadbirlar nimalardan iborat? 50 16. Taraqqiyot strategiyasi va uni «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturini moliyalashtirish manbalari nimalardan iborat? 17. «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi haqida nimalarni bilasiz, ushbu tizim ijtimoiy siyosatning qanday yo‘nalishlariga xizmat qiladi? 18. «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» axborot tizimlari haqida nimalarni bilasiz, ular ijtimoiy siyosatning qanday yo‘nalishlariga xizmat qiladi? 19. Aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish davlat dasturlarini moliyaviy ta’minlash manbalari nimalardan iborat? 20. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 29 maqsadida qanaday vazifalar qo‘yilgan? 21. Toshkent moliya institutini tanlashdan maqsad. 22. Nima uchun endi aynan iqtisodiyot yo‘nalishini tanladingiz? 23. Iqtisodiyot yo‘nalishida ta’lim olmoqchisiz xo‘sh iqtisodiyot deganda o‘zi nimani tushunasiz? 24. Nima uchun hozirgi kunda iqtisodiyotning lokal tarmoqlaridan hisoblangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda? 25. Bozor mexanizmi deganda nimani tushunasiz? 26. Tadbirkorlik sub’ektini boshlash sizningcha qanday amalga oshiriladi? 27. Bugungi kunda qaysi sohaga tikilgan investitsiya kelajakda katta daromad keltiradi? 28. Fikringizcha O‘zbekistonda qaysi sohani rivojlantirish muhim ahamiyatga ega? 29. Biror sohaga investitsiya kiritmoqchisiz. Uning ishonchliligini qanday aniqlaysiz? 30. Monopoliya hamda oligopoliya orasida qanday farqlar mavjud? 31. Investitsiya kiritishda nimalarga e’tibor qaratish lozim? 32. Sarmoya kiritilayotganda sarmoyadorga qaytayotgan foizlari uchun inflayatsiyaning ahamiyati qanday? 33. Tovarning narxiga qanday faktorlar ta’sir etadi? 34. Talab va taklif nimalargan bog‘liq? 35. Ishlab chiqarilga mahsulot qachon tovarga aylanadi, ya’ni ularda qanday xususiyat bo‘lganda tovar ko‘rinishini oladi? 36. Xalol va g‘irrom raqobatning farqi nimada? 37. Hozirgi kunda xufyona iqtisodiyotning jadal rivojlanib ketish sabablarini ko‘rsatib bera olasizmi? 38. Hozirgi kunda mamlakat taraqqiyotini belgilashda yana qanday omillarga e’tibor qaratish kerak deb, o‘ylaysiz? 39. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo‘l ochish deganda nima tushunasiz? 40. Talab, taklif, narx va raqobat bularning barchasini nimani tashkil etadi? 41. Korxonada xodimning kasbiy fazilatlari va shaxsiy fazilatlari o‘rtasidagi farq nima? 51 42. Korxonada xodimning korxonadagi ichki tartib qoidalarga rioya etishi qanchalar muhim? 43. Korxona yoki tashkilotda xodimning qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi qanday? 44. Korxona yoki tashkilotda xodimning shaxsiy yutuqlari mavjudligi qanchalar muhim? 45. Maxallada daromadlar tabaqalanishini tahlil qilishda uy xo‘jaliklarining qanday guruhlar bo‘yicha o‘rganilishi lozim? 46. Korxona yoki tashkilotda xodimning o‘z ustida ishlashi qanchalik muhim? 47. Korxona yoki tashkilotda xodimning ijodkorlik qobiliyati bo‘lishi muhimmi? 48. Korxona yoki tashkilotda xodimning intizomlilik xususiyati qanchalik muhim? 49. Korxona yoki tashkilotda xodimning o‘qishga qobiliyatlilik qanchalik muhim? 50. Korxona yoki tashkilotda xodimning kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyati qanchalik muhim? 51. Korxona yoki tashkilotda xodimning hamjihatlilik hususiyati qanchalik muhim? 52. Korxona yoki tashkilotda xodimning mas’uliyatlilik hususiyati qanchalik muhim? 53. Korxona yoki tashkilotda xodimning intizomlilik hususiyati qanchalik muhim? 54. Qanday kasbiy fazilatlar maqsadga erishishga yordam beradi? 55. Mahallada faoliyat ko‘rsatayotganda uning qaysi jihatlariga e’tibor qaratish lozim? 56. Mehnatsevarlik xodim uchun muhimmi? 57. Tashabbuskorlik xodim uchun muhimmi? 58. Faollik xodim uchun muhimmi? 59. Maxallada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda aholining qaysi qatlamiga ko‘proq e’tibor qaratish lozim? 60. Inson uchun kasb tanlash qanchalik muhim hisoblanadi? 61. Uy xo‘jaligiga asoslangan iqtisodiyot bilan bugungi kun iqtisodiyotining farqli tomoni nimada tushuntirib bering. 62. Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi va aholi ehtiyojlarining tobora ortib borish natijasi nimalarga olib keladi? 63. Iqtisodiyotning asosiy bosh maqsadi nimalardan iborat? 64. Iqtisodiy faoliyatning mazmuni. Takror ishlab chiqarish fazalari: ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol. 65. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlarni aytib bering. 66. Nima uchun jamiyatnin maqsadi ishlab chiqarish yoki iste’mol bo‘lishi tahlil va siyosat uchun muhim hisoblanadi. 67. Ishlab chiqarish omillari va ularning turkumlanishiga turlicha yondashuvlarni aytib bering. 68. Doiraviy aylanishlar modeli nimani ifoda etadi? 69. Mulkchilik munosabatlari denganda nimani tushunasiz? 52 70. Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy mazmunini ta’riflang. 71. Talab nima va unga qanday omillar ta’sir qiladi? 72. Taklif nima va unga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 73. Narx diapazoni va narx paritetini tushuntiring. 74. Mehnat munosabatlari deganda nimani tushunasiz? 75. Tadbirkorlikning shakllari va ularning xususiyatlarini ko‘rsating. 76. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida qanday bosqichlardan o‘tadi hamda qanday shakllarga kiradi? 77. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rol o‘ynaydi? 78. Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatni tushuntirib bering? 79. Xususiy muvozanatlik deganda nimani tushunasiz? 80. Yalpi talab miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni: iste’mol sarflaridagi o‘zgarishlar, investitsion sarflar, davlat sarflari, sof eksportdagi o‘zgarishlar ta’sir etish mexanizmini tavsiflab bering. 81. Klassik davrgacha bo‘lgan qadimgi iqtisodiy ta’limotlar 82. O‘rta asrlar iqtisodiy qarashlari. 83. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti 84. Klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi, 85. Klassik iqtisodiy maktabning rivojlanishi 86. Klassik iqtisodiy maktabning yakunlanishi 87. Marjinalizm iqtisodiy ta’limoti 88. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari. 89. Keyns va keynschilik ta’limoti 90. Monetarizm. 91. Institutsionalizm. 92. Neoliberalizm 93. Ishlab chiqarish jarayoni, uning natijalari va samaradorligi 94. Iqtisodiy tizim modellari 95. Mulkchilikmunosabatlari 96. Tovar-pul munosabatlari 97. Bozor iqtisodiyoti. 98. Bozor va uning tuzilishi 99. Talab va taklif nazariyasi. 100. Narx va uning shakllanishi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling