Moliya vazirligi g'aznachiligi, 705018 Hisob raqam: 23402000300100001010 mfo 00014, inn 201122919, Markaziy bank hkkm toshkent shahar Buxdu 400910860064017094100079001 inn 201504275 Tel: 2212974, 2212749 Buyurtmachi Hisob raqam
O’qitishning to’lov miqdori, muddatlari va to’lash tartiblari
Download 128.44 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10461682 (o`n million to`rt yuz oltmish bir ming olti yuz sakson ikki
2. O’qitishning to’lov miqdori, muddatlari va to’lash tartiblari:
2.1 Sirtqi ta`lim shakli (ta’lim tili O`zbek), 5230100Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) ta'lim yo'nalishi (mutaxassisligi) uchun 2021/2022 o'quv yilida o'qitishning yillik to'lov miqdori 10461682 (o`n million to`rt yuz oltmish bir ming olti yuz sakson ikki ) so'mni tashkil etadi. Kunduzgi ta’lim shakli asosida ta’lim oladigan talaba stipendiyasiz o’qigan taqdirda umumiy summadan stipendiyaning yillik bazaviy miqdori chegirib tashlanadi. (stipendiyaning bazaviy miqdori Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi). Ta’limning sirtqi va kechki shakllarida tahsil oladigan talabalar uchun stipendiya nazarda tutilmagan bo’ladi. 2.2 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining bayoniga asosan 2021yil 1noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022o?quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to`lovkontrakt miqdorlariga 10 foiz chegirma berilishi nazarda tutilgan. 2.3 Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori oshirilganda to’lovkontrakt qiymati miqdori navbatdagi semestr boshidan mos ravishda oshiriladi. 2.4 Talaba tahsil olayotgan o’quv yillari uchun kontrakt to’lov miqdorlari va tariflari o’zgarganda, buyurtmachi yoki jismoniy shahslarga to’lovlarni amalga oshirishlari uchun har bir o’quv yilida to’lov varaqalari rasmiylashtirilib beriladi. 2.5 O‘qitish uchun to‘lov quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) Semestrlarga bo‘lib to‘langanda: kuzgi semestr (birinchi yarim yillik) uchun birinchi kursda kamida 15 sentabrgacha; bahorgi semestr (ikkinchi yarim yillik) uchun 1 martgacha. Keyingi kurslar, ya’ni ikkinchi va undan yuqori kusrlarda mos ravishda 1 oktabr hamda 1 mart (oymaoy to‘langan hollarda ham). b) Choraklarga bo‘lib to‘langanda: belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentabrgacha yoki Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha, ikkinchi va undan keying bosqich talabalari uchun 1 oktabrgacha; belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizini 1 yanvargacha, 75 foizini 1aprelgacha va 100 foizini 1 iyulgacha. 2.6 Shartnomaning 2.5 bandida ko‘zda tutilgan to‘lov muddatlarini o‘zgartirish Buyurtmachi (talaba) ning asosli sabablari ko‘rsatilgan holdagi yozma murojaatiga ko‘ra Universitet kengashining qarori asosida qabul qilinadi va bir semestr uchun amal qiladi. 2.7 Talaba ichki tartib qoidalarni, o‘quv intizomini buzganligi va akademik o‘zlashtirmaganligi shuningdek, shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun o‘qishdan chetlashtirilganda o’qigan davri uchun to’langan to’lovlar qaytarib berilmaydi, to‘lanmagan taqdirda esa, talabaning o‘qishga qatnashgan davr uchun to‘lov ixtiyoriy yoki sud tartibida undiriladi. 2.8 Oshirilgan to‘lovkontrakt asosida qo‘shimcha qabul qilingan talabalar birinchi o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi o‘quv yilidan boshlab amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lovkontrakt miqdori asosida o‘qishini davom ettiradi. 2.9 Oshirilgan to‘lovkontrakt asosida qo‘shimcha qabul qilingan talabalar o‘quv yili ikkinchi semestridan uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmaganda, keyingi o‘quv yilda o‘qishni davom ettirishi uchun mazkur shartnomada belgilangan summaning to’lanmagan miqdori to‘langanligidan so‘ng o‘qishni davom ettirishi mumkin. Download 128.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling