Moliyani boshqarish haqida umumiy tushuncha Moliyani boshqarishning shakl va usullari


Moliyani boshqarishning shakl va usullari


Download 121.5 Kb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi121.5 Kb.
#1566265
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Moliyani boshqarish organlari, ularning asosiy vazifalari,funksiyalari, huquq va vakolatlari

Moliyani boshqarishning shakl va usullari

Moliya tizimining barcha soha va bo‘g‘inlarida, maqsad qilingan natijaga erishish uchun moliyaviy boshqaruv subyektlari moliyaga ta’sir etishning turli maxsus usullaridan foydalanadi. Shu bilan birga ular uchun moliyaviy boshqaruvning umumiy uslub va qoidalari mavjuddir. Jumladan, moliyani boshqarishda bir necha umumiy xususiyatga ega bo‘lgan funksional elementlar mavjud. Ular:


1. Rejalashtirish.
2. Tezkor (operativ) boshqarish.
3. Nazorat.
Moliyani boshqarish tizimida asosiy o‘rinni rejalashtirish tashkil qiladi, chunki aynan rejalashtirish jarayonida har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt har tomonlama o‘zining moliyaviy holatini baholaydi, moliyaviy resurslarni oshirish imkoniyatlarini, ulardan eng samarali foydalanish yo‘nalishlarini aniqlaydi. Rejalashtirish jarayonida boshqarish qarorlari moliyaviy ma’lumotlar tahlili asosida qabul qilinadi. Shuning uchun bunday ma’lumotlar yetarlicha to‘la va haqqoniy bo‘lmog‘i lozim. Ma’lumotlarni haqqoniy va o‘z vaqtida olinishi asoslangan qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydi. Moliyaviy ma’lumotlar buxgalteriya, statistik va tezkor (operativ) hisobotlarga asoslanadi.
Tezkor (operativ) boshqarish bu – mavjud moliyaviy holatni tezkor (operativ) tahlil qilish asosida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash yordamida minimal xarajat qilib maksimal samaraga erishishga qaratilgan chora-tadbirlar yig‘indisidir. Tezkor (operativ) boshqarish egiluvchanlik xususiyatiga egadir.
Nazorat - boshqaruv elementi sifatida bir vaqtning o‘zida moliyani rejalashtirishda hamda tezkor (operativ) boshqarishda qo‘llaniladi. Nazorat haqiqiy natija bilan rejadagi ko‘rsatkichlarni taqqoslashga yordam beradi, moliyaviy resurslarni o‘sish rezervlarini aniqlaydi va samarali xo‘jalik yuritish yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Moliyani boshqarish strategik yoki umumiy boshqaruv va tezkor (operativ) boshqaruvlarga bo‘linadi. Strategik boshqaruv istiqbolni belgilash, maqsadli dasturlar va boshqalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan moliyaviy resurslar hajmini o‘rnatish orqali namoyon bo‘ladi. U davlat va iqtisodiy (xo‘jalik) boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi. Moliyani strategik (umumiy) boshqaruv subyektlarini: Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devoni tashkil etadi.
Moliyani tezkor (operativ) boshqarish moliya tizimi apparatining bosh funksiyasi hisoblanadi. Moliyani tezkor (operativ) boshqaruv subyektlarini Moliya Vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi va ularning joylardagi bo‘linmalari, budjetdan tashqari fondlarning, sug‘urta tashkilotlarining boshqaruv apparatlari, xo‘jalik subyektlarining moliya bo‘lim (xizmat) lari tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyani boshqarishni ilmiy asoslangan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tajribalarini o‘rgangan holda hamda respublikaning ichki xususiyatlarini hisobga olib tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
XX asrning 2-yarimi jahon xo‘jaligida revolyutsion ham evolyutsion burilish davri bo‘ldi. Natijada ilmiy texnik taraqqiyotning keskin avj olishi va jahon xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishining keskin o‘sishi barcha sohalarda bo‘lganidek boshqaruvning ilmiy konsepsiyalarida ham taraqqiyotlar bo‘lishiga olib keldi. Natijada zamonaviy moliyaviy menedjment konsepsiyasi mustaqil shakllana boshladiki, uning asosiy muammosi sifatida korxonalar moliyaviy munosabatlari, pul mablag‘larini aylanishining ichki va tashqi omillarini ta’siriga asoslangan holda samarali tashkil etish masalalarini o‘z ichiga ola boshladi.
Bozor iqtisodieti xo‘jalik subyektlari orqali ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida bozordagi talab va taklif, aniq ist’emolchilar talablari, ishlab chiqaruvchi uchun maksimal foyda olish imkoniyatini tug‘diruvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.



Download 121.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling