Moliyaning mohiyati va funksiyalari. Moliya tizimi


Download 24.59 Kb.
bet2/2
Sana25.09.2023
Hajmi24.59 Kb.
#1687681
1   2
Bog'liq
Reja

Moliya tizimi
Moliya tizimi - bu davlatning hamda korxonalarni pul mablag`larini shakllantirish, taqsimlash va ishlatish usullari majmuasidir.
Umuman moliya tizimini qo`yidagicha ifodalash mumkin(sxema):
Moliya tizimining asosini xo`jalik yurituvchi subyeklar moliyasi tashkil etadi, chunki ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi va ular ishtirokida yalpi ichki maxsulot va milliy daromad yaratiladi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy - huquqiy shaklidan kelib chiqib ular moliyasining shakllanishi va undan foydalanish o`ziga xos xususiyatlarga ega.
Jumladan, ijtimoiy tashkilotlar, kasaba uyushmalari, yoshlar va faxriylar tashkilotlari ,ijodiy uyushmalar, sport jamiyatlari va shu kabilardan iborat bo`lib, ularning moliyaviy resurslari asosan tashkilot azolik badallari,tijorat faoliyatidan olingan daromadlar, xomiylar va xayriya mablag`lari hisobiga tashkil topadi va shu tashkilotlar nizomiga asosan foydalaniladi. Ayrim korxona va tashkilotlar moliyasining xususiyatlari mavzuning 5 savolida yoritilgan.
Davlat budjeti moliya tizimining bosh bug`ini hisoblanadi. U yordamida davlat boshqaruv organlari funksiyalarini taminlash uchun markazlashgan pul fondlari shakllantiriladi va ishlatiladi.
Davlat budjeti mamlakatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi va Oliy Majlis tomonidan qonun holida tasdiqlanadi. Davlat budjeti orqali davlat Xalq xujaligi tarakiyotini, ijtimoiy - madaniy tadbirlarni, mudofani,davlat xokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash moliyalashtiriladi.
Davlat budjetini shakllanishi,tayyorlanishi, ko`rib chiqilishi va uning ijrosining nazorati batafsil keyingi 5 mavzuda berilgan.
Budjetdan tashqari jamg`armalar, soliqlar kabi ma`lum maqsadga yunaltirilgan ajratma va ushlovlardan tashkil topadi. Budjetdan tashqari jamg`armalar so`mmasining asosiy qismi maxsulot (ish xizmat) lar tannarxiga kiritiladi va u asosan ish haqi fondiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Budjetdan tashqari maqsadli jamg`armalardan biri Pensiya jamg`armasi hisoblanadi.Ushbu jamg`armaning shakllanishi va undan foydalanish tartibi fanning 6- «Ijtimoiy ta`minot moliyasi» mavzusida berilgan.
Budjetdan tashqari jamg`armalarning yana biri bo`lib, ish bilan ta`minlashga kumaklashish jamg`armasi. Ushbu jamg`arma «Axolini ish bilan taminlash to`g`risida » gi (1992 y 13 yanvar) qonuniga muvofiq Vazirlar Maxkamasining 1992 y 13 dekabrdagi 606-sonli «Ish bilan ta`minlashga kumaklashish Respublika jamg`armasining tashkil etish to`g`risida» gi qarori asosida tashkil etilgan.Jamg`arma mablag`lari qo`yidagi mablag`lar hisobiga shakllanadi:
- Mulkchilik shaklidan kat`iy nazar barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar xodimlariga hisoblangan ish xaqiga nisbatan majburiy ajratmalar . Ushbu ajratma 2007 yilga 0,3 foiz miqdorida belgilangan.
- Rezedent va norezedent yuridik shaxslar, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning ixtiyoriy badallari.
- Majburiy ajratmalar belgilangan muddatda tulanmaganligi uchun jarimalar.
- Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish jamg`armasining tijorat faoliyatidan daromad va boshqalar
Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish davlat jamg`armasining mablag`lari qo`yidagi maqsadlarga foydalaniladi.
-Axolini ish bilan ta`minlashning umumdavlat va mintaqaviy dasturini ishlab chiqishga
- Ishdan bo`shab qolgan xodimlarni va ish bilan band bo`lmagan axolini kasbga yo`naltirish, qayta o`qitish va qayta tayyorlashga doir ishlarga.
- Ishsizlik bo`yicha nafaqalar tulash.
-Nogironlar va axolining ijtimoiy jixatdan kam ta`minlangan tabaqalari mexnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ishchi o`rinlarini tashkil etish.
- Ish bilan ta`minlash organlarini saqlash, moddiy - texnikaviy ta`minotni amalga oshirish.
- Axborot ma`lumotlarini tuplash, reklama-nashr ishlarini amalga oshirish, bo`sh o`rinlar yarmarkalarini o`tkazish va boshqalar.
Maqsadli jamg`armalar tarkibida yetakchi o`rinlardan birini O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi xo`zuridagi Respublika yo`l jamg`armasi egallaydi.Ushbu jamg`arma O`zbekiston Respublikasi «Avtomobil yo`llari to`g`risida» gi qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 5-yildagi 334-sonli «O`zavtoyo`l davlat xissadorlik konserni» tarkibida tashkil qilingan. Ushbu jamg`armani tashkil qilishdan maqsad mamlakatimizda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini loyixalash,qo`rish,to`zatish va saqlashni mablag` bilan ta`minlash, shuningdek Respublika yo`l tarmoqlaridan samarali foydalashni ta`minlashdir.
Respublika yo`l jamg`armasi 2008 yilda qo`yidagi majburiy ajratmalar va yig`imlar hisobiga shakllanishi ko`zda tutilgan:

I. Majburiy ajratmalar.


1. Vositachilik shartnomalari bo`yicha vositachilik xizmatlari ko`rsatadigan korxona va tashkilotlar KKS ni chegirgan holda vositachilik haqi so`mmasidan - 1 %
2.Tayyorlov, ta`minot-sotish tashkilotlari-KKS ni chegirgan holda tovar aylanmasi hajmidan - 1 %
3.Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiradigan respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza – kantoralari va ularning xududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalari yalpi daromadidan – 1,0%
4. «Uzdonmaxsulot» AK korxonalari (galla kabul kilish korxonalari va don kabul kilish faoliyatini amalga oshiruvchi), donni kayta ishlish korxonalari – KKS ni chegirgan xolda ta`minot – sotish, ustvmasi va chegirmasidan – 1,0 %
5. Kredit va sugurta tashkilotlari daromadidan – 1,5 %
6. Lizing xizmatini ko`rsatadigan korxonalar daromadidan - 1,5 %
7. Kommunal xujalik tiziminin issiklik, suv va gaz ta`minoti korxonalri (ishlar, xizmatlar) sotilishi xajmi, KKS ni chegirgan xolda issikli energiyasi, suv va tabiiy gazning xarid kiymatini chegirgan xolda – 1,5 %
8. Qurilish, qurilish-montaj, ta`mirlash-qurilish, ishga tushirish, loyixa-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari-KKS ni chegirgan holda o`z kuchlari bilan bajarilgan ishlar qiymatidan - 1,5 %
9. Avtotransport korxonalari - KKS ni chegirgan holda maxsulot (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi xajmidan - 2,5 %
10. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari korxonalari – maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi xajmi, KKS va aksiz solig`ini chegirgan holda - 1,5%
II. Respublika yo`l jamg`armasiga yig`imlar va ajratmalar:
1. Sotib olingan va vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari (shu jumladan, maxsus avtomobillar) narxidan 6% (bundan 2 bandda ko`rsatilganlar mustasno).
2. Sotib olingan va vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari narxidan: qirktagacha o`tirish joy bulgan avtobuslar; 10 tonnagacha yuk kutaradigan yuk avtotransport vositalari – 20%
3. «O`zavtoyo`l» DAK korxona va tashkilotlari mol – mulkini sotib olishdan tushgan mablag`larning budjetga tushishi lozim bo`lgan umumiy so`mmasidan ajratmalar – 50%;
III. O`zbekiston Respublikasi hududiga xorijiy va chegaradosh davlatlardan avtotransport vositalarini olib kirish, olib chiqish va tranzit qilishdan yig`imlar stavkalari, AKSH dollarida:
1. O`zbekiston Respublikasi hududiga chet el davlatlaridan avtotransport vositalarini olib kirganlik uchun to`lov (bir avtomashinani olib kirganlik uchun chegaradosh respublikalardan tashqari) – 400
2.O`zbekiston Respublikasi hududi orqali Tojikiston Respublikasining har bir yuk avtotransport vositasi va avtobusni olib kirganlik va tranzit kilganlik uchun yig`im;
- bitta avtotransport vositasi va avtobusdan – 130
- yuk avtotransport vositasi va avtobus O`zbekiston Respublikasi hududida bulgan 8 sutkadan oshgan har bir kun uchun – 50
- yuk avtoransport vositalari va avtobuslarni O`zbekiston Respublikasi hududi orqali uchunchi mamlakatlarga (MDX mamlakatlaridan tashqari) tranzit olib utganlik uchun – 90
3.Qozog`iston Respublikasining har bir yuk avtotransport vositalarini O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik yeki olib chiqib ketganlik uchun yig`im (O`zbekiston Respublikasi hududiga tranzit qilish bundan mustasno)-300
4. O`zbekiston Respublikasi hududi orqali Kirgiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslarni olib kirish va tranzit qilish uchun yig`im – 300
5. O`zbekiston respublikasi hududi bo`ylab avtotransport vositalari турлари бўйича Turkmaniston Respublikasi avtotransport vositalarini olib kirish va tranzit qilish uchun yig`im :
Qo`yidagi xajmdagi yuklarni kutaradigan yuk avtotransport vositalari:
10 tonnagacha -50
10 tonnadan 20 tonnagacha -100
20 tonnadan kup -150
O`rindiklar soni qo`yidagichabulgan avtobuslar :
12 o`rindikgacha -25
13 o`rindikdan 30 o`rindikgacha-50
30 o`rindikdan kup -100
Tranzit yunalishli yengil avtotransport vositalari -30
Tranzit yunalishli mototsikllar -15
Izox: Gumanitar yuklarni olib o`tishda avtotransport vositalarining olib kirilishi va tranzitda undiriladigan yig`imlar stavkalariga nisbatan 0,5 kamayuvchi koeffitsenti qo`llaniladi .
Davlat budjetining 2007 yilga muljallangan parametrlariga ko`ra Respublika yo`l jamg`armasining daromadlari va harajatlari qo`yidagi xajmda belgilangan, mln.so`m
A. Jami daromadlar , 292996,0
I. 2007 yilni boshiga kutilayetgan koldik 26,0
II. Daromadlar 292970,0
2.1 Majburiy ajratmalar 272700,0
2.2. Sotib olingan va vaqtincha kiritiladigan avtotransport vositalari uchun yig`imlar 9110.0
2.3. Chet el mamlakatlari avtomobil vositalarini O`zbekiston Respublikasi hududiga kirishi bo`yicha to`lov 980.0
2.4 Boshqa tushumlar 1300.0
B. Harajatlar jami 292996.0
1. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini loyixalash harajatlari 3400.0
2. Umumiy foydalanishdagi avtomabil yo`llarini qurish va qayta tiklash harajatlari 83097.0
3. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini ta`minlash va saqlash harajatlari 154644.8
4. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llaridan foydalanish uchun mashina va mexanizmlar sotib olish harajatlari 11500.0
5.Moliya vazirligi qoshidagi Respublika yo`l jamg`armasi boshqaruvi apparatini saqlash harajatlari 560.0
6. «O`zavtoyo`l» DAK markaziy boshqaruv apparatini saqlash harajati 260.0
7. «O`zavtoyo`l » DAK hududiy shu`ba yo`l - ekspluatatsiya tashkilotlari boshqaruvi apparatini saqlash harajatlari 1840.0
8. Tabiiy ofat natijalarini bartaraf etish bo`yicha zaxira 11100.0
9. Umumiy foydalanishdagi yo`llarni qurish, ta`minlash va saqlash bilan bog`liq bulmagan harajatlar 18832.0
10. Respublika yo`l jamg`armasi bilan GTK va xizmat kursatuvchi banklar urtasidagi yig`im va bojxona postlarida volyuta tushumlari bo`yicha shartnomalarni bajarilishi 390.0
11. Yo`l qurilishi ishlari bo`yicha zaxira 7372.2
Maqsadli jamg`armalarning yana biri bo`lib davlat mulk qumitasining maxsus jamg`armasi hisoblanadi .
Ushbu jamg`arma O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 1995 yil 11-iyuldagi 279-f-sonli farmoyishi asosidagi.
Xulosa


Ushbu jamg`arma qo`yidagi mablag`lar evaziga shakllanadi :
-Xissadorlik jamiyatlariga aylantirilgan davlat korxonalari birlamchi emissiya aksiyalarini sotishdan olingan daromadlar :
-Davlat mulki obyektlarini kim ochdi savdolari, tanlovlar, birja savdolari , birjadan tashqari savdolarda sotilishidan tushumlar :
-Davlat mulkini ijaraga berilishi asosida ijara to`lovlaridan tushumlar :
-Yer uchastkalarini fukorolarga meros kilib koldiriladigan umrbod egalik qilish uchun kim oshdi savdolarida sotishdan va qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xollarda yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushgan mablag`lar va ayrim boshqa manbalar.
Jamg`arma mablag`larini Respublika mulk qumitasi tomonidan qo`yidagi maqsadlarga foydalanish ko`zda tutilgan :
-Davlat budjeti va investitsiya loyixalarini mablag` bilan ta`minlashga
-Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni kullab-quvvatlashga
-Ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish loyixalarini mablag` bilan ta`minlashga
-Xususiylashtirish bo`yicha davlat dasto`rini amalga oshirish,in- vestitsiya va bozor infra to`zilmalarini tashkil etish va rivojlantirish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi davlat mulk qumitasi harajatlariga va boshqa maqsadlarga
Boshqa budjetdan tashqari jamg`armalardan biri bo`lib O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yilni 7 iyunidagi qarori bilan tashkil etilgan budjetdan tashqari maktab ta`limi jamg`armasi xisoblanadi.

FOYDALANILCAN ADABIYOTLAR 1.1. Узбекистон Республикаси Консгитуцияси. - Т.:Узбекистон, 2017.- 406. 1.2. Узбекистон Республикасининг “Мулкчилик тугрисида”ги Крнуни. Узбекистон янги Крнунлари. I том. - Т.: Адолат, 1991. 1.3. Узбекистон Республикасининг “Тадбиркорлик тугрисида”ги Крнуни. Узбекистон янги Крнунлари. 2 том. - Т.: Адолат, 1991. 1.4. Узбекистон Республикасининг “Корхона тугрисида”ги Крнуни. Узбекистон янги Крнунлари. - Т.: Адолат, 1992. 1.5. Узбекистон Республикасининг “Инвестиция фаолияти тугрисида’ти К^онуни, 1998. 24 декабр. //Соликдар ва божхона хабарлари.4-сон, 1999.3-6. 1.6. Узбекистон Республикасининг “Оилавий тадбиркорлик тугрисида”ги Конуни. 2012 йил 16 апрель. 1.7. Узбекистон Республикаси ГТрезидентининг “Тадбиркорлик фаолиятининг жадал ривожланишини таъминлашга, хусусий мулкни хдр томонлама х,имоя килишга ва ишбилармонлик мух,итини сифат жих,атидан яхшилашга дойр кушимча чора-тадбирлар тугрисида”ги 2016 йил 5 октябрдаги ПФ-4848 сон Фармони. 1.8. Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Узбекистон Республикасини янада ривожлантириш буйича хдракатлар стратегияси тугрисида”ги 4947-сон Фармони. 1.9. Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 3 ноябрдаги “Ташки савдо фаолиятини янада эркинлаштириш ва тадбиркорлик субъектларини куллаб-кувватлаш чоратадбирлари тугрисида” ги ПК.-3351 -сон К^арори. 1.10.
Download 24.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling