Молиявий бозор


Tijorat banklari fond birjasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun quyidagi turli xizmatlarni taklif qiladi


Download 331.5 Kb.
bet4/7
Sana15.06.2023
Hajmi331.5 Kb.
#1479163
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-МАВЗУ МОЛИЯ БОЗОРИНИНГ ИНСТИТУЦИОНАЛ ИНВЕСТОРЛАРИ ВА ҚАТНАШЧИЛАРИ

Tijorat banklari fond birjasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun quyidagi turli xizmatlarni taklif qiladi:
  • Yuridik va jismoniy shaxslarning moliya bozoridagi (fond bozorida brokerlik xizmati) bo'sh pul mablag'larini joylashtirish bo'yicha vositachilik xizmatlarini ko'rsatish;
  • YUridik shaxslar uchun korporativ obligasiyalar, yuridik va jismoniy shaxslar uchun depozit (jamg'arma) sertifikatlar kabi bankning qarz qimmatli qog'ozlarini chiqarish va sotish;
  • Emitentlar fond bozorida o'z qimmatli qog'ozlarini kafolatli joylashtirishlari bo'yicha anderrayter va to'lov agenti funksiyasini bajarish;
  • Fond bozorida emitentlar qimmatli qog'ozlarining ikkiyoqlama kotirovkasini qo'llab turish bo'yicha market-meyker funksiyasini bajarish;
  • Fond birjasida REPO operasiyalarini amalga oshirish;
  • Qimmatli qog'ozlar chiqarish bo'yicha kafolat berish;
  • Emitentlarga qimmatli qog'ozlar emissiyasini ro'yxatdan o'tkazish uchun hujjatlar yig'majildini tayyorlash;
  • Mijozlarning investisiya portfelini shakllantirish va boshqarish bo'yicha konsalting xizmatlari;
  • Investisiya va brokerlik faoliyati
  • Sug'urtaning moliyaviy bozor munosabatlari tizimidagi asosiy tushunchalari mohiyatini anglamasdan turib sug'urta sektorining muammolarini aniqlash va hal etish masalasiga nisbatan oqilona ѐndashib bo'lmaydi
  • Shulardan eng muhimlari jumlasiga, qo'yidagi asosiy tushunchalar kiradi: sug'urta, sug'urta faoliyati, sug'urta tavakkalchiligi (sug'urta xavfi) sug'urta bozori, sug'urta bozorining professional ishtirokchilari
  • Ushbu tushunchalar, odatda, sug'urta faoliyatini tushunishga yul ochib beradi Ularning talqini esa sug'urta tashkilotlarining faoliyatini tartibga soluvchi tegishli me'ѐriy-huquqiy xujjatlarda o'z aksini topgan.
  • Sug'urta kompaniyalarining qimmatli qog'ozlar bozoridagi faoliyati
  • O'zbekiston Respublikasining “Sug'urta faoliyati to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq “Sug'urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to'laydigan sug'urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan mo'ayyan voqea yuz berganda ushbu shaxslarga sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urta tovonini to'lash yo'li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi».
  • “Sug'urta faoliyati deganda sug'urta bozori professional ishtirokchilarining sug'urtani amalga oshirish bilan bog'liq faoliyati»ni anglatadi. Sug'urta tavakkalchiligi (sug'urta xavfi) tushunchasi–sodir bulishi va zarar miqdori tasodifiy bulgan hodisalarni anglatadi.
  • “Sug'urta bozori — sug'urta himoya (sug'urta xizmati) oldi-sottisi amalga oshiriladigan va unga talab va taklif shakllanadigan iqtisodiy pullik munosabatlarni ayrim sohasidir».
  • Hamda shu qonunning 5-moddasida “Sug'urta bozorining professional ishtirokchilari sug'urta faoliyatining subyektlari hisoblanadi.
  • Sug'urtalovchilar, sug'urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug'urta syurveyerlari, shuningdek assistans sug'urta bozorining professional shtirokchilaridir.
  • Sug'urta brokeri, qayta sug'urta brokeri va sug'urta agenti sug'urta vositachilari hisoblanadilar”deb qayd etilgan.
  • Sug'urta kompaniyasining fond bozorida ishtiroki va boshqa investision imkoniyatlarini quyidagi omillar belgilaydi:
  • 1. Mijozlar soni va sug'urta mukofoti hajmiga bog'liq bo'lgan vaqtinchalik bo'sh mablag'lar xajmi;
  • 2. Muddatlar, ya'ni bu vaqt davomida ushbu mablag'lardan foydalanish mumkin bo'ladi.
  • Sug'urta kompaniyasining fond bozorida ishtiroki va boshqa investision imkoniyatlarini quyidagi omillar belgilaydi:
  • Sug'urta kompaniyalarining asosiy masadlaridan biri bu – o'z investisiya faoliyatidan to'g'ri hamda oqilona foydalanish orqali samaraga erishishdir.
  • Buning uchun sug'urta kompaniyasining investisiya siyosati bir qator talablarga javob berishi lozim.
  • Sug'urta kompaniyasi ishonchli, raqobatdosh, investision portfeli esa barqaror bo'lishi shular jumlasidandir.
  • Sug'urtalovchi va qayta sug'urtalovchining investision faoliyat obyektlari quyidagilardan iboratdir:
  • – O'zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog'ozlari;
  • – xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qog'ozlari;
  • – bank sertifikatlari (depozit sertifikatlari);
  • – kredit tashkilotlaridagi omonatlar (depozitlar);
  • – ko'char va ko'chmas mulk (binolar, inshootlar, jihozlar va boshqa moddiy qiymatliklar) va ularga egalik huquqi va boshqalar.
  • Sug'urtalovchi va qayta sug'urtalovchining investision faoliyat obyektlari quyidagilardan iboratdir:

Download 331.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling