Moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning o'zgarishiga baho berish


Download 16.3 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi16.3 Kb.
#1484960
Bog'liq
Ibrohimov Abdulsobur (2)


1. Davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatining monitoringi muntazam ravishda amalga oshirilsa, tahlil esa qaysi hollarda o‘tkaziladi?
Moliyaviy tahlilning asosiy vazifasi bo'lib, korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlarini, moliyaviy barqarorlik darajasini, to'lovga qodirlik ahvolini,
o'z va qarz mablag'lari bilan ta'minlanish darajasini, moliyaviy mustaqillik ahvolini, debetorlik va kreditorlik qarzlarining muayyan davrga bo'lgan holatini o'rganish asosida korxona moliyaviy holatiga baho berish va uni yaxshilash imkoniyatlarini ko'rsatish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan moliyaviy holat tahlilining asosiy vazifalari bo'lib quydagilar hisoblanadi

  1. Korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va o'zgarishiga baho berish;

  2. Moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning o'zgarishiga baho berish

  3. Balans likvidligi ko'rsatkichlarini aniqlash va ularning o'zgarishini tahlil qilish

  4. Korxonaning to'lov layoqati koefsiyentini aniqlash va uning o'zgarishiga baho berish

  5. Moliyaviy koefsiyentlarini aniqlash va ularning o'zgarishiga baho berish

  6. Aylanma mablag'lardan foydalanish samaradorligini o'rganish

  7. Debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o'rganish

  8. Foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish bo'yicha tavsiyalar va takliflar berish

Moliyaviy holatni tahlil qilishning sosiy manbalari bo'lib quydagi axborotlar hisoblanadi



  1. Buxgalteriya balansi

  2. Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot

  3. Asosiy vositalar to'grisidagi hisobot

  4. Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot

  5. Xususiy kapital to'g'risidagi hisobot

  6. Debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma'lumotnoma

Moliyaviy natijalar deganda nima tushuniladi? Moliyaviy natijalar deganda foyda yoki zarar ko'rsatkichlari birgalikda tushuniladi. Ushbu ko'rsatkichlar daromad va xarajatlar orasidagi farq tariqasida aniqlanadi. Daromadlar hajmi xarajatlat hajmidan ko'p bo'lsa, oraliqdagi farq fordani aksincha bo'lsa zararni bildiradi. Foyda daromad va xarajatlar nisbatidagi yuqori o'zgaruvchanlikni, zarar esa ular nisbatidagi quyi o'zgaruvchanlikni bildiradi. Foyda oshgan sayin korxonaning moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib, to'lovga qodirligi oshib boradi, o'zini o'zi mablag' bilan ta'minlash darajasi yaxshilanib boradi, oqibatda ishlab chiqarishni kengaytirish, rivojlantirish, moddiy nemat yaratuvchilarning moddiy manfaatdorligi darajasini oshirish kabi ijtimoiy iqtisodiy maslalarni hal qilish uchun sharoit yaratiladi. Shuning uchun ham har bir xo'jalik yurituvchi subyekt o'z faoliyatini foydali yuritishi uchun harakat qilishi kerak. Foydali faoliyat ko'rsatish uchun iqtisodiy tahlilni samarali tashkil qilish talab etiladi. Chunki foydani ko'paytirish va zararni yo'qotish uchun zarur bo'lgan imkoniyatlarini faqat tahlil orqali aniqlashi mumkin


Tahlilning maqsadi nimadan iborat? Tahlilning maqsadi – Foyda va rentabillik ko'rsatkichlarini dinamikasini chuqur o'rganish hamda omilli tahlil qilish asosida ularni yanada ko'paytirish va oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat
2. Xo‘jalik faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari formulasi asosida biror korxona ko‘rsatkichini tahlil eting va xulоsa yozing.

Norin paxta tozalash AJ 2023-yil 1-kvartal






Xulosa: Korxona xo’jaligi yuqori samaradorlikka ega bo’lib, statistikaga ko’ra juda yaxshi to’lov qobiliyatiga, katta xususiy mablag’larga, o’rtacha likvidlikka va yuqori moliyaviy barqarorlikka ega.
Download 16.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling