Moliyaviy hisob bu rasmiy hisob turi bo‘lib, uni yuritish mulkchilikning


Download 116.83 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.11.2020
Hajmi116.83 Kb.
#151704
Bog'liq
Худойназаров Содик


Moliyaviy hisob — bu rasmiy hisob turi bo‘lib, uni yuritish mulkchilikning 

va biznesni yuritishning shaklidan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar 

uchun  majburiy  hisoblanadi.  U  qabul  qilingan  tartib-qoida,  talablar  va  andozalar 

asosida tashkil etilmog‘i lozim. Moliyaviy hisobni tashkil etish respublikaning hisob 

sohasidagi  milliy  siyosati  o‘z  aksini  topgan  «Buxgalteriya  hisobi  to  ‘g‘risida»gi 

Qonun va «Buxgalteriya hisobi milliy andozalari» talablari asosida amalga oshiriladi 

va ular uni boshqarish hamda tashkil etish tizimining asosi hisoblanadi.  

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  buxgalteriya  (shu  jumladan,  moliyaviy  hisob) 

hisobi  ahamiyatining  oshishi,  birinchidan,  buxgalteriya  hisobi  xo‘jalik  yurituvchi 

subyektlar  faoliyatini  boshqarishning  ajralmas  boMagiga  aylangan  bo‘lsa, 

ikkinchidan,  turli  xil  foydalanuvchilarni  hisob  ma’lumotlari  bilan  ta’minlash 

markaziy  masalalaridan  biriga  aylanganligi,  uchinchidan,  zamonaviy  buxgalter 

faqatgina hisob ishlarini yuritibgina qolmay, balki buxgalteriya maiumotlarini tahlil 

qilish,  korxona  iqtisodiy  holatini  tavsiflovchi  turli  xil  ko‘rsatkichlarni  hisoblash, 

xo‘jalik jarayonlariga baho berish, korxona istiqbolini belgilay olishi kerak. Bundan 

tashqari zamonaviy buxgalter auditorlik faoliyati bilan ham shug‘ullana olishi lozim. 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib  moliyaviy  hisob  oldiga  quyidagi  vazifalar 

qo‘yilgan:  

1. Mavjud va potensial sarmoyadorlar va kreditorlar uchun qulay hamda xolis 

axborotni taqdim etish.  

2. 

Mavjud 


va 

potensial 

sarmoyadorlar, 

kreditorlar 

va 

boshqa 


foydalanuvchilarga  kutiladigan  daromadlar  bilan  bog‘liq  qarorlar  qabul  qilishda 

yordam beradigan axborotlar taqdim etish.  

3. Korxonaning xo‘jalik resurslari, majburiyatlari,  mulk tarkibi va ularning 

shakllanish  manbalari,  shuningdek,  ulardagi  o‘zgarishlar  haqidagi  axborotlami 

taqdim etish. 

Moliyaviy hisob fani buxgalteriya hisobi nazariyasi, boshqaruv hisobi, audit, 

iqtisodiy  tahlil  nazariyasi,  soliqlar  va  soliqqa  tortish,  moliya  fanlari  bilan  uzviy 

aloqada. Moliyaviy hisobning o‘rganish obyektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 

—  korxonalaming  mablag‘  va  resurslari  —  mehnat  vositalari,  tovar-moddiy 


boyliklar, pul mablag‘lari, tayyor mahsulot, ustav va boshqa fondlar, kelgusi davr 

xarajatlari va toMovlari rezervi; — korxona faoliyati jarayonlari — tovar-moddiy 

boyliklarini  tayyorlash,  ishlab  chiqarish,  tayyor  mahsulot  (ish,  xizmat)lar 

realizatsiyasi, kapital qo‘yilma va boshqa jarayonlar; — hisoblashuv jarayonlari — 

byudjet, mol yetkazib beruvchi, pudratchilar, xaridor, xodimlar, banklar va boshqa 

tashkilot  hamda  shaxslar  bilan  hisoblashuvlar;  —  korxona  xo‘jalik  faoliyatining 

moliyaviy natijalari — foyda yoki zarar shaklida. 

Moliyaviy hisobni yuritish usullari hisobni tashkil etish va yuritish bo‘yicha 

me’yoriy  hujjatlar,  uning  obyektlarini  hisobga  olish  va  xo‘jaliklar  faoliyati 

xususiyatlaridan  kelib  chiqib  qo‘llaniladi.  Jumladan,  shunday  usullarga  korxona 

faoliyati jarayonlari (tovar-moddiy boyliklarini tayyorlash, ishlab chiqarish, tayyor 

mahsulot  (ish,  xizmat)lar  realizatsiyasi)  hisobini  tashkil  etishda  va  moliyaviy 

hisobning boshqa obyektlari hisobini tashkil etishda qo‘llaniladigan (ular hisobini 

tashkil etishga xos bo‘lgan) usullar. 

ВНМА-1 — hisob siyosati va moliyaviy hisobot talablaridan kelib chiqib har 

bir korxona mustaqil ravishda o‘zining buxgalteriya hisobi tizimini, ya’ni siyosatini 

ishlab  chiqishi  va  e'lon  qilishi  lozim.  Ushbu  andozaning  3-bandiga  ko‘ra,  hisob 

siyosati  deganda,  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  rahbari  buxgalteriya  hisobini 

yuritish  va  moliyaviy  hisobot  tuzish  uchun  qabul  qiladigan  usullaming  yig‘masi 

tushuniladi. Moliyaviy hisobot shu usullarga muvofiq va ulaming qoidalari hamda 

asoslariga muvofiq ravishda tuziladi, deyilgan. Shunday usullarga hujjat aylanishi, 

hisob  registrlari  tizimi,  axborotlami  ishlash,  mahsulot  va  moddiy  qiymatlarni 

baholash,  hisobot  tuzish,  buxgalteriya  hisobini,  shu  jumladan,  moliyaviy  hisobni 

yuritish  usullari  kiradi.  Boshqacha  aytganda,  korxonaning  hisob  siyosati  —  bu 

korxona  tomonidan  umum  qabul  qilingan  qoidalar  va  o‘z  faoliyatiga  xos 

xususiyatlardan kelib chiqib e’lon qilinadigan buxgalteriya hisobini olib borishning 

muayyan uslublari va shakllarining majmuasidir.  

Yangi  tahrirdagi  «Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida»gi  Qonunning  12-

moddasida korxonaning hisob siyosati ichki nazorat bilan bog‘lab berilgan bo'lib, 

unga  ko'ra  ichki  nazorat  buxgalteriya  hisobini  yuritishda,  moliyaviy  va  boshqa 



hisobotlarni  tuzishda  xo‘jalik  opcratsiyalarini  amalga  oshirishning  qonuniyligi, 

iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini, aktivlaming bud saqlanishini ta’minlash, 

talon-taroj  qilish  hollari  va  xatoliklarning  oldini  olish  hamda  aniqlash  maqsadida 

buxgalteriya  hisobi  subyektining  rahbari  tomonidan  qabul  qilingan  hisob  siyosati 

asosida tashkil etilgan chora-tadbirlar tizimidir. Korxonaning hisob siyosati rasmiy 

hujjat  hisoblanib,  u  bosh  buxgalter  tomonidan  ishlab  chiqiladi  hamda  rahbaming 

buyrug‘i yoki farmoyishi bilan tasdiqlanadi. 

Moliyaviy  hisob  ba’zan  tashqi  hisob  deb  ham  tushuniladi,  chunki  uning 

ma’lumotlaridan nafaqat xo‘jalikning o‘zi, balki boshqa korxona, tashkilotlar ham 

o‘z  faoliyatlari  natijalarini  11  yaxshilash  bo‘yicha  boshqaruv  qarorlarini  qabul 

qilishda foydalanadi va ular jumlasiga quyidagilar kiradi: 

 1. Haqiqiy va bo ‘lajak investorlar ~ berilaladigan investitsiyalar bilan bog'liq 

xatarlarga tegishli axborotlarda.  

2. Kreditorlar - o‘z vaqtida tolay olish manbalari bo‘yicha axborotlarda.  

3.  Mahsulot  (tovar)  yetkazib  beruvchilar  -  ularga  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan 

manbalar bo‘yicha.  

4.  Xaridorlar—  ayniqsa  ular  uzoq  muddatli  bitimga  ega  bo‘lsa,  subyekt 

faoliyatining uzluksizligi tocg‘risidagi axborotlarda.  

5. Moliya organlari - bank, soliq va boshqa moliya-kredit tashkilotlari.  

6.  Vazirlik  va  idoralar  —  xo‘jalik  subyektlariga  rahbarlikni  ta’minlashga 

tegishli ma’lumotlami umumlashtirish asosida.  

7. Jamoatchilik - mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishda, ish bilan ta’minlash, 

tadbirkorlikni  rivojlantirish,  aholi  farovonligini  oshirish  kabilarga  tegishli 

axborotlarda va boshqa foydalanuvchilar. 



Download 116.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling