Moliyaviy hisob bu rasmiy hisob turi bo‘lib, uni yuritish mulkchilikning
Download 116.83 Kb. Pdf ko'rish
|
Худойназаров Содик
Moliyaviy hisob — bu rasmiy hisob turi bo‘lib, uni yuritish mulkchilikning va biznesni yuritishning shaklidan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy hisoblanadi. U qabul qilingan tartib-qoida, talablar va andozalar asosida tashkil etilmog‘i lozim. Moliyaviy hisobni tashkil etish respublikaning hisob sohasidagi milliy siyosati o‘z aksini topgan «Buxgalteriya hisobi to ‘g‘risida»gi Qonun va «Buxgalteriya hisobi milliy andozalari» talablari asosida amalga oshiriladi va ular uni boshqarish hamda tashkil etish tizimining asosi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya (shu jumladan, moliyaviy hisob) hisobi ahamiyatining oshishi, birinchidan, buxgalteriya hisobi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini boshqarishning ajralmas boMagiga aylangan bo‘lsa, ikkinchidan, turli xil foydalanuvchilarni hisob ma’lumotlari bilan ta’minlash markaziy masalalaridan biriga aylanganligi, uchinchidan, zamonaviy buxgalter faqatgina hisob ishlarini yuritibgina qolmay, balki buxgalteriya maiumotlarini tahlil qilish, korxona iqtisodiy holatini tavsiflovchi turli xil ko‘rsatkichlarni hisoblash, xo‘jalik jarayonlariga baho berish, korxona istiqbolini belgilay olishi kerak. Bundan tashqari zamonaviy buxgalter auditorlik faoliyati bilan ham shug‘ullana olishi lozim. Yuqoridagilardan kelib chiqib moliyaviy hisob oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan: 1. Mavjud va potensial sarmoyadorlar va kreditorlar uchun qulay hamda xolis axborotni taqdim etish. 2. Mavjud
va potensial sarmoyadorlar, kreditorlar va boshqa
foydalanuvchilarga kutiladigan daromadlar bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishda yordam beradigan axborotlar taqdim etish. 3. Korxonaning xo‘jalik resurslari, majburiyatlari, mulk tarkibi va ularning shakllanish manbalari, shuningdek, ulardagi o‘zgarishlar haqidagi axborotlami taqdim etish. Moliyaviy hisob fani buxgalteriya hisobi nazariyasi, boshqaruv hisobi, audit, iqtisodiy tahlil nazariyasi, soliqlar va soliqqa tortish, moliya fanlari bilan uzviy aloqada. Moliyaviy hisobning o‘rganish obyektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: — korxonalaming mablag‘ va resurslari — mehnat vositalari, tovar-moddiy
boyliklar, pul mablag‘lari, tayyor mahsulot, ustav va boshqa fondlar, kelgusi davr xarajatlari va toMovlari rezervi; — korxona faoliyati jarayonlari — tovar-moddiy boyliklarini tayyorlash, ishlab chiqarish, tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi, kapital qo‘yilma va boshqa jarayonlar; — hisoblashuv jarayonlari — byudjet, mol yetkazib beruvchi, pudratchilar, xaridor, xodimlar, banklar va boshqa tashkilot hamda shaxslar bilan hisoblashuvlar; — korxona xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari — foyda yoki zarar shaklida. Moliyaviy hisobni yuritish usullari hisobni tashkil etish va yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar, uning obyektlarini hisobga olish va xo‘jaliklar faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqib qo‘llaniladi. Jumladan, shunday usullarga korxona faoliyati jarayonlari (tovar-moddiy boyliklarini tayyorlash, ishlab chiqarish, tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi) hisobini tashkil etishda va moliyaviy hisobning boshqa obyektlari hisobini tashkil etishda qo‘llaniladigan (ular hisobini tashkil etishga xos bo‘lgan) usullar. ВНМА-1 — hisob siyosati va moliyaviy hisobot talablaridan kelib chiqib har bir korxona mustaqil ravishda o‘zining buxgalteriya hisobi tizimini, ya’ni siyosatini ishlab chiqishi va e'lon qilishi lozim. Ushbu andozaning 3-bandiga ko‘ra, hisob siyosati deganda, xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qabul qiladigan usullaming yig‘masi tushuniladi. Moliyaviy hisobot shu usullarga muvofiq va ulaming qoidalari hamda asoslariga muvofiq ravishda tuziladi, deyilgan. Shunday usullarga hujjat aylanishi, hisob registrlari tizimi, axborotlami ishlash, mahsulot va moddiy qiymatlarni baholash, hisobot tuzish, buxgalteriya hisobini, shu jumladan, moliyaviy hisobni yuritish usullari kiradi. Boshqacha aytganda, korxonaning hisob siyosati — bu korxona tomonidan umum qabul qilingan qoidalar va o‘z faoliyatiga xos xususiyatlardan kelib chiqib e’lon qilinadigan buxgalteriya hisobini olib borishning muayyan uslublari va shakllarining majmuasidir. Yangi tahrirdagi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 12- moddasida korxonaning hisob siyosati ichki nazorat bilan bog‘lab berilgan bo'lib, unga ko'ra ichki nazorat buxgalteriya hisobini yuritishda, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishda xo‘jalik opcratsiyalarini amalga oshirishning qonuniyligi, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini, aktivlaming bud saqlanishini ta’minlash, talon-taroj qilish hollari va xatoliklarning oldini olish hamda aniqlash maqsadida buxgalteriya hisobi subyektining rahbari tomonidan qabul qilingan hisob siyosati asosida tashkil etilgan chora-tadbirlar tizimidir. Korxonaning hisob siyosati rasmiy hujjat hisoblanib, u bosh buxgalter tomonidan ishlab chiqiladi hamda rahbaming buyrug‘i yoki farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Moliyaviy hisob ba’zan tashqi hisob deb ham tushuniladi, chunki uning ma’lumotlaridan nafaqat xo‘jalikning o‘zi, balki boshqa korxona, tashkilotlar ham o‘z faoliyatlari natijalarini 11 yaxshilash bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalanadi va ular jumlasiga quyidagilar kiradi: 1. Haqiqiy va bo ‘lajak investorlar ~ berilaladigan investitsiyalar bilan bog'liq xatarlarga tegishli axborotlarda. 2. Kreditorlar - o‘z vaqtida tolay olish manbalari bo‘yicha axborotlarda. 3. Mahsulot (tovar) yetkazib beruvchilar - ularga to‘lanishi lozim bo‘lgan manbalar bo‘yicha. 4. Xaridorlar— ayniqsa ular uzoq muddatli bitimga ega bo‘lsa, subyekt faoliyatining uzluksizligi tocg‘risidagi axborotlarda. 5. Moliya organlari - bank, soliq va boshqa moliya-kredit tashkilotlari. 6. Vazirlik va idoralar — xo‘jalik subyektlariga rahbarlikni ta’minlashga tegishli ma’lumotlami umumlashtirish asosida. 7. Jamoatchilik - mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishda, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish kabilarga tegishli axborotlarda va boshqa foydalanuvchilar. Download 116.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling