Moliyaviy hisob fanining predmeti va tamoyillari


Hisobot turlari va shakllari


Download 1.54 Mb.
bet2/3
Sana25.04.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1396450
1   2   3
Bog'liq
Hisobot

Hisobot turlari va shakllari Iqtisodiy mazmuni va hisobot ko‘rsatkichlarini olish man- bayiga ko‘ra hisobot ikki tuiga bo'linadi: • buxgalteriya hisoboti; • statistika hisoboti. Buxgalteriya va statistik hisobot awalgi xo‘jalik yuritish tizimida bitta davlat hisoboti deb qaralar edi. Ular, aso­ san,yuqori tashkilotlaiga moliya organiga, bank muassasasi- ga, statistik organiga topshirilar edi. Bunday sharoitda bux­ galteriya hisoboti statistik hisoboti o‘rtasidagi farq sezilmas edi. Ammo ular o‘rtasidagi eng muhim farq ko‘rsatkichlar mazmunida va tegishli hisobot shakllarini tuzish usulidadir. Statistik hisoboti, tezkor-texnik, statistik va buxgalteriya hi­ sobining ma’lumotlari asosida tuzilsa, buxgalteriya hisoboti esa asosan xo‘jaliklar bilan tasdiqlanadigan buxgalteriya hi­ sobi yozuvlari asosida tuziladi.
Buxgalteriya hisobotida asosan umumiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Masalan, korxona mablagUari, balans foydasi va h.k. Statistika hisoboti bo‘lsa, absolut miqdorlar bilan birga nisbiy va o‘rta miqdorlar haqida ma’lumot beradi. Masalan, foizlaming o‘sish darajasi, o‘rtacha daraja u yoki bu ko'rsat- kichlaming o‘sish yoki pasayish dinamikasi va boshqalar. Buxgalteriya hisoboti xo‘jalik faoliyati haqidagi asosiy ta’minot manbayidir. U birinchidan, korxonaning o‘ziga kerakdir. Ikkinchidan - korxonada ishlamaydigan shaxslar- ga (aksiyadorlik jamiyatlarida), ya’ni o‘z mablag‘ini ulush sifatida qo‘ygan aksiyadorlar va boshqa kreditorlarga kerak. Uchinchidan hisobot davlatning soliq va boshqa organlariga kerak. Buxgalteriya hisoboti turli moliya va tijorat tuzilma- lari, biijalar, banklar uchun kerak.Ular qimmatli qog‘ozlar- ning oldi-sottisini olib boradilar.
Buxgalteriya hisoboti awalombor korxona mulki tarkibini hamda korxona moliya natijalarini harakterlaydi. Undan tash- qari bu hisobotda boshqa korxonalar bilan bo‘ladigan hisob-ki- toblar, moliya organlari va bank muassasalari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Hisobot ma’lumotiarining mana shunday to‘liq berilishi shu bilan xarakterlanadiki, korxona mustaqil iqtisodiy obyekt deb qaraladi. Statistika hisoboti o‘z oldiga xarajatlar jarayoni ustidan umumiy nazoratni amalga oshirishni mo‘ljallaydi. Statistika ayrim olingan korxonaga mustaqil obyekt emas, balki butun xalq xo‘jaligining bir qismi deb qaraydi. Statistika hisoboti hudud, tarmoq bo‘lsa, ma’lum bir ko‘rsatkichlami bajaril- ishini nazorat qilib, ular to‘g‘risida ma’lumot beradi. Shunga qarab, statistika hisoboti shakllanib boradi. Hisobot xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga qarab quyidagi ikki turga bo‘linadi: • umumdavlat hisoboti; • korxona ichidagi hisobot.
Umumdavlat hisoboti Moliya vazirligi va Davlat Statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan shakl va tartibda tuziladi va tegishli organlarga o‘z vaqtida topshirilishi lozim bo‘ladi. Korxona ichidagi hisobot esa qisqa bo‘lib, shu korxona ichida foydalaniladi. Masalan, kassir hisoboti, moddiy javob- gar shaxs hisoboti va ma’lum bir tashkiliy-texnikaviy tad- birlami amalga oshirish rejalarining bajarilishi haqidagi hiso­ bot. Bu hisobotlar korxona rahbari, bosh buxgalter belgilagan muddatda tegishli bo‘limlarga, ya’ni boshqaruv bo‘limiga asosan buxgalteriya bo‘limiga, topshirilishi lozim. Hisobotda bir korxona ko‘rsatkich ma’lumotlari yoki bir necha korxona ko‘rsatkich ma’lumotlari ko'rsatilgan bo‘lishi mumkin. Demak, shu xususiyatiga ko‘ra, hisobotni quyidagi ikki turga ajratish mumkin: • dastlabki hisobot; • yig‘ma hisobot.
Yig‘ma hisobot birlashmalar, assotsiatsiyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, boshboshqarmalar, vazirliklar, tarmoqning bosh­ qa yuqori tashkiloti tomonidan tuziladi. Hisobotni tuzish va topshirish muddatiga ko'ra esa quy­ idagi turlarga ajratish mumkin: • yil ichidagi (davomidagi) hisobot; • yillik hisobot. Yil ichidagi hisobot esa, oylik, choraklik va yarim yillik bo‘ladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘- risida ”gi qonun (16 modda) bilan yillik hisobotning quyida­ gi shakllarini tuzish nazarda tutilgan: 1. Korxona balansi № 1. 2. Moliyaviy natijalar haqida hisobot № 2. 3. Asosiy vositalar harakati haqida hisobot № 3. 4. Pul harakati to‘g‘risidagi hisobot № 4. 5. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot № 5.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling