Moliyaviy hisob Kurs ishi Mavzu: Korxonalarda davr xarajatlari hisobini tashkil qilish masalalari Bajardi


Download 107.95 Kb.
bet1/11
Sana25.10.2023
Hajmi107.95 Kb.
#1718828
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Moliyaviy hisob Kurs ishi Mavzu Korxonalarda davr xarajatlari h-fayllar.org


Moliyaviy hisob Kurs ishi Mavzu: Korxonalarda davr xarajatlari hisobini tashkil qilish masalalari Bajardi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM


VAZIRLIGI
TOShKENT DAVLAT IQTISODIYoT UNIVERSITETI
Kafedra: Buxgalteriya hisobi
Fan: Moliyaviy hisob
Kurs ishi
Mavzu: Korxonalarda davr xarajatlari hisobini tashkil qilish masalalari
Bajardi: BR-87 guruh talabasi Tolipova Sh.
TOShKENT – 2 0 12

Kirish 2


1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va ularni turkumlarga ajratish 5
2.Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida davr xarajatlarining nazariy asoslari 9
3. Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida davr xarajatlarini hisobga olishning maqsadi va vazifalari 15
4. Korxonalarda davr xarajatlari hisobini boshlang‘ich hujjatlarda va hisob registrlarida aks ettirilishi 19
5. Korxonalarda davr xarajatlari hisobining amaliyoti va uning moliyaviy natijalarni shakllantirishga ta’siri 24
Xulosa va takliflar 29
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 30

Kirish

Mamlakatimizda qabul qilingan inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha belgilangan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirilishi, jumladan, mahsulot eksport qiluvchi korxonalarning byujet oldidagi va bank kreditlari bo‘yicha qarzlarini to‘lash muddatlarini uzaytirilishi, sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha choralar, ichki talabni ko‘paytirish orqali sanoat korxonalari mahsuloti bozorini kengaytirish, zarar ko‘rib ishlayotgan sanoat korxonalarini banklar balansiga o‘tkazish orqali ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish ishlari yirik investitsiya dasturlarini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish sanoat ishlab chiqarishining 2010 yilda ham ijobiy dinamikasi ta’minlanishiga olib keldi. Bu borada Prezidentimiz I.Karimov o‘z ma’ruzalarida “...Respublikamizda iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish borasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida ijobiy sifat o‘zgarishlariga erishildi. Bu avvalam bor YaIMnng tarmoq tarkibida ro‘y bergan o‘zgarishlarda o‘z aksini topadi. Sanoatni ustuvor tarzda rivojlantirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish borasidagi sa’yi harakatlar natijasida tarmoqning YaIMdagi ulushi keskin ortdi. “Agar o‘n yil oldin, ya’ni 2000 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida sanoatning hissasi atigi 14,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 24 foizni, transport va aloqaning ulushi tegishli ravishda 7,7 va 12,4 foizni tashkil etdi, xizmatlar bo‘yicha bu raqam 37 foizdan 49 foizga o‘sdi» deb ta’kidlagan edi1. Albatta, bunday natijalarga erishishda korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni samarali tashkil etish, ulardagi mavjud resurslardan oqilona foydalanish, ularning moliyaviy barqarorligini oshirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu masalalarni ijobiy hal etishda, korxonaning samarali faoliyat yuritishini belgilovchi muhim shartlaridan biri «moliyaviy natijalar» kategoriyasining ijobiy xulosaga ega bo‘lishida xarajatlar tarkibida unga bevosita ta’sir qiluvchi davr xarajatlari elementlari bo‘yicha amalga oshiriladigan sarflarni to‘g‘ri tashkil qilish, hisobini aniq yuritish va kelgusida ma’muriy qarorlar uchun asos bo‘luvchi ma’lumotlarni olishda tahlilni mukammal yuritish muhim ahamiyatga ega.


Mazmuniga ko‘ra davr xarajatlari ishlab chiqarish hajmiga bevosita aloqador bo‘lmagan domiy xarajatlar guruhini tashkil qiladi. Moliyaviy davr yakunini ifodalovchi «moliyaviy natijalar» aniqlanguniga qadar buxgalteriya hisobida doimiy harajatlarning davr xarajatlari schotida aks ettirilib borilishi, davr oxirida esa natija foyda yoki zarar bo‘lishidan qat’iy nazar moliyaviy natija hisobidan qoplanishi uning o‘ziga xos hususiyatini anglatadi.
Nizomga muvofiq moliyaviy natijalarni shakllanish bosqichida asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi aniqlanishida markaziy e’tiborda davr xarajatlarining turishi, uning xo‘jalik moliyaviy faoliyatidagi ahamiyatlilik darajasi yuqoriligini ko‘rsatadi. Bu esa tadqiqotlar, izlanishlar olib borish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Davr xarajatlari o‘zining tarkibida xo‘jalikning kelajakdagi faoliyatini yanada kengaytirish va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan xarajatlarini mujassamlashtirishi, xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy natijasini aniqlashda o‘ta muhimligi hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy rivojlanish birlamchi ahamiyat kasb etishi mavzuning dolzarbliligini yanada oshiradi.
Davr xarajatlari hisobi masalalari bo‘yicha xorijiy va hamdo‘stlik mamlakatlari olimlari Nidlz B., Anderson X., Kolduell D. Druri K, Ris Dj., Xorngren Ch., Foster Dj., Entoniy R., Kondrakov N.P., Kravchenko L.I., Pankov V.V., Moiseenko G.I., Sokolov Ya.V., Sheremet A.D. kabilar munosib hissa qo‘shganlar.
Respublikamiz olimlaridan Jo‘raev N.Yu., Ibragimov A.K., Xasanov B.A., Pardaev A.H., Abdug‘aniev A.A., Sotvoldiev A. S., Akramov E.A., Karimov A.A., Rahimov M.Yu., Xolbekov R.O., Ergashev Sh.M va boshqalar ilmiy ishlarida ishlab chiqarish xarajatlari mavzusini keng yoritish bilan birga tarkibida davr xarajatlarining ayrim elementlari qisman yoritilgan.
Yuqorida sanab o‘tilgan olimlarning ilmiy asarlarida davr xarajatlari hisobi masalalari kompleks tarzda o‘rganilmagan. Balki ma’lum bir qism yoki tarmoq hususiyatlariga bog‘liq tarzda, asosiy maqsad va vazifalarni tashkil qilmagan holdi qisman tadqiq etilgan. Undan tashqari mavzu bilan bog‘liq masalalar yechimining turli hilda talqin qilinishi, munozaralarning mavjudligidan, ularni to‘liq hal etilmaganligidan dalolat beradi. Xarajatlar tarkibidagi davr xarajatlari hisobi mavzusi ilmiy jihatdan bugungi kunga qadar kompleks tarzda o‘rganilmaganligi, uning hususiyatlari to‘liq ochib berilmaganligini ko‘rsatadi. Yuqorida bildirilgan fikrlarlarning barchasi referat mavzusining dolzarbligi va ahamiyatli ekanligini belgilab beradi.
Mamlakatni modernizatsiyalash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida korxonalarda davr xarajatlari hisobining nazariy, uslubiy va amaliy jihatlarini o‘rganish asosida davr xarajatlari hisobini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Ushbu qo‘yilgan maqsadga muvofiq ilmiy ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
  • mamlakatni modernizatsiyalashd jarayonida korxonalarda yuzaga keladigan xarajatlarni iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra ilmiy-nazariy asosda turkumashtirish;


  • davr xarajatlarining iqtisodiy mohiyati va mazmunining nazariy asoslarini tadqiq etish;


  • davr xarajatlarini buxgalteriyada hisobga olishning maqsad va vazifalarini belgilash, ularni dastlabki hujjatlar hamda hisob registrlarida aks ettirilishini ko‘rib chiqish;


  • davr xarajatlarining baho siyosatini shakllantirishdagi o‘rni va mohiyatini asoslash;


  • hisob tizimini boshqaruv talabalariga moslashtirish yo‘nalishlarini o‘rganish;


  • moliyaviy natijalarni shakllantirish jarayonida davr xarajatlarining tutgan o‘rni va ta’sir darajasini aniqlashdan iborat.


Referatni tayyorlash jarayonida joriy davr iqtisodiy ilmida qo‘llaniladigan huquqiy va uslubiy tamoyillarga amal qilindi. Xususan, magistrlik dissertatsiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning Farmonlari, asarlari, nutq va maqolalari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Soliq Qo‘mitasining me’yoriy hujjatlari va yo‘riqnomalaridan keng foydalanildi. Mavzuni yoritishda buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan, hisoblash va tahlil qilish usullaridan foydalanildi. Shuningdek, moliyaviyboshqaruv hisobi va iqtisodiy tahlil bo‘yicha mamlakatimiz va xorijdagi yetakchi iqtisodchi olimlarning asarlari uslubiy va nazariy manba bo‘lib xizmat qildi.



Download 107.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling