Moliyaviy hisobot elementlarini ahamiyati, maqsadi va tahlil vazifalari
Download 304.38 Kb.
|
Moliyaviy hisobot elementlarini ahamiyati, maqsadi va tahlil vazifalariXo‘jalik yurituvchi subyektlar maqsadi foyda olishga qaratilgan va bu jarayon yakunidagina sarhisob qilinadi. Shunday ekan kelgusida iqtisodiy naf olish maqsadida aktivlardan foydalanish masalaning asosiy sharti hisoblanadi. Kelgusidagi naflik aktivlarning turlariga qarab farqlanishiga ahamiyat qaratsak, bu uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlarda turlicha kechishini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga faoliyat turiga qarab ham bu jarayonning davriyliklari turlicha bo‘ladi. Qo‘yilgan mablag‘larning qanchalik naf keltirishi albatta ma’lum bir muddat, vaqt oralig‘ini talab etishi ham ularni oldindan bashoratlashni talab etadi. Bashoratlash orqali aktivlar, kapital va majburiyatlar, daromad va xarajatlar, foyda va zararlar, kelgusidagi pul oqimlari, aktivlarni moliyalashtirish yuzasidan qo‘shimcha mablag‘lar manbasiga zaruriyat sezilishi hamda ularni hal etish imkoniyati yuzaga keladi. Kelgusidagi kutilishlarni bashoratlash faqat korxonaning o‘zigagina tegishli omillar ta’sirida o‘zgaradigan jarayon emas, unga ko‘proq tashqi omillar ham ta’sir etadi. Kelgusida erishilishi kutilayotgan natijaga erishish risklarini kamaytirish orqali aniqlikni yuqori normasiga chiqish imkoniyati mavjudligini hisobga olsak, bashoratlash korxonalarning kelajakdagi moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini, foyda va zararlarini to‘g‘ri aniqlash va boshqaruvni shunga mos ravishda tashkil etish imkonini beradi. Korxonalar moliyaviy holatini bashoratlash moliyaviy hisobotning quyidagi birliklari yuzasidan tuzib chiqiladi. Aktivlar va passivlar balansi bo‘yicha; Daromadlar va xarajatlar balansi bo‘yicha; Pul mablag‘lari kirimi va chiqimi balansi bo‘yicha. Moliyaviy holatni bashoratlash uchun asos bo‘luvchi manba bu moliyaviy hisobotlardir. Joriy yildagi moliyaviy hisobot ma’lumotlari yaqin va uzoq davriylikda bashoratlash uchun iqtisodiy va moliyaviy jihatdan asos vazifasini bajaradi. Korxonaning kelgusidagi rivojlanishi yuzasidan belgilangan topshiriqlardan kelib chiqqan holda moliyaviy hisobotning barcha elementlari qayta korrektirovkalash asosida tuzib chiqiladi. Bashoratlash yakunida bashoratlangan buxgalteriya balansi, bashoratlangan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti, bashoratlangan pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotlari tuzib chiqiladi va ushbu manbalar moliyaviy starategiyani belgilashda muhim manba sifatida qaraladi. Moliyaviy holatni bashoratlash tahlili mazmunini korxonalarning kelgusidagi moliyaviy ahvoli va undagi o‘zgarishlarni, moliyaviy natijalarni va pul oqimlarini oldidan aniqlash, kelgusidagi iqtisodiy naflikka yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan axborotlar bazasini shakllantirishga qaratilgan. Moliyaviy holatni bashoratlash tahlilining muhim vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin: - korxona moliyaviy holati, moliyaviy natijalari, foyda va zararlari, pul mablag‘lari kutilishi yuzasidan hisob-kitoblarni amalga oshirish; - korxonaning aktivlar, kapitali va majburiyatlarining kelgusidagi kutilishlarini bashoratlash orqali buxgalteriya balansini tuzish va korxonaning moliyaviy holatidagi o‘zgarishlarni baholash; - korxonaning daromadlari va xarajatlari, foyda va zararlarini kelgusidagi kutilishlarini bashoratlash orqali moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va uning muhim birliklari o‘zgarishiga baho berish; - pul oqimlarining kelgusidagi kirimi va chiqimi yuzasidan mablag‘larga zaruriyatni va ortiqchalikni aniqlash orqali pul mablag‘lari balansini tuzish va uni baholash. Bashoratlash kelgusida korxona moliyaviy holatini yaxshilash, iqtisodiy naflikni o‘stirish, pul mablag‘lari doimiy oqimini optimal boshqaruvini yo‘lga qo‘yishda muhim masala hisoblanadi. Moliyaviy hisobot elementlarini bashoratlash uning muxim elementlari bo‘lgan aktivlar, kapital va majburiyatlar, moliyaviy natijalar, foyda va zararlarni prognozlashni nazarda tutadi. Moliyaviy hisobot elementlarini bashoratlash asosida korxonaning kelgusidagi aktivlari, kapitali va majburiyatlari, moliyaviy natijalari, foyda va zararlarini oldindan kutilishini aniqlash va shunga mos ravishda ularning faoliyat va biznes rejasini belgilash, byudjetini shakllantirish imkoni tug‘iladi. Moliyaviy hisobot elementlarini bashoratlash quyidagi muhim savollarga javob topishg imkonini beradi: - korxonada nimalardan va qachon pul mablag‘lari keladi? - ular nimalarga ishlatiladi? - ijobiy pul oqimlariga chiqish yuzasidan korxonaga kancha pul mablag‘lari zarur? - ushbu pul mablag‘lariga qachon zaruriyat seziladi? - pul mablag‘lari qaysi shaklda korxonalarga jalb qilinadi (xususiy kapital ko‘payishi shaklida yoki qarz kapitali shaklida)? - keyingi davrlar bo‘yicha korxonaning moliyaviy holati qanday holati kuzatiladi? Moliyaviy hisobot elementlarini mohirona bashorat qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: - bashorat qilinadigan davrni belgilab olish; - moliyaviy bashoratlash bo‘yicha takliflarni tayyorlash; - hisob-kitob jadvallarini shakllantirish; - foyda va zararlarni bashoratlash; - pul mablag‘lari harakatini bashoratlash; - moliyalashtirishning talab qilingan qiymatini shakllantirish; - iqtisodiy nochorlikni bashoratlash; - balans hisobotini bashoratlash; - yakuniy xulosa va tavsiyalarni tayyorlash. Tobora rivoj topayotgan va raqobatdoshlik kuchayotgan sharoitda bashoratlangan moliyaviy hisobotlarni talab qiluvchilarning doirasi kengayadi. Shu sababli, bashoratlangan moliyaviy hisobotlarga tayangan holda yaqin va uzoq davriylikdagi xamkorlik aloqalari, sherikchilik, aksiyalarni sotish olish yuzasidan ularning ahamiyati oshib bormoqdi. Ayniqsa, kredit institutlarining berilgan kredit muddatlari bo‘yicha korxonaning moliyaviy holati va natijalarining kutilishlarini bilishga zaruriyati yanada oshmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, banklar birinchi navbatda korxonalarning tarixi bilangina emas, balki iqtisodiy jihatdan asoslangan faoliyatning uzluksizligi va davomiyligi, moliyaviy ahvol va natijalarning kelajakdagi kutilishlarini bilish bilan ham qiziqadilar. Shu bilan birga, esdan chiqarmaslik lozimki, kelajakda kutiladigan natijalarning eng ishonchli manbalari ham ma’lum bir taxminlardan, kamchiliklardan albatta holi bo‘la olmaydi. Bu esa risklarni baholash ularni kamaytirish choralarini ko‘rish bilan hal etiladi. Download 304.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling