Moliyaviy hisobotlar va moliyaviy rejalashtirish


Download 0.89 Mb.
bet3/5
Sana19.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1033679
1   2   3   4   5
Bog'liq
MOLIYAA (2)

- pul mablag'laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo'yicha ichki rezervlarni qidirib topish; -kapitalni samarali joylashtirish yo'llarini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash; -kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni o'rnatish; - korxonaning moliyaviy ahvoli, to'lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi ustidan nazorat o'rnatish.

Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni oldindan kо‘zda tutishgina (kо‘ra bilishgina) emas. Bu tegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bо‘lgan har qanday kutilmagan holatlarni kо‘ra olish qobiliyati hamdir. Albatta, xо‘jalik yurituvchi sub’yekt о‘z faoliyatidagi barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana shu risklarni samarali oldindan kо‘ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega. Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy metodlardan foydalanish mumkin: -iqtisodiy tahlil metodi; -normativ metod; -balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi; -kо‘p variantlilik metodi; -iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi;

Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib kо‘rsatish mumkin: -xо‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq etish; -operativ rejalarning о‘zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chiqish; -о‘z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xо‘jalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy resurslarga bо‘lgan konkret ehtiyojlarini aniqlash; Moliyalashtirish manbalari va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash; Xо‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasini boshqarishning tizimini yaratish va uni ushlab turish Shakllantirilgan rejalarni operativ о‘zgartirish tartibini ishlab chiqish. Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi mavjud: strategik moliyaviy rejalashtirish;

Strategik moliyaviy rejalashtirish о‘z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda о‘zgarayotgan xо‘jalik yuritish sub’yekti moliyaviy taraqqiyotining kо‘p variantli bashoratidan iboratdir.Moliyaviy rejalashtirish mamlakat milliy xо‘jaligini rejalashtirishning tarkibiy qismi bо‘lib, sotsial-iqtisodiy rivojlanish rejasining kо‘rsatkichlariga tayanadi, moliya tizimi barcha organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga yо‘naltiriladi. Moliya tizimi alohida bo’g’inlarining nisbiy mustaqilligi quyidagilarni о‘zida aks ettiruvchi moliyaviy rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi: -Pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va myetodlarining о‘ziga xosligi; -Moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bо‘yicha qayta taqsimlash.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling