Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi


Download 339.5 Kb.
bet9/23
Sana06.11.2023
Hajmi339.5 Kb.
#1750104
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Moliyaviy axborotlarning sifat va xususiyatlari

Хususiy kapital – bu xo’jalik sub’ektining aktivlarga egaligining ulushi bo’lib, bunda uning majburiyatlari chiqarib tashlanadi. Хususiy kapital maxsus bir toifadagi moddalarni o’z ichiga oladi, masalan, xususiy kapitalning turlari va taqsimlanmagan foyda.
Keltirilgan ta’rifning mohiyatini yoritish uchun mavzuning boshida kel-tirilgan misolga qaytamiz.
2004 yil 1 dekabr kuni biznesni yaxshiroq yo’lga qo’yish maqsadida tad-birkor Qodirov bankdan 1000 so’m kredit olgan edi. Qodirovning faoliyatida so-dir bo’lgan voqea - hodisalarni quyidagi ma’lumotlar orqali ifoda etgan edik:

Qodirovning Qodirovning


mavjud mablag’lari mablag’lari manbalari
1. Bino - 3000.m.s 1.O’z mablag’i 3200.m.s
2. Тovarlar - 200.m.s
3. Pul - 1000.m.s 2.Bankdan qarzi 1000.m.s
Jami 4200 m.s Jami 4200.m.s
Bu vaziatni quyidagi tenglik bilan tavsiflash mumkin:


AKТIVLAR  MAJBURIYAТLAR + KAPIТAL

Ana shunday holatda biz Siz bilan Qodirov firmasining dastlabki 2004 yil 1 dekabr holatiga balansini tuzdik. Dekabr oyi davomida Qodirov firmada mavjud tovarlarni 150 ming so’mga sotdi. Demak, u 50 ming co’m zarar ko’rdi. Endi uning balansi qanday ko’rinishda bo’ladi? Avvalo, uning firmasida 3000 ming co’m qiymatga ega bino va 1150 ming co’m (150+1000q1150), jami 4150 ming co’mlik aktivlari mavjud. Qolaversa, firmaning bank oldida 1000 ming co’m qarzi ham bor, u hali to’langani yo’q. Demak, barcha aktivlarning 3150 ming co’mligi (mulk-dorning dastlab qo’ygan mablag’i 3200 ming co’m edi!) firmaga tegishlidir, ya’ni xususiy kapitaldir. Shuning uchun ham kapital tushunchasi ba’zida sof aktivlar tushunchasi bilan barobar ishlatiladi. Umumiy xulosa shuki, kapital quyidagi formula bilan aniqlanadi:




AKТIVLAR - MAJBURIYAТLAR  KAPIТAL

Yuqorida keltirilgan buxgalteriya balansining asosiy elementlaridan tashqari, moliyaviy hisobot elementlariga moliyaviy natijalar to’g’risidagi hiso-botning quyidagi to’rtta elementi ham kiradi:


Daromadlar - bu sub’ektning xo’jalik faoliyati natijasida, odatda, ijara haqi, foizlar, litsenziya to’lovlari va dividendlar shaklida daromad keltiradigan faoliyati, ya’ni tovarlarning sotilishi, xizmatlarning ko’rsatilishi yoki boshqa shaxslarningxo’jalik sub’ektining resurslaridan foydalanishi natijasida ak-tivlarning kelib tushishi yoki majburiyatlarning kamayishi orqali ro’y beradigan iqtisodiy resurslarning ko’payishidir.
Daromadlar tushunchasining mohiyatini yoritishga harakat qilamiz. Daro-madlar kontseptsiyasida quyidagi muhim shartlar mavjud:

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling