Moliyaviy iqtisodiy yangiliklar. Cmm-55-guruh G'iyosova Kamola contents markaziy bank 2023 yilda 8,5–9,5 foiz inflatsiyani prognoz qilyapti «Davos-2023: Bo‘lingan dunyoda hamkorlik»


Download 433.6 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi433.6 Kb.
#1209629
Bog'liq
G\'iyosova Kamola CMM-55


Moliyaviy iqtisodiy yangiliklar.
CMM-55-guruh G'iyosova Kamola
CONTENTS
Markaziy bank 2023 yilda 8,5–9,5 foiz inflatsiyani prognoz qilyapti
«Davos-2023: Bo‘lingan dunyoda hamkorlik». Jahon iqtisodiy forumi qanday o‘tdi?
01
Markaziy bank 2023 yilda 8,5–9,5 foiz inflatsiyani prognoz qilyapti

Markaziy bank 2023 yilda 8,5–9,5 foiz inflatsiyani prognoz qilyapti.

  • Markaziy bank 2023 yilda 8,5–9,5 foiz inflatsiyani prognoz qilyapti.
  • Yilning I choragida YaIMning o‘sishi ma’lum darajada sekinlashishi mumkin. Regulyator 2023 yil yakunida 4,5–5 foiz iqtisodiy o‘sish va 8,5–9,5 foiz yillik inflatsiyani prognoz qilmoqda.
  • Markaziy bank boshqaruvi 26 yanvar kuni yillik asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirish yuzasidan qaror qabul qildi.
  • Makroiqtisodiy rivojlanish prognozlariga ko‘ra, I chorakda YaIM o‘sishining ma’lum darajada sekinlashishi bo‘yicha ehtimol yuqori va 2023 yil yakunida iqtisodiyotning 4,5–5 foizga o‘sishi va yillik inflatsiya 8,5–9,5 foiz doirasida shakllanishi prognoz qilinmoqda.
  • Markaziy bank reliziga ko‘ra, bazaviy inflatsiyaning o‘suvchi dinamikasi va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar darajasi, ikkinchi tomondan, tashqi iqtisodiy sharoitlar va taklif omillaridagi xatarlar pul-kredit siyosati ta’sir doirasini qisqartirishi mumkin.
  • «Markaziy bank pul-kredit sharoitlarining talab, narxlar va inflyatsion kutilmalarga ta’sirini sinchkovlik bilan baholashda davom etadi. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar talab va taklif mutanosibligini ta’minlash hamda inflatsiyaning prognoz koridori doirasida shakllanishiga va 5 foizlik o‘rta muddatli targetiga erishishiga qaratiladi», – deyiladi rasmiy xabarda.
  • Iqtisodiyotda dollarlashuv pasayishda davom etadi
  • O‘tgan yilning ikkinchi yarmidan iqtisodiyotni moliyalashtirish jarayonlarida tarkibiy o‘zgarishlar kuzatilib, banklar ko‘proq ichki resurslardan foydalangan holda faoliyat yuritishga o‘tishi tezlashdi. Bu, o‘z navbatida, mavjud moliyaviy imkoniyatlar samarali mobilizatsiya qilinishi bilan birgalikda iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasi pasayishiga xizmat qildi. Bu jarayon joriy yilda ham davom etishi kutilmoqda.
  • Ma’lumot uchun, 2022 yil yakuni bo‘yicha YaIM o‘sishi Markaziy bankning oktabr oyidagi prognozlariga mos bo‘lib, 5,7 foizni tashkil etdi.

02
«Davos-2023: Bo‘lingan dunyoda hamkorlik». Jahon iqtisodiy forumi qanday o‘tdi?

«Davos-2023: Bo‘lingan dunyoda hamkorlik». Jahon iqtisodiy forumi qanday o‘tdi?

  • «Davos-2023: Bo‘lingan dunyoda hamkorlik». Jahon iqtisodiy forumi qanday o‘tdi?
  • 1971 yildan beri Shveytsariyaning Davos shahrida har yili an’anaviy ravishda Jahon iqtisodiy forumi o‘tkazib kelinadi. Unda dunyo mamlakatlaridan ekspertlar, ishbilarmon doira vakillari, hukumat rahbarlari qatnashib, bugungi kundagi global muammolarga birgalikda yechim topishga urinadi. Maqsad – dunyodagi ahvolni yaxshilash.
  • 16-20 yanvar kunlari forumning 53-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Ukrainadagi urush fonida geosiyosiy vaziyatning nihoyatda keskinlashuvi, iqlim inqirozi, savdo urushi hamda global inqiroz tahdidi kabi masalalar muhokama qilindi.
  • Iqlim o‘zgarishi va yashil energetikaga o‘tish
  • Xalqaro energetika agentligi ijrochi direktori Fotih Birolning ta’kidlashicha, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi energetika xavfsizligini ta’minlash va qayta tiklanadigan energiya manbalariga tezroq o‘tish borasidagi harakatlarni kuchaytirgan.
  • «Ushbu inqiroz toza energiya tarmog‘ining rivojlanishiga katta turtki berdi. Qayta tiklanadigan manbalar ulushi o‘sib bormoqda. Hozirgi kunda global muqobil energiya manbalari o‘sishining eng muhim omili bu energetika xavfsizligidir», dedi u.
  • Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan oldin dunyodagi eng yirik energiya eksportchisi edi. Ammo rus gazining Yevropaga eksporti bosqichma-bosqich cheklangani va G‘arb davlatlari tomonidan joriy qilingan sanksiyalar Yevropa va butun dunyoni yanada ishonchli, mahalliy energiya manbalarini izlashga majbur qildi.
  • «Qayta tiklanadigan manbalar tinchlik energiyasidir. Energiya xavfsizligimizning uzoq muddatli yechimlari qayta tiklanadigan manbalar hisoblanadi», – deya qo‘shimcha qildi Birol.

Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatish

  • Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatish
  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina ittifoqchilarini ikkilanishni bas qilib, tezlik bilan Kiyevga barcha zarur qurollar, jumladan tanklar va havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berishga chaqirdi.
  • Volodimir Zelenskiy
  • Erkin dunyo o‘ylashga ketkazayotgan vaqtni terrorchi davlat odamlarni o‘ldirishga sarflamoqda. Dunyo ortiq ikkilanmasligi kerak – bugun ham, kelajakda ham. Dunyoning safarbarligi bizning umumiy dushmanimizning navbatdagi harbiy safarbarligidan ilgarilab ketishi kerak. Ukrainani havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlash Rossiyaning navbatdagi raketa zarbalaridan tezroq bo‘lishi kerak. G‘arb tanklari yetkazib berilishi Rossiya tanklarining navbatdagi yurishidan oldin ro‘y berishi kerak», – dedi Zelenskiy.
  • Ukraina prezidenti Rossiyada kim bilan muzokara olib borishni tushunmasligini va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tirik ekaniga ishonchi komil emasligini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi.
  • Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainaga cheksiz harbiy yordam va’da qildi. Shu bilan birga, u Kiyevga Leopard 2 tanklarini yetkazib berish masalasini ochiq qoldirgandi. Ammo keyinroq, jangovar tanklarning Ukrainaga topshirilishiga ruxsat berdi.
  • Olaf Shols
  • Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va’da berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar natijasida Rossiya iqtisodiyoti o‘nlab yillar davomida regressiyaga duch keladi va mamlakat sanoati har qanday zamonaviy muhim texnologiyalardan mahrum bo‘ladi

E'tiboringiz uchun rahmat!
Download 433.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling