Moliyaviy kelishuvga asosan mln kredit bo‘yicha


Download 12.75 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi12.75 Kb.
#258337
Bog'liq
Iqtisodiy masala


1.Moliyaviy kelishuvga asosan 1 mln. kredit bo‘yicha
birinchi yil 15 %, ikkinchi yil 16 % va uchinchi yil 17 % foiz stavkasi
belgilangan. 3 yilda oshgan qarz miqdorini aniqlang.
2.Mamlakat iqtisodiyoti quyidagi ko‘rsatkichlar bilan
tavsiflangan:
1) tovarlar eksporti – 19650$ ;
2) tovarlar importi – 21758$ ;
3) chet ellardan olinadigan foiz to‘lovlar – 3621$ ;
4) chet el investorlariga to‘lanadigan foizlar – 1394$ ;
5) mamlakat aholisining turizmga sarf qiladigan xarajatlari – 1919$;
6) turizmdan mamlakat oladigan daromad – 1750$ ;
7) mamlakatning bir yoqlama transfert to‘lovlari – 2388$ ;
8) mamlakatdan kapital chiqishi – 4174 $ ;
9) mamlakatga kapital kelishi – 6612$.
Keltirilgan ma’lumotlar asosida:
a) tovarlarning sof eksportini (tashqi savdo balansi qoldig‘ini) va
tashqi savdoda tovar aylanmasini toping;
b) joriy operatsiyalar bo‘yicha balans qoldig‘ini aniqlang;
v) kapital harakatining balans qoldig‘ini toping;
g) mamlakatning umumiy to‘lov balansi qoldig‘ini toping.

3.Fuqaroning yanvar oyidagi ish haqi 250 000 so‘m bo‘lib,


shu oyda eng kam ish haqi darajasi 28 040 so‘m bo‘lsa, u holda
fuqaroning daromadidan olinadigan soliq miqdori qancha bo‘ladi?
Download 12.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling