Moliyaviy menejment Tayyorladi: Izzatbek Allaberdiyev

Uning aktivi va passivida ham balans moddalari ikkiga bo’lib ko’rsatiladi. Aktivda: I bo’lim. Uzoq muddatli aktivlar va II bo’lim. Joriy aktivlar

Download 399.21 Kb.
bet4/7
Sana28.12.2022
Hajmi399.21 Kb.
#1023284
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
buxgalteriya balansi

Uning aktivi va passivida ham balans moddalari ikkiga bo’lib ko’rsatiladi. Aktivda: I bo’lim. Uzoq muddatli aktivlar va II bo’lim. Joriy aktivlar.

Passivda: I bo’lim. O’z mablag’larining manbalari va II bo’lim. Majburiyatlarga bo’linadi.

Balans ko’rsatkichlaridan quyidagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlab olish mumkin. Aktivlar aylanma va uzoq muddatli kapitallari yig’indisiga teng. Хo’jalik yurituvchi subyektning o’z mablag’lari aktivlaridan majburiyatlarini ayirganiga teng.

  • Aktiv va passivning xar bir elementi mablag’lar turi yoki ularning manbai balans moddasi deb ataladi. Aktivda, masalan, quyidagi moddalar keltiriladi: «Asosiy vositalar», «Тugallanmagan ishlab chiqarish», «Тayyor mahsulot», «Hisob-kitob schyoti» va boshqalar; passivda «Ustav kapitali (fondi)», «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi, «Bank kreditlari», «Mol yetkazib beruvchilardan qarzlar» va boshqa moddalar.

Buxgalteriya balansining xususiyati aktiv va passivlar pullik yakunlarining tengligidan iborat. Bu talab har qanday korxona balansi uchun majburiydir. Bu talab aktivda ham, passivda ham mablag’larning bir xil hajmda, faqat har xil guruhlanishda ko’rsatiladi, ya’ni aktivda – turlari bo’yicha, passivda – manbalari bo’yicha. Balansning nomi ham shunga asoslangan, chunki «balans» so’zi tenglik, barobarlikni anglatadi. Shuning uchun ham balans aktivi va passivi «balans» so’zi bilan belgilanadi.

  • Balans korxonaning xo’jalik mablag’larini ma’lum bir sanaga tavsiflab, uning o’tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini ko’rsatadi. Shunday qilib, balans korxona mablag’larining turlari va ularning manbalari haqidagi muhim axborotga ega bo’lgan xo’jalik yuritish subyektlari ishining yakunlari to’g’risidagi hisobotdir.

Download 399.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling