Moliyaviy menejment
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar
Download 404.61 Kb. Pdf ko'rish
|
pul mablaglari va valyuta operatsiyalari (1)
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar
Korxonalarda pul mablag‘larining buxgalteriya hisobi kassa operatsiyalari hisobi va naqdsiz pul mablag‘lari hisobidan iborat bo‘lib, bankdan anqd pullarni 41 olish va tushgan naqd pullarni bankka topshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha operatsiyalarning buxgalteriya o‘tkazmalarini rasmiylashtirishdan iborat Kassa operatsiyalari buxgalteriya hisobida quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi: 5010 – “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”, 5020 – “Xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari”. Tahlil natijalari ko‘rsatdiki, kassadagi naqd pullar “GISHT - SIFAT” xususiy korxonasi pul mablag‘larining hajmida juda kichik salmoqni egallagani holda, korxonaning milliy valyuta va xorijiy valyutadagi joriy hisobraqamlaridagi pul mablag‘larini pul mablag‘lariinng umumiy hajmida yuqori salmoqni egallashi kuzatildi. Mazkur holat Korxonaning hisob-kitoblarini naqd pulsiz amalga oshirilayotganligi bilan izohlanadi. To‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha pul o‘tkazib berilganida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari rasmiylashtiriladi: D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» D-t 6520-«Davlat maksadli fondlariga to‘lovlar» D-t 6990-«Boshqa majburiyatlar» K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti». Korxonalarning hisob-kitob schyotidagi O‘zbekistan Respublikasi milliy valyutasidagi pul mablag‘larining miqdori va harakatini hisobga olish uchun 5110 – “Hisob-kitob schyoti” hisobvaragidan foydalaniladi. Korxonalarda pul mablag‘larini bilan to‘lovlarni akkreditiv bilan amalga oshirishda 5510 – “Akkreditivlar» hisobaragi debetida hamda 5110 – “Hisob- kitob schyoti”, 5210 – “Valyuta schyoti”, 6810 – “Qisqa muddatli kreditlar” hisobvaraqlarining kredit qismida aks ettiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida joylashgan bankdagi xorijiy valyuta schyotlaridagi pul mablag‘larining harakati va holati to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumot 5210 – “Mamlakat ichidagi xorijiy valyuta hisobvaraqlari” va 5220 – “Xorijdagi valyuta hisobvaraqlari”da aks etadi. 42 Xorijiy valyutani sotish va sotib olishda sodir bo‘ladigan kursdagi farq ijobiy bo‘lsa 9540 – “Kurs farqlaridan olingan daromadlar” hisobvarag‘ida, salbiy bo‘lsa – 9620 – “Kurs farqlaridan zararlar” hisobvarag‘ida hisobga olinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling