Moliyaviy menejment
Download 404.61 Kb. Pdf ko'rish
|
pul mablaglari va valyuta operatsiyalari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning ob’ekti
- Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot predmeti bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning pul
mablag‘larini shakllantirish va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar hisoblanadi. 1 Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 30-б. 8 Tadqiqotning ob’ekti O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan alohida olingan kichik biznes sub’ektlarining to‘lov va valyuta operatsiyalari amaliyotlaridir. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari mavzusini o‘rganishda bir nechta metodlarni qo‘llash metodikasini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish hisoblanadi. Tadqiqot vazifalari: – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining nazariy asoslarini o‘rganish; – pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalarining me’yoriy-huquqiy asoslarini tahlil qilish; – pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining amaldagi holatini tahlil qilish va mavjud tendensiyalarni aniqlash; – “pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi” mavzusini o‘rganishda bir nechta metodlarni qo‘llash metodikasini takomillashtirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish. Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati. Mavzuning nazariy ahamiyati shundaki, mavzu doirasida shakllantirilgan xulosalar iqtisod yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida korporativ moliyaga oid fanlarni o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin. Mavzuning amaliy ahamiyati mavzu doirasida ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalardan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida, pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanishning mumkinligi bilan belgilanadi. Download 404.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling