Moliyaviy menejmentni tashkil etish mexanizmi va korxonalarda tashkiliy xususiyatlari


Biznesning tashqi iqtisodiy muhiti


Download 231.97 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi231.97 Kb.
#1589992
1   2
Bog'liq
3-mavzu ma\'ruza

3. Biznesning tashqi iqtisodiy muhiti
Korxonalar faoliyati va ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini boshqarishga tashqi iqtisodiy muhit bevosita oʻz ta’sirini koʻrsatadi.
Keng ma’noda tashqi muhit tushunchasi u yoki bu korxona faoliyat yuritishi uchun iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, texnologik va boshqa sharoitlar majmuasini anglatadi.
Tashqi muhit holatiga juda murakkab va turfa xil omillar toʻplami ta’sir koʻrsatadi. Shundan kelib chiqqan holda bu omillar eng muhim jihatlari xususida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.
Tashqi muhit korxonalar faoliyatiga ta’sir etish tavsifi va davriyligi nuqtai nazaridan bir xil boʻlmagan va tabaqalashgan ta’sir kuchiga ega. Tashqi muhitning tuzilishi yoritishga qaratilgan turli xil yondashuvlar mavjud. Ulardan ayrimlarida tashqi muhitga makro va mikromuhitdan iborat ikki darajali tizim sifatida qaraladi. Bunda makromuhit bilvosita, mikromuhit esa belvosita ta’sir etuvchi muhit sifatida e’tirof etiladi.
Makro darajadagi tashqi muhit korxona faoliyatining umumiy shart-sharoitlarini belgilab beradi. Oʻxshatish uchun erdagi atmosfera odamlarga turli xil ta’sir etgani kabi, makro darajadagi muhit ham korxonalarga ham ularning barqarorlik darajasiga qarab turlicha ta’sir koʻrsatadi.
Makro darajadagi muhit korxonalarga munosabati boʻyicha quyidagilarda namoyon boʻladi:
- faoliyatni kengaytirish yoki cheklashning shartlari va sabablari sifatida;
- oʻzgarishlarning zarurligini asoslab beruvchi shart-sharoitlar sifatida.
Korxonalar faoliyatiga ta’siri boʻyicha makromuhit omillari tarkibini koʻrib chiqamiz.
Iqtisodiy omillar milliy va jahon iqtisodiyoti rivojlanish darajasi, bozor institutlari, aholining moddiy farovonligi, ishsizlik darajasi, soliqqa tortish, inflyatsiya, mehnat unumdorligi, resurslarga imkoniyatlar, davlat iqtisodiy siyosati va boshqalarni belgilab beradi.
Oʻzbekistonda tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir koʻrsatishning muhim richagi davlat makroiqtisodiy siyosati hisoblanadi. uning yordamida ishlab chiqarish sur’atlari oʻsishiga, ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuviga, koʻplab ijtimoiy muammolarning hal qilinishiga oʻz ta’sirini koʻrsatadi.
Davlat turli xil richaglar yordamida tadbirkorlik obyektlarining ish faolligi darajasiga ta’sir koʻrsatishi mumkin. Bunday richaglar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- pul-kredit va moliyaviy siyosat (pul massasini tartibga solish, korxonalarga turli xil moliyaviy va soliq imtiyozlari taqdim etish, investitsion qoʻyilmalarda ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash, takror ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beruvchi ajratmalar me’yorini oʻrnatish, asosiy vositlarning ma’naviy va jismoniy eskirishini hisobga olgan holda ularning yangilanish darajasiga ta’sir koʻrsatish);
- ilmiy-texnik siyosat;
- ijtimoiy siyosat;
- xorijiy kapitalni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar.
Davlat makroiqtisodiy siyosati koʻp jihatdan har qanday korxona rivojlanishi uchun muhim elementlar hisoblangan tovar va moliyaviy bozorlar holati va rivojlanish darajasini belgilab beradi (4-rasm).

4-rasm. Korxonalarning tashqi iqtisodiy muhiti

Siyosiy omillar qatoriga mamlakatdagi iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish shakllari va metodlari; alohida tarmoq va faoliyat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash siyosati; yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha davlat siyosati; xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va himoyalash boʻyicha siyosat; korxonalar bankrotligi va moliyaviy sogʻlomlashtirish jarayonlarini tartibga solishning huquqiy jihatlari; korxonalar faoliyatiga davlatning aralashuvi kabilarni kiritish mumkin.


Huquqiy omillar hamkorlik munosabatlari qoidalari, korxonalarning kontragentlar bilan munosabatlari, faoliyatning alohida turlariga nisbatan davlat va jamiyat tomonidan cheklovlar belgilanishi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish holati, tadbirkorlik obyektlarini ta’sis etish va tugatish tartibi kabilarni belgilab beradi.
Ijtimoiy omillar aholining soni va tuzilmaviy tarkibi, ma’lumot darajasi, turmush tarzi, odatlari, an’analari, mehnat etikasi, qadriyatlarning murakkab tizimi va boshqalar bilan tavsiflanadi.
Texnologik omillar ishlab chiqarish, materiallar, mahsulotlar va boshqa sohalarda ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonlarida aks etadi. Bunday jarayonlar odatda korxonalar ichida oʻtadi. Texnologik omillar yangi tarmoqlar, bozorlar va mahsulotlar, tovarlarni iste’molchilarga yetkazib berish metodlari, faoliyat yuritayotgan tarmoqlarda, hattoki biznes yuritish usullarida jiddiy oʻzgarishlar paydo boʻlishining harakatga keltiruvchi kuchi hisoblanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi korxonalar oldida nafaqat keng rivojlanish istibollarini ochadi, balki yangi mahsulotlar yaratish siklini qisqartiradi, tabaqalanish jarayonini kuchaytiradi, yangi raqobatchilar paydo boʻladi.
Mikromuhitga yoki bevosita ta’sir etuvchi muhitga korxona faoliyatiga bevosita ta’sir koʻrsatuvchi tashqi muhitning bir qismi kiritiladi. Uning asosiy elementlari sifatida iste’molchilar, raqobatchilar, mol yetkazib beruvchilar, mos mahsulot va xizmatlar bozori kabilar kiritiladi.
Tashqi muhitdagi holatni belgilab beruvchi muhim omillar qatoriga quyidagilar kiradi:
- iqtisodiy oʻsish;
- inflyatsiya va foiz stavkalari;
- valyuta ayirboshlash kurslari;
- bozor institutlarining rivojlanish darajasi va boshqalar.
Bu barcha omillar oʻzaro chambarchas bogʻlangan, ularning oʻzgarishi esa sikllilik xarakteriga ega. Iqtisodiy oʻsish bozor sigʻimiga ta’sir koʻrsatadi va bu holat alohida tarmoqlar doirasida faoliyat koʻrsatuvchi korxonalar uchun imkoniyat hisoblanadi. Agar bozor toraysa, odatda raqobat kuchayadi va korxonalar oʻz daromadlarini saqlash uchun kurashadilar.
Inflyatsiya va foiz stavkalari kapitalni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarga ta’sir koʻrsatadi, ularning bozor qiymati pasayadi va narxlarni oshirish yoʻli bilan yangi xarajatlarni iste’molchilar zimmasiga oʻtkazishga majbur qiladi.
Valyuta kurslarining oʻzgarishi eksportyor va importyor korxonalarga, shuningdek moliyaviy risklar darajasiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Valyuta kurslarining salbiy tomonga oʻzgarishi ichki bozorda faoliyat koʻrsatuvchi korxonalarga nisbatan faoliyati tashqi savdo bilan bevosita bogʻliq korxonalar oʻrtasidagi raqobat kurashini yanada jiddiy ravishda oshiradi.
Korxonalar pul mablagʻlarini jalb qilish va taqsimlash jarayonida tashqi muhitning turli elementlari bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Bunday munosabatlarning mohiyati va yuzaga kelishi natijasidagi pul oqimlari harakati quyidagi modelda sxema tarzida korxonaning moliyaviy modeli koʻrinishida aks ettirilgan (5-rasm).

5-rasm. Korxonaning moliyaviy modeli

Moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish uchun naqd pul mablagʻlari talab etiladi, pul mablagʻlarini shakllantirish va jalb qilish uchun korxona investorlar bilan maxsus moliyaviy bitimlarni tuzish orqali iqtisodiy munosabatlarga kirishadi. Odatda moliviy bitimlar investorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri (masalan, ta’sischilar badallari hisobiga ustav kapitalini shakllantirish, bank kreditlari olish, aksiya yoki obligatsiyalarni birlamchi joylashtirish) yoki bilvosita, ya’ni maxsus moliyaviy institutlar yordamida tuziladi. Mohiyatiga koʻra maxsus moliyaviy institutlar moliyaviy vositachilik funksiyalarini bajaradilar va kapitalni investorlardan sotib oluvchilar (kompaniyalar)ga yoʻnaltiradilar.


Toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtirish odatda yirik institutsional investorlar tor doirasi tomonidan bevosita ta’sir koʻrsatilishini taqozo etadi va cheklangan xarakterga ega hisoblanadi. Shuning uchun ham pul mablagʻlarini jalb qilish koʻpincha bilvosita yoʻl bilan – turli xil moliyaviy institutlar orqali amalga oshiriladi.
Amalda vositachilik funksiyalarini bajaruvchi moliyaviy institutlar ham kapital yetkazib beruvchilar sifatida, ham kapitalni sotib oluvchilar sifatida foydali tuzilmalar hisoblanadi.
Moliyaviy vositachilar investorlarni qidirib topish muammosini soddalashtiradi, qulay shartlar asosida pul mablagʻlarini jalb etish etish imkonini beradi. Moliyaviy institutlar oʻrtasidagi keskin raqobat boshqa shart-sharoitlar teng boʻlgan holatda pul mablagʻlaridan foydalanish uchun toʻlanadigan toʻlovlarni kamaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, koʻplab manbalardan mablagʻlarning jamlanishi va ularni turli xil xoʻjalik obyektlariga taqdim etilishi moliyaviy vositachilarning bunday operatsiyalar boʻyicha risklarni pasaytirishini, shuningdek moliyaviy resurslar bahosining arzonlauviga oli kelishini ta’kidlash lozim.
Moliyaviy institutlarning faoliyati natijasida nafaqat pul mablagʻlarining bir qoʻldan boshqa qoʻlga oʻtishi, shu bilan birgalikda ulardan foydalanish muddatining oʻzgarishi ham yuz beradi. Barcha investorlar oʻz pul mablagʻlarini bir vaqtda talab qilmasligidan kelib chiqqan holda moliyaviy vositachilar pul mablagʻlari tushumini vaqt boʻyicha taqsimlashlari ham investor, ham korxonalar uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, faqat moliyaviy institutlargina koʻplab investorlardan koʻp miqdordagi mablagʻlarni oʻzlarida jamlash hisobiga korxonalarning katta miqdordagi moliyaviy talablarini qanoatlantirishga qodir boʻladilar.
Xalqaro valyuta fondining tasnifiga koʻra moliyaviy institutlar quyidagi tiplarga boʻlinadi:
- markaziy bank;
- bank institutlari, ularga tijorat banklari, investitsion banklar va jamgʻarma banklari kiradi;
- ixtisoslashgan moliyaviy institutlar, ya’ni tiklanish va tarraqqiyot banklari, sanoat banklari, shuningdek ipoteka banklari;
- nobank moliya institutlari (sugʻurta kompaniyalari, pay va pensiya fondlari, ijtimoiy sugʻurta boʻyicha fondlar);
- kvazibank institutlari (moliyaviy va investitsion kompaniyalar, kredit uyushmalari, jamgʻarma assotsiatsiyalari va boshqa bank qonunchiligi asosida tartibga solinmaydigan faoliyat bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar).
Markaziy banklardan tashqari moliyaviy institutlarning yuqorida sanab oʻtilgan bircha tiplari institutsional investorlar hisoblanadi va ular xoʻjalik obyektlarini moliyalashtirishda toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita qatnashishlari mumkin.
Investorlardan olingan mablagʻlar turli xil moddiy, mehnat, informatsion, intellektual faoliyat mahsulotlari va boshqa resurslarga sarflanadi. Bu resurslardan foydalanish natijasida tegishli bozorlar orqali iste’molchilarga sotiladigan tovarlar yaratiladi. Mahsulot va xizmatlarni sotishdan kelib tushgan pul mablagʻlari amalga oshirilgan xarajatlar qoplangandan soʻng korxona oldida moliyaviy talabga ega boʻlgan kreditorlar, davlat va mulkdorlarga taqsimlanadi. Oʻz navbatida erishilgan natijaning bir qismi biznesni yanada rivojlantirishga yoʻnaltiriladi, ya’ni reinvestitsiya qilinadi.
Moliyaviy menejer bunday munosabatlarda muhim rol oʻynaydi. Oʻz faoliyat xususiyatidan kelib chiqqan holda korxona va turli xil investorlar, moliyaviy institutlar, bozorning boshqa ishtirokchilari oʻrtasida “vositachilik” qiladi.
Korxonalar faoliyatining toboro globallashuvi sharoitida jahon iqtisodiyotidagi oʻzgarishlar har bir oʻzgarish ular faoliyatiga oʻz ta’sirini koʻrsatmoqda. Korxonalar faoliyatining tashqi muhiti uzluksiz ravishda kengayib ham murakkablashib bormoqda.
Tashqi muhitning koʻrib chiqilgan elementlari, ularning belgilab beruvchi omillari alohida korxona moliyaviy menejeri nazorat doirasida emas. Lekin shunday holatda ham u tashqi muhitdagi oʻzgarishlarning oʻz korxonasiga ta’sirini toʻgʻri baholay olishi lozim. Tashqi muhitdagi oʻzgarishlarga ongli tarzda samarali javob qaytara olish bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshlikni saqlab qolishning muhim omili hisoblanadi.

Xorijiy kompaniyalar amaliyotida moliyaviy menejmentni tashkil etishning asosiy xususiyatlari


Korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil etilishi yoki kompaniya moliyaviy boshqaruvining tashkiliy tuzilishiga e’tibor bersak, AQSh yoki Evropa mamlakatlarida faoliyat yurituvchi aksariyat kompaniyalarda moliyaviy boshqaruvning tashkiliy tuzilishi ularning faoliyat turlaridan kelib chiqqan holda boʻlim va boʻlinmalarga ajratilib, ularning aniq vazifa va majburiyatlari belgilab olinadi. Yirik va oʻrta korxonalarda odatda moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish uchun bosh ijrochi direktor (Chief executive officer - CEO) va moliyaviy masalalar boʻyicha vitse-prezidentyoki moliyaviy menejer (Chief Financial Officer - CFO) tayinlanadi hamda tegishli boʻlim va boʻlinmalar bevosita ularga boʻysunadi. Yirik kompaniyalarda moliyaviy faoliyat ikkita asosiy yoʻnalishga ajratilib, ularning birinchisini gʻaznachi (moliyaviy boshqarma boshligʻi - treasures), ikkinchisini esa bosh buxgalter (controller)boshqaradi hamda ular bevosita moliyaviy menejerga boʻysinuvchi boʻlinmalar hisoblanadi (6-rasm).
Rasm ma’lumotlaridan koʻrinadiki, yirik korxonalarda gʻaznachi va bosh buxgalterning ham alohida vazifalari va majburiyatlari belgilangan boʻlib, ular bevosita oʻz faoliyat yoʻnalishlari, vakolatlari doirasida yuqori boʻlinmalarga boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ma’lumotlarni tayyorlaydi va taqdim etadilar. Zamonaviy boshqaruv sharoitida bosh moliyaviy menejer boshqaruvning yoki direktorlar kengashining a’zosi xisoblanib, boshqaruv ierarxiya4sidamuhim oʻringa ega. Bosh ijrochi direktor bilan birga moliyaviy menejer aksionerlar oldida teng javobgarlik va mas’uliyatni oʻz zimmasiga oladi hamda biznesning egalari va investorlarga moliyaviy natijalar boʻyicha hisobotlarni taqdim etadi. Oʻz navbatida moliyaviy masalalar boʻyi vitse-prezidentning nomzodini alohida tartibda direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu holat, uning bosh ijrochi direktordan mustaqilligini anglatib, oʻzining xatti-xarakatlari va amalga oshiradigan ishlari boʻyicha aksionerlar oldida hisobot berishini izohlaydi.

6-rasm. Xorijiy kompaniyalarda moliyaviy menejmentning tashkiliy tuzilishi5
Shuni ham ta’kidlab oʻtish kerakki, moliyaviy menejment tizimi korxonalar umumiy boshqaruv tizimining asosiy boʻgʻini hisoblanadi. Korxonalarni boshqarishning aksariyat umumiy tamoyillari moliyaviy menejment tizimiga toʻgʻri keladi, bunda asosan boshqaruvning quyidagi ikki muhim jihatlarini inobatga olish zarur: ierarxik va funktsional. Halqaro va milliy amaliyotda korxonalar boshqaruv tizimini tashkil qilishning eng koʻp ommalashgan usullaridan biri ham boshqaruvning ierarxik va funktsional holatda amalga oshirilishi hisoblanadi.Korxonalarda boshqaruv markazlarini ierarxik holatda tashkil qilinishi, ularda boshqaruv tizimini turli pogʻonalarga ajratishni nazarda tutadi. Hozirgi kunda korxonalarda boshqaruv tizimi ikki yoki uch pogʻonali tizimga ajratilmoqda, bunda asosan birinchi pogʻonada korxonalarni butun boshqaruv faoliyatining apparati, keyingi pogʻonalarda esa uning alohida tarkibiy birliklarida boshqaruv tizimi tashkil qilinadi.
Korxonalarda moliyaviy menejmentni samarali tashkil etishdaga yana bir jihat, uning maqsadlariga nimalar kiradi degan savolga oydinlik kiritish xisoblanadi. Moliyaviy menejmentning maqsadi, xoʻjalik obyektining maqsadlari va iqtisodiy strategiyalaridan kelib chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, moliyaviy menejmentning maqsadi korxonaning maqsadlari bilan uygʻunlashgan holda boʻlishi mumkin. Korxonaning uzoq muddatga belgilangan strategik maqsadlarini amalga oshirish va ularning xoʻjalik-moliyaviy faoliyatini rivojlantirish, bankrotlikni va yirik moliyaviy yoʻqotishlarni oldini olish, keskin raqobat muhitida bozorda oʻz oʻrniga va raqobatchilar orasida ma’lum ustunlikka ega boʻlish, xarajatlarni optimallashtirish, ishlab chiqarish va sotish xajmini unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni inobatga olgan holda bosqichma-bosqich oshirib borish hisobiga foydani maksimallashtirish va pirovardida korxonaning ta’sischilari, manfaatdor shaxslar va mulkdorlar foydasinioshirish, moliyaviy menejmentning asosiy maqsadlarini ifodalaydi.
Xulosa qilib aytganda, foydani maksimallashtirib borish orqali mulkdorlar moddiy farovonligini va bevosita korxona bozor qiymatini oshirib borish moliyaviy menejmentning asosiy maqsadi hisoblanadi. Asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda moliyaviy menejment oldiga operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat boʻyicha samarali qarorlar qabul qilish bilan bogʻliq vazifalar qoʻyiladi.
Xususiy va oilaviy korxonalarda, shuningdek kichik biznes korxonalarida moliyaviy boshqaruv bevosita uning egasi tomonidan amalga oshiriladi. Katta boʻlmagan korxonalarda moliyaviy boshqaruv funksiyalari buxgalteriya yoki uning tarkibiy boʻlinmasi hisoblangan moliya yo reja-moliya boʻlimiga yuklatiladi. Natijada moliyaviy faoliyatni umumiy boshqarish bosh hisobchi tomonidan amalga oshiriladi va u bir vaqtning oʻzida moliyaviy direktor hisoblanadi. Faoliyat koʻlamini kengaytirib borish chora-tadbirlari natijasida ixtisoslashgan boʻlinmalar soni oʻsishi va ularning funksiyalari kengayib borishi sababli moliyaviy boshqaruv tashkiliy tuzilmasi murakkablashib boradi. Natijada moliyaviy direktor yoki moliyaviy masalalar boʻyicha menejerlar faolyati tashkil etiladi



1 James C. Van Horne, John M. Wachowicz. Fundamentals of financial management . – 13th ed. – Pearson Education, 2009. – P. 9 (719)

2 Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yoʻl ochib berish – ustuvor vazifamizdir. http://uza.uz/oz/politics/-tub-tarkibiy-zgarishlarni-amalg-17-01-2015

3 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. http://www.lex.uz/

4иерархия (инг. hierarchy) – корхона бошқарувининг ташкилий тузилишини қуйи бўғиндан то юқори бўлинмаларга поғонома-поғона бўйсунишини англатади, бошқача айтганда қуйи мансабдорларнинг юқори мансабдорларга босқичма-босқич бўйсуниши.

5E.F.Brigham, J.F.Houston. Fundamentals of financial management. Tenth Edition. y 2009, p 15.

Download 231.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling