Moliyaviy oqimlar. Moliyaviy tizim va moliyaviy infratuzilma: ta’rifi, mazmun-mohiyati va funksiyalari


Download 62.42 Kb.
Sana29.10.2020
Hajmi62.42 Kb.
#137924
Bog'liq
2-mavzu boyicha qisqacha maruza (1)


2-MAVZU: MOLIYAVIY TIZIM VA MOLIYAVIY INFRATUZILMA. MOLIYAVIY OQIMLAR.

1. Moliyaviy tizim va moliyaviy infratuzilma: ta’rifi, mazmun-mohiyati va funksiyalari

Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim (financial system) deyiladi. Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vosita-chilar va firmalar hamda uy xo‘jaliklari, xususiy kompaniyalar va hukumat tashkilotlari o‘zlari tomonidan qabul qilinayotgan moliyaviy qarorlarni ular yordamida amalga oshiradigan boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ushbuni chizmali tarzda quyidagicha tasavvur qilish mumkin (1-rasm).





1-rasm. Moliyaviy tizimning na’munaviy ko’rishini
Moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishidan iborat moliyaviy tizim bosh funksiyasi tahliliga asosan, tahlilning ko‘proq umumiy dara-jasida bu tizimning quyidagi oltita bazaviy (tub) yoki muhim funksiyalari to‘g‘risida gapirish mumkin (2-rasm).



2-rasm. Moliyaviy tizim funksiyalari

Ularni yanada aniqroq tarzda quyidagicha ifodalasa bo‘ladi:

iqtisodiy resurslarning vaqt (davr) bo‘ylab (bo‘yicha), davlat chega-rasi orqali va iqtisodiyotning bir tarmog‘idan boshqasiga o‘tish (joyini o‘zgartirish) usulini ta’minlash;

riskni boshqarish (riskiy boshqaruv usullarini ta’minlash;

• savdoga imkon yaratadigan hisob-kitobni amalga oshirish va kliring usullarini ta’minlash;

moliyaviy resurslarni birlashtirish va turli korxonalarda egalik-ning bo‘linishi mexanizmini ta’minlash;

• iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qaror qabul qilishning markaz-lashtirilmagan jarayonini muvofiqlashtirish imkonini beradigan narx-navo (baho) axboroti bilan ta’minlash;

stimullashtirish muammolarini hal qilish usullarini ta’min-lash.

Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy subyektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’-ektlarga oqib o‘tishiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarsiz moliyaviy tizimni tasavvur etib bo‘lmaydi. Ularsiz moliyaviy tizim “bo‘sh”ligicha qolaveradi. Moliyaviy oqimlar bo‘lmasa, moliyaviy tizimga ham hojat yo‘q. Bunday vaziyatda u “bir tiyinga qimmat” narsaga aylanadi-qoladi. Shu bois, 3-rasmda (navbatdagi betga qarang) moliyaviy tizimning asosiy ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa (oqim)lar ko‘rsatilgan. Ular moliyaviy oqimlar harakatini, eng umumiy tarzda, aks ettiradi. Unga ko‘ra moliyaviy mablag‘lar moliyaviy tizim tuzilmalarining turli elementlari orqali moliyaviy mablag‘lari ortiq bo‘lgan kompaniyalardan (chizmada chap tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak) mablag‘ defitsiti kuzatilayotgan kompaniyalarga oqib o‘tadi (chizmada o‘ng tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak). Masalan, a’zolari o‘z joriy daromadlarining bir qismini undan kelajakda pensiya ta’minoti sifatida foydalanish maqsadida to‘plagan (jamg‘argan) bir oila erkin moliyaviy mablag‘larga egalik qiladi. Yangi uy sotib olmoqchi bo‘lgan boshqa oila esa, shunday mablag‘ga muhtojlik (ehtiyoj) sezadi.

Investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliya-viy resurslarda ehtiyojlaridan daromadlari ko‘proq firmalarni ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan sub’ektlar deb ataydilar; kelgusidagi sarmoyalar uchun resursi yetishmaydigan firmalar resurslari defitsit bo‘lgan sub’ektlar deb ataladi.





3-rasm. Moliyaviy oqimlar

4.Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari

Yakka mulk hisoblangan korxonalarda va hatto ko‘pgina shirkatlarda ham korxona egasi bir vaqtning o‘zida menejer1 vazifasini ham bajaradi. Ammo, boshqa firmalarda, ayniqsa yirik firmalarda mulk egalari biznesni o‘zlari boshqarmaydilar. Ular bu vazifa (majburiyat)ni professionallarga (maxsus kasb egalariga) topshiradilar. Ko‘p hollarda bu professionallar (maxsus kasb egalari) mazkur kompaniyaning aksiyadori ham bo‘lmaydilar. Nimaga mulk egalari kompaniyani boshqarishni menejment bo‘yicha muta-xassislarga topshirishlariga, hech bo‘lmaganda, beshta sabab bor (3.2-rasm).



Birinchidan, o‘z kasbini puxta egalla (biladi)gan professional mene-jerlarni topish unchalik murakkab ish emas. Shu bilan birga, ular firmani boshqarish uchun korxona egalariga qaraganda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan (ko‘pincha shunday bo‘ladi ham), ko‘proq tajribaga ega bo‘lishi va, shunchaki, yaxshi insoniy fazilatlar sohibi bo‘lishlari ham mumkin. Kompaniyani o‘zi boshqaradigan mulk egasi nafaqat biznesni yuritish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarga, balki boshqaruvchi iqtidoriga ham ega bo‘lishi kerak. Kompaniya mulkiga egalik huquqini uni boshqarishdan ayirganda esa tabiatda kam uchraydigan bunaqangi mushtaraklik talab etilmaydi.

Ko‘ngilochar biznes misolida shunday vaziyatni o‘rganib chiqamiz. Masalan, kinostudiya yoki televideniye tarmog‘ini boshqarish borasida yuqori malakaga ega kishilar bu sohada o‘z biznesini tashkil etish uchun moliyaviy resurslarga va aksincha, buning uchun yetarlicha mablag‘ga ega badavlat kishi esa bu kabi tashkilotni boshqarish uchun zarur qobiliyatga ega bo‘lmasliklari mumkin. Shunday qilib, bunday vaziyatda eng maqbul yo‘l shuki, malakali mutaxassislar filmlar yaratib, ularga prodyuserlik qiladilar va sota-dilar, badavlat kishilar esa bu biznesni zarur miqdorda kapital bilan ta’minlaydilar.





4-rasm. Mulk egalari kompaniya boshqarishni menejment bo‘yicha mutaxassislarga topshirishining sabablari
Ikkinchidan, biznesda samaradorlikka erishish yoki foyda ko‘rish uchun, ko‘pincha, bir necha uy xo‘jaliklarining resurslarini birlashtirish kerak bo‘ladi. Masalan, kam budjetli bo‘lsa-da, bitta film yaratishga millionlab mablag‘ sarflanadi, to‘liq metrajli film esa bir necha o‘n va hatto yuzlab million so‘mga tushadi. Bunday vaziyatda ishlab chiqarishning iqtisodiy samarali ko‘lami (masshtabi)ni ta’minlash maqsadida bir necha mulk-dorlarni birlashtiradigan tuzilma talab etiladi va qizig‘i shundaki, ularning ko‘pchiligi bunday biznesni boshqarishda bevosita ishtirok etmaydi.

Uchinchidan, iqtisodiy jarayonlarga xos bo‘lgan mavhum (noaniq)lik sharoitida investor2lar mablag‘larni turli firmalarga tikish (joylash-tirish) orqali riskni taqsimlashga intiladilar. Mablag‘larni optimal diversifikatsiya qilish uchun investor portfelida turli qimmatli qog‘ozlar oz-oz miqdorda bo‘lishi kerak. Kompaniya mulkiga egalik huquqini uni boshqarishdan ajratmasdan turib, bunday taqsimotni amalga oshirish-ning iloji yo‘q.

Faraz qilaylik, investor ko‘ngil ochish sohasidagi ma’lum firmalar bir necha yil davomida daromad keltirishi mumkin degan xulosaga keldi va ularning aksiyalariga diversifikatsiyalangan kapital kiritishga ahd qildi. Agar, shu bilan birga, u aksiyalarini sotib olgan kompaniyalarni o‘zi boshqa-rishga ham qaror qiladigan bo‘lsa, u o‘z mablag‘larini ko‘plab kompaniyalar o‘rtasida taqsimlay olmaydi. Shunday qilib, aytish mumkinki, biznesni korporatsiya shaklida tashkil etish mulkdor investor o‘z mablag‘larini diversifikatsiya qilishi uchun ko‘proq mos keladi, chunki korporatsiya turli firmalar kapitalida nisbatan katta bo‘lmagan ulushga egalik qilish imkonini beradi.



To‘rtinchidan, mulkka egalik huquqini boshqarishdan ajratish axborot olishga ketadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi. Odatda, menejer-lar firmaning ishlab chiqarish texnologiyalari, ishlab chiqarish resurslari bahosi (qiymati) va mahsulotga bo‘lgan talab to‘g‘risida juda aniq va atroflicha ma’lumot to‘play oladilar. Kompaniya egalariga esa ishlab chiqarish texnologiyalari, firma faoliyatining samaradorlik darajasi va uning mahsulotiga talabning qandayligi to‘g‘risida umumiy yoki yuzaki tasavvurga ega bo‘lishning o‘zi kifoya.

Ko‘ngil ochish industriya3si bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir misolni ko‘rib chiqamiz. Kinofilmlar ishlab chiqarish va ularning prokat4i bilan shug‘ullanish uchun juda keng ma’lumot to‘plash kerak bo‘ladi. Avvalo, yangi filmda ishtirok etishga yollanishi mumkin bo‘lgan taniqli aktyorlar va rejissyorlar to‘g‘risida ma’lumotni ortiqcha sarf-xarajatlarsiz qo‘lga kiritish mumkin. Ammo kinofilm ishlab chiqarish va uning prokatiga zarur boshqa resurslar to‘g‘risida so‘z boradigan bo‘lsa, buning uchun ko‘plab mablag‘ talab etilishi, tabiiy. Aktyorlar tanlash bo‘yicha mutaxassislar bilan aloqa o‘rnatish juda qimmatbaho jarayon va bu vazifani shu kasbga ixtisoslashgan professional ma’murlar hammadan a’lo darajada baja-radilar.



Beshinchidan, ta’lim olish (o‘qish) egri chizig‘i effekt5i (samarasi), yoki faoliyat yuritib turgan tashkilot effekti (samarasi) degan narsa mavjud va u quyidagilarda namoyon bo‘ladi: agar kompaniya egasi bir vaqtning o‘zida firma menejeri bo‘lsa, kompaniyaning yangi egasi yangi biznesni muvaffaqiyatli boshqarish uchun undan ish yuritishni o‘rganishiga to‘g‘ri keladi. Agar kompaniya egasi bir vaqtning o‘zida menejer bo‘lmasa, biznes sotilgan taqdirda ham tajribali menejer tashkilotda ishlashda davom etadi, faqat endi u boshqa xo‘jayinga ishlaydi (xizmat qiladi). Kompaniya birinchi bor o‘z aksiyalarini ochiq muomalaga chiqarganda (ya’ni, ochiq aksiyadorlik kompaniyasi (jamiyati)ga aylanganda), uning dastlabki ta’sischisi va egalari bo‘lgan menejerlari, garchi endi ular kompaniya aksiyadorlari bo‘lmasa-da, ko‘pincha, korporatsiyani boshqarishda davom eta-dilar.

Biznesni tashkil etishning korporativ shakli mulkka egalik huquqi boshqaruvdan ajratilganda ayniqsa samaralidir. Chunki u firmaning sog‘lom (normal) faoliyatiga putur yetmagan holda mulkdorlar ro‘yxatida tez-tez o‘zgarishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi (egalik huquqi aksiyalarga o‘tishi munosabati bilan). Butun dunyoda turli korporatsiyalarning millionlab aksiyalari qo‘lda qo‘lga o‘tib turadi va buning firmani boshqarish hamda uning faoliyat yuritishi sifatiga salbiy ta’sir qilgan hollari juda kam.



1 “Menejer” inglizcha “manager” – boshqaruvchi. Korxona yoki kompaniya egalari bo‘lmagan, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan malakali yollanma boshqaruvchilar. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 579.


2 “Investor” inglizcha “investor”, lotincha “investire” – kiyintirmoq. Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs, tashkilot yoki davlat. Qarang: o‘sha manba. J.II.–B. 207.

3 “Industriya” lotincha “industria” – mehnatsevarlik, tirishqoqlik. Sanoat; milliy xo‘jalikning jamiyat iqtisodiy rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan muhim tarmog‘i. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B.209.

4 “Prokat” ruscha “prokat” – ijara (kira)ga berish yoki olish. U yoki bu narsani ma’lum miqdordagi haq evaziga vaqtincha foydalanish uchun berib yoki olib turish. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B.312.

5 “Effekt” lotincha “effektus” – harakat, faoliyat; natija. Ish, faoliyat va sh.k.ning natijasi. Qarang: o‘sha manba. J.V – B.62.

Download 62.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling