Moliyaviy oqimlar va ularni boshqarish. Moliyaviy oqimlar va ularning mazmun-mohiyati. Moliyaviy tizim va moliyaviy infrotuzilma


Moliyaviy oqimlar va ularning mazmun-mohiyati


Download 96.81 Kb.
bet3/6
Sana31.03.2023
Hajmi96.81 Kb.
#1314169
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliyaviy oqimning xajmiga ta’sir etuvchi omillar

Moliyaviy oqimlar va ularning mazmun-mohiyati.

О‘zining lо‘g’aviy ma’nosi jihatidan “Moliya” sо‘zi “daromad” yoki “tо‘lov” degan ma’nolarni anglatadi. Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bо‘ldi. Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) nye’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bо‘yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida davlat va takror ishlab chiqarish munosabatlarining boshqa ishtirokchilari (sub’yektlari) о‘rtasida ma’lum bir munosabatlarning о‘rnatilishini taqoza etadi. Xususan, ana Shu munosabatlar “Moliya” tuShunchasi orqali ifodalangan.


Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli kо‘rinishdagi shaxsiy tо‘lanmalar xarakteriga ega bо‘lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining о‘zgarishiga olib kyeldi – ular kо‘proq ravishda pul xarakteriga ega bо‘ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun-mohiyati prinsipial jihatdan keskin о‘zgarmay qolavyerdi.
Zamonaviy tasavvurdagi “Moliya” tuShunchasini davlat xazinasining alohidalaShuvi va Davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichiga kiritish mumkin.
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksionyerlik shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog’liq holda tovar ishlab chiqarishning shirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayoninning turli ishtirokchilari о‘rtasida pul mablag’larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni taqsimlash myetodlari hamda usullarining takomillaShuviga olib kyeldi. Tovarlar harakatidan alohidalashgan (ajralgan) pul mablag’larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli sub’yektlar о‘rtasida YAIM qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liqdir. Bir vaqtning о‘zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanmasining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan о‘z hissalarini olishga da’vo qiladilarki, bu Moliyaviy munosabatlarning sohasidir.
Shunday qilib, Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifatida ham Moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bо‘linishi va davlatning paydo bо‘lishi bilan bog’liq.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bо‘lgan iqtisodiy (Moliyaviy) munosabatlarga Moliya deyiladi.
Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi xarakterli belgisi Shundan iboratki, YAIMni qayta taqsimlash jarayoni oldindan ma’lum maqsadlarga mо‘ljallangan turli pul mablag’lari fondlarini yaratish bilan kuzatiladi. Davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag’lari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xо‘jalik sub’yektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi.
Xо‘jalik sub’yektlarining turli faoliyatlaridan olingan daromadlar hisobidan maxsus pul mablag’lari fondlari shakllantiriladi. Ularni shakllantirish qattiq ravishda ryeglamyentasiya qilinish (tartibga solinish) xarakteriga egaki, bu narsa Moliyaviy munosabatlarning yana bir farqlanuvchi xarakterli belgiga ega ekanligini kо‘rsatadi.
YAIMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, tadbirkorlik (ishbilarmonlik) daromadi, dividyentlar va qayta taqsimlashning boshqa shakllari kо‘rinishidagi о‘z hissalarini (ulushini) oladi. Bundan tashqari majburiylik xarakteriga ega bо‘lgan soliqlar va boshqa tо‘lovlarni tо‘lash orqali (vositasida) aholi markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirishda ishtirok etadi. Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bog’liq bо‘lgan pul munosabatlarining bu tizimi ham Moliyaviy munosabatlarning alohida sohasini tashkil etadi.
Shunday qilib, quyidagilar Moliyaning xarakterli belgilaridir:

  • qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog’liq bо‘lmasdan, aksincha, real pullarning harakatiga bog’liq bо‘lgan, huquqiy normalar yoki biznyesni Yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakterdaligi;

  • pul mablag’lari harakatining, odatda, bir tomonlama yо‘nalishga ega ekanligi;

  • markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga kyeltirish).

Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday о‘rinni egallaganligiga bog’liq. Bir vaqtning о‘zida Moliya puldan о‘zining mazmuni va bajaradigan funksiyalari bо‘yicha farqlanadi. Agar pul umumiy ekvivalyent bо‘lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari о‘lchansa, Moliya esa yalpi ichki mahsulot (YAIM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy instrumyenti, pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yо‘li bilan faqatgina davlat va korxonalarning pul mablag’lariga bо‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki Moliyaviy resurslarning sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish Moliyaning nima uchun mо‘ljallanganligini belgilab beradi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bо‘ladi. Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi:

  1. Taqsimlash;

  2. Nazorat.

Bu funksiyalar Moliya tomonidan bir vaqtning о‘zida amalga oshiriladi. Har qanday (bir) Moliyaviy opyerasiya YAIM va MDni taqsimlash va Shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi.
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga ega ekanligi uchun, Shunga muvofiq ravishda Moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bо‘lgan taqsimlash jarayoni murakkab va kо‘p qirrali jarayondir. Moliya YAIMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi.
Moliyaviy myetod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli kо‘rinishlarini (xо‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug’diruvchi kо‘pbosqichlilik xosdir.
Eng avvalo, Moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy yoki birlamchi daromadlar” dyeb nom olganlarni yaratish (tashkil etish) sodir bо‘lganda namoyon bо‘ladi. Ularning yig’indisi MDga tyengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari о‘rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bо‘linadi:

  1. moddiy ishlab chiqarish sohasida band bо‘lgan ishchi va

xizmatchilarning ish haqi, fyermyer va h.k.larning
daromadlari;

  1. moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari.

Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xо‘jalik ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini ta’minlay olmaydi. Buning uchun quyidagilar bilan bog’langan holda MDni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur:

  • xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar daromadlari va jamg’armalaridan eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida mablag’larni tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan;

  • ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasining (maorif, sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va h.k.) ham mavjudligi bilan;

  • aholining turli ijtimoiy qatlamlari о‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan.

YUqoridagi qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki “kelib chiquvchi” daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida olingan daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i va boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar MDdan foydalanish borasidagi yakuniy nisbatlarni (proporsiyalarni) shakllantirish uchun xizmat qiladi.
MDni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, Moliya MDni birlamchi taqsimlashda vujudga kyelgan nisbatlarni ularning yakuniy foydalanish nisbatlariga transformasiya qilinishiga (aylanishiga, о‘zgarishiga) ta’sir kо‘rsatadi. Bunday qayta taqsimlash natijasida yaratiladigan daromadlar moddiy va Moliyaviy resurslar va eng avvalo, bir tomondan pul fondlarining о‘lchami va ularning tarkibiy tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va istye’mol pryedmyetlarining hajmi va tuzilmasi о‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashi kerak.
Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash milliy iqtisodiyotni tarkibiy о‘zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (qishloq xо‘jaligi, transport, enyergyetika va h.k.) rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam ta’minlangan qatlamlari (pyensionyerlar, talabalar, yolg’iz va kо‘p bolali onalar va h.k.) foydasiga amalga oshiriladi.
Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy xо‘jalikning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, mamlakatning alohida mintaqalari, mulkchilik shakllari va aholining sosial guruhlari о‘rtasida sodir bо‘ladi.


  1. Download 96.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling