Moliyaviy oqimlar va ularning iqtisodiy ahamiyati
Download 59.57 Kb.
|
1 2
Bog'liqMoliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va
Moliyaviy oqimlar va ularning iqtisodiy ahamiyati. О‘zining lug’aviy ma’nosi jihatidan “Moliya” sо‘zi “daromad” yoki “tо‘lov” degan ma’nolarni anglatadi. Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bо‘ldi. Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) nye’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bо‘yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida davlat va takror ishlab chiqarish munosabatlarining boshqa ishtirokchilari (sub’yektlari) о‘rtasida ma’lum bir munosabatlarning о‘rnatilishini taqozo etadi. Bu munosabatlar “Moliya” tushunchasi orqali ifodalangan. Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli kо‘rinishdagi shaxsiy tо‘lanmalar xarakteriga ega bо‘lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining о‘zgarishiga olib keldi – ular kо‘proq ravishda pul xarakteriga ega bо‘ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun-mohiyati prinsipial jihatdan keskin о‘zgarmay qolavyerdi. Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi xarakterli belgisi Shundan iboratki, YAIMni qayta taqsimlash jarayoni oldindan ma’lum maqsadlarga mо‘ljallangan turli pul mablag’lari fondlarini yaratish bilan kuzatiladi. Davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag’lari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xо‘jalik sub’yektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi. Xо‘jalik sub’yektlarining turli faoliyatlaridan olingan daromadlar hisobidan maxsus pul mablag’lari fondlari shakllantiriladi. Ularni shakllantirish qattiq ravishda ryeglamyentasiya qilinish (tartibga solinish) xarakteriga egaki, bu narsa Moliyaviy munosabatlarning yana bir farqlanuvchi xarakterli belgiga ega ekanligini kо‘rsatadi. YAIMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, tadbirkorlik (ishbilarmonlik) daromadi, dividyentlar va qayta taqsimlashning boshqa shakllari kо‘rinishidagi о‘z hissalarini (ulushini) oladi. Bundan tashqari majburiylik xarakteriga ega bо‘lgan soliqlar va boshqa tо‘lovlarni tо‘lash orqali (vositasida) aholi markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirishda ishtirok etadi. Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bog’liq bо‘lgan pul munosabatlari tizimi ham Moliyaviy munosabatlarning alohida sohasini tashkil etadi. Download 59.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling