Moliyaviy oQimlarni boshQarish logistikasi


Download 35.69 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi35.69 Kb.
#1149927
Bog'liq
8-mavzu


Moliyaviy oQimlarni boshQarish logistikasi.
Logistika tizimini boshqarish funksiyalari bilan o’zaro bog’lik funksiyalari o’zaro uzviylikdadir. Lekin logistika tizimga eng katta tasir ko’rsatadigan funksiyalardan biri bu marketingning siyosat va taktikasi. Logistika tizimining servis chegaralari marketingning talablari aniqlaydi.
Marketing taktikasi bevosita logistikani xarajat ko’rsatkichlariga tasir qiladi.
Ishlab chiqarishning assortiment bo’yicha ixtisoslanishida marketing sezirarli darajada tasir ko’rsatadi. Ushbu mulohazalarni tasdiqlash uchun quyidagi misollarni ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Misol 1. Zarafshondagi «Agama» sotuv firmasi (meva konsentratlar sotish bilan shug’ullanuvchi), o’z sotuv yo’nalishini tanlashda original strategiyani ishlatdi. Bosh firma o’z nazoratiga barcha o’ziga qarashli firmalarni oladi. Bu o’rinda mavjud bo’lgan kompaniyalarni ularda sotuv va ombor maydonlari bilan birgalikda ustavli kapitalni 75% sotib olish bilan o’z qaramog’iga o’tkazadi. Kompensasiya tariqasida bu kompaniyalar bosh firmadan konsignasiyaga tovarlar oladi.
Savollarga javob bering:
1. Tovarlarni sottirish yo’nalishi ishtirokchilari qanday foyda olishi mumkin?
2. Bu strategiyaning negativ tomoni bormi?
Misol 2 Ko’pgina taniqli, obro’ga ega amerika firmasi (Filip Morris, Prokter end Gembl va b.) etiketka bilan ta’minlashda bir qancha tovarlar bir va necha yil mobaynida o’zining sodik xaridoriga ega. Mijozlar tovar sifatiga ishonadilar va sifati uchun yuqori bahoda to’lanadi.Lekin uzoq davom etgan iqtisodiy inqiroz vaqtida amerikaliklar qimmat baholi tovarlarni kamroq xarid qila boshladilar. Shu bilan birga ular bu arzon tovarlar qimmatlaridan farq qilmasligini, balki ba’zilari afzalroq ham ekanligini ko’rib ularni ola boshladilar.
Savollarga javob bering.

  1. Sizningcha bu firmalar maqsadli bozorlarni saqlab qolish uchun qanday harakat qildilar?

  2. Mahsulotni rejalashtirishda, tovar harakatida va o’tkazishda nomuvofiq obyektiv omillarni ta’sirini qanday yo’qotish mumkin?

Misol 3 Xozirgi vaqtda davlatimizda dalollik amaliyoti keng tarqalgan. Chunonchi, bozor dalolchilik operasiyalari nuqtai-nazaridan birinchi o’ringa stanoklar bozori ko’tarildi.
Quyida shunday bozorlarni topish uchun dalollar tomonidan strategiya ishlab chiqilgan.

  1. Stanoklarni professional xodimlar tarkibidan iborat, «baquvvat» korxonalarga taklif etish kerak emas.

  2. Korxonalarga ular ishlayotgan asosiy stanoklarni emas, balki yordamchi stanoklarni taklif qilish.

  3. Stanoklar buyurtmachisi pul to’lay oluvchi, ritmik ishlashini kafolat beruvchi, doimiy tarqatish xaridorlariga ega ishlab chiqarishga e’tibor qaratish kerak.

  4. Stanoklar sotib olishda asosiy e’tiborni SNG davlatlarining nisbatan arzonroq maslahatlariga ahamiyat berish zarur.

  5. Stanoklar sotib olishda bevosita mahsulot ishlab chiqaruvchiga chiqish kerak emas, chunki u qimmatga tushib qolishi mumkin.

Berilgan prinsiplarni tahlil qilish va chegaralar tushunchasini ko’rib chiqing.
Dalollik faoliyatini samaradorligini oshirish uchun qo’shimcha qanday ishlar qilish kerak?
Misol 4 Tovar harakati yo’nalishlari (kanallari) funksiyalarini tahlil qiling, tushuntiring va to’ldiring.


Истеъмолчига хизмат кырсатиш

Узатиш

Мащсулотни режалаштириш

Товар щаракати канали бажарадиган функциялар

Та=симот ва сотиш

Маркетинг тад=и=отлари

Харид =илиш

Нарх-наво



6.1. Rasm. Tovar harakati kanali funksiyalari.


Mulohaza uchun savollar.

  1. Moliyaviy oqim tushunchasining mohiyati nimada?

  2. Logistikaning bozor xususiyati nima?

  3. Logistika tizimni servis chegarasi nima?

  4. Ishlab chiqarishning assortimenti bo’yicha ixtisoslashishi.

  5. Logistik xarajatlarga marketing taktikasining ta’siri.

Download 35.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling