Moliyaviy risklar nazariyasi


Download 23.57 Kb.
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi23.57 Kb.
#1130637
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Zamonaviy (amaliy) moliya va risklar

Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo`jalik sub`ektlari qat`iy yo`riqnomalar, buyruqlar, me`yoriy xujjatlar bo`yicha faoliyat olib borganligi uchun risk va uning darajasini o`ylashga to`g`ri kelmasdi. Oldindan qancha foyda olish yoki zarar ko`rish mumkinligi aniq bo`lar edi. Ko`rilgan zarar odatda, korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba`zi xollarda turli xil yo`qotishlar bilan birga budjet mablag`lari hisobidan qoplanardi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko`rsatish korxonalardan faoliyatning yuqorida keltirilgan tamoyillarini o`zgartirishni talab qiladi. Zamonaviy moliya-bank tizimini risksiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Moliya sohasini risksiz operatsiyasi yo`q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog`liq bo`lib, ularning darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo`lishi mumkin. Moliya-bank amaliyotida riskni umuman yo`q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko`ra bilish, uni kamaytirish choralarini ko`rish lozim.

Shunday qilib, yuqorida bayon etilgan fikrlar kursning asosiy yo`nalishlarini tashkil etib, ushbu yo`nalishlarning mazmun va mohiyatini chuqur o`rganish va bo`lg`usi moliyachilargaa o`rgatish “Moliyaviy risklar nazariyasi” fanining asosiy maqsadini tashkil etadi. “Moliyaviy risklar nazariyasi” fani moliya-bank sohasi faoliyatida yuzaga keluvchi risklar, ularning turlari, tahlili va ularni hisoblash yo`llari, tijorat banklari kredit siyosati va uning mezonlari, tijorat banklarining kreditlash jarayoni bilan bog`liq risklar, mijozning kreditga layoqatlilik ko`rsatkichlari va ularni takomillashtirish yo`llari, moliya sohasi korxonalari faoliyatida yuzaga keluvchi boshka risklar va ularni boshqarish masalalarini o`z ichiga olgan.

2. Iqtisodiyotning turli bo`g`inlarida risklar Bozor iqtisodiyoti sharoitida risk bu – tadbirkorlik faoliyatiga ta`sir etuvchi eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Riskning o`ziga xos xususiyatlari bu - noaniqlik, kutilmagan xolat, ishonchsizlik va tahmin. Siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida risk darajasi oshadi. Riskning ikkita funksiyasi bor: rag`batlantiruvchi va himoyalovchi. Riskning rag`batlanturuvchi funksiyasining ikkita jihati bor, ya`ni konstruktiv va destruktiv. Konstruktiv jihati shunday bir holatda yuzaga keladiki, bunda risk iqtisodiy qarorlarni hal qilishda katalizator rolini o`ynaydi, ayniqsa innovatsion, investitsion qarorlarni qabul qilishda. Destruktiv ko`rinishi esa asoslanmagan risk bilan qabul qilingan va amalga oshirilgan qarorlar natijasida yuzaga keladi. Riskning himoyalovchi funksiyasi ham ikki jihatga ega: tarixiy-genetik va ijtimoiy - huquqiy. Tarixiy-genetik jihati shundan iboratki, insonlar doimo stixiyali tarzda kutilmagan noxush voqealardan o`zlarini asrash shakllari va vositalarini izlaydilar. Amaliyotda bu sug`urtalangan rezerv fondlarini tashkil etish, tadbirkorlik risklarini sug`urtalash kabi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Ijtimoiy-huquqiy jihati esa, xo`jalik, mehnat, jinoiy qonun 7 hujjatlari to`plamida risk kategoriyalarini joriy qilishda namoyon bo`ladi. Bulardan tashqari riskning yana quyidagi xususiyatlari mavjud bo`lib, ular qaramaqarshilik, alternativlilik va noaniqliklardir. Qarama-qarshiliklar quyidagilarda namoyon bo`ladilar: risk bir tomonlama muhim iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy-ahloqiy natijalarga olib keladi, ya`ni ijtimoiy, texnik rivojlanishni tezlashtiradi, jamiyatning fikr va ma`naviy muhitiga ijobiy ta`sir qiladi. Ikkinchi tomonlama esa, aksincha ta`sir qilishi mumkin, ya`ni risk ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy rivojlanishga to`sqinlik qilishi mumkin. Alternativlilik, bu bir yoki bir qancha ko`rinishdagi qarorlarni tezlik bilan tanlashda namoyon bo`ladi. Tanlash lozim bo`lmagan joyda riskli jarayonlar ham vujudga kelmaydi va risk bo`lmaydi. Noaniqlilik, bu albatta noaniq, ya`ni kutilmagan xolatlar bilan bog`liq. Uning yuzaga kelish va tus olish shakli noaniq bo`lib qolaveradi. A.Marshal, Dj.fon Neyman, O.Morgenshtern, F.Naytlar riskga quyidagicha yondashganlar: “Risk va noaniqlilik kategoriyasi iqtisodiy munosabatlarda katta rol o`ynaydi. Xo`jalik faoliyatining ajralmas qismi bo`lgan noaniqlilik barcha murakkab va muxim iqtisodiy xodisalarning asosida yotadi. Noaniqlilik mohiyati riskda namoyon bo`ladi”.


Download 23.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling