Moliyaviy tahlil va audit


Malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish


Download 265.66 Kb.
bet4/8
Sana11.03.2023
Hajmi265.66 Kb.
#1258742
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Auditlik kasbiga ahloqiy talablar

Malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish
Malaka sertifikati auditorning fotosurati yopishtirilgan maxsus blankda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik kuchga ega bo‘ladi. Malaka sertifikatining blankalari Vazirlik buyurtmanomasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosma usulda tayyorlanadi. Malaka sertifikati Vazirlik tomonidan malaka imtihoni komissiyasi bayonnomalari olingandan keyin 10 kun muddatda rasmiylashtiriladi va auditorga yoki ishonchnoma asosida uning vakiliga auditorlar reyestriga imzo qo‘yilgach beriladi. Agar auditor malaka sertifikatini rasmiylashtirilgan kunidan boshlab uch oy davomida uni olishga kelmasa yoki uni olishdan yozma ravishda ixtiyoriy tartibda bosh tortsa Vazirlik malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bunda auditor tomonidan to‘langan yig‘im qaytarilmaydi. Malaka sertifikati dastlab besh yillik muddatga, talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganda, yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga malaka imtihonini topshirmasdan beriladi. Dastlabki besh yillik muddat tugagandan so‘ng uning amal qilish muddatini navbatdagi o‘n yilga uzaytirish, auditor malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirganda yoxud auditor xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lganda malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi. Malaka sertifikatini keyingi muddatsiz davrga uzaytirish auditor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganda yoxud auditor xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lganda yoki o‘n yildan kam bo‘lmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud bo‘lganda malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi. Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun hujjatlar mazkur Nizomning 37-bandiga muvofiq taqdim etilganda, malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza taqdim etilgan sanadan boshlab malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashi sanasigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i auditor sifatida uzluksiz ish stajini hisoblashda inobatga olinadi. Auditor lavozimiga tayinlashlar oralig‘idagi vaqt bir oydan oshmagan bo‘lsa, ushbu davr auditor sifatidagi uzluksiz ish stajini aniqlashda uzilish deb hisoblanmaydi.

Download 265.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling