Moliyaviy tahlil va audit


Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi


Download 265.66 Kb.
bet5/8
Sana11.03.2023
Hajmi265.66 Kb.
#1258742
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Auditlik kasbiga ahloqiy talablar

Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi
Auditor, malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashidan 3 oy oldin, biroq malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashidan 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda Vazirlikka malaka sertifikatining muddatini uzaytirish to‘g‘risida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
a) malaka sertifikatining asl nusxasi;
b) malaka oshirish kurslarini tamomlaganligi haqidagi guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoxud ushbu hujjatni bergan muassasa tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
v) arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi;
g) xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo‘lganda (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoxud ushbu hujjatni bergan muassasa tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
d) mehnat daftarchasi (mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma) (nusxasi olinib, asli qaytariladi).
Malaka sertifikati muddatini uzaytirish mazkur Nizomning 36 va 37-bandlarida belgilangan talablarga rioya etilganda amalga oshiriladi. Malaka sertifikatining amal qilish muddati malaka sertifikatining blankasida ko‘rsatilgan amal qilish muddati tugagan paytdan boshlab uzaytiriladi. Auditor malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun malaka imtihonidan o‘ta olmagan taqdirda, malaka sertifikatini qaytadan berish mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi. Agarda auditor, uni mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinganidan so‘ng, malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun malaka imtihonini topshirishga kelmasa, malaka sertifikatining amal qilish muddati tugagandan keyin, taqdim etilgan hujjatlar (malaka sertifikatining asl nusxasidan tashqari) qaytariladi. Bunda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im qaytarib berilmaydi. Malaka sertifikatining amal qilish muddatining uzaytirilishi belgilangan tartibda mazkur malaka sertifikatining blankasida maxsus belgini (yozuv) qayd etish orqali amalga oshiriladi. Malaka sertifikati blankasida uning muddatini uzaytirishga taalluqli to‘ldirilmagan qatorlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, auditorga avvalgi ro‘yxatga olish raqami qo‘yilgan yangi malaka sertifikati beriladi. Ilgari berilgan malaka sertifikati blankasi Vazirlik tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. Auditorning familiyasi, ismi, sharifi o‘zgargan taqdirda, u tegishli o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar berilgan sanadan so‘ng bir oy ichida Vazirlikka mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi. Bunda arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan malaka sertifikatining asl nusxasi bilan birga ikkita fotosurat (3 x 4 hajmdagi) va tegishli o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun auditordan bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Malaka sertifikatining qayta rasmiylashtirilishi auditor tomonidan ariza berilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi, bunda avvalgi raqam va ilgari belgilangan amal qilish muddati ko‘rsatilgan malaka sertifikatining yangi blankasi beriladi, ilgari berilgan malaka sertifikat blankasi Vazirlik tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikatining o‘rniga auditorning mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda malaka sertifikatini dublikatini berish haqidagi arizasiga ko‘ra malaka sertifikatining dublikati beriladi. Malaka sertifikatining dublikatida uning avvalgi qayd etilgan raqami va ilgari belgilangan amal qilish muddati yoziladi, yangi blankaning yuqoridagi burchagida “Dublikat” yozuvi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikati Vazirlikka qaytarilishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinishi lozim. Dublikat berishda auditordan bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Download 265.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling