Moliyaviy tahlil


Download 458.67 Kb.

bet1/5
Sana24.05.2018
Hajmi458.67 Kb.
  1   2   3   4   5

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 



VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

HISOB VA AUDIT FAKULTETI 

 

“MOLIYAVIY TAHLIL” KAFEDRASI 

 

 

JABBARALIYEV DAVRON ABDUJABBOR O’G’LI  

 

 

SUG’URTA TASHKILOTLARI INVESTITSION FAOLIYATIDA PUL 

OQIMLARI HISOBI VA TAHLILI 

 

 

5230900-“Buxgalteriya hisobi va audit” (tarmoqlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 

bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun yozilgan 

 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

 

 

 

“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI” 

                                                             “Moliyaviy tahlil” kafedrasi mudiri 

 

_____ i.f.n., dotsent M.Yu.Raximov 



“_______”__________________2017 y. 

 

 

Ilmiy rahbar __________ k.o’q.M.T.Amirdinova 

“_______”__________________2017y. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT-2017 

 

MUNDARIJA 



betlar 

 

 

                 KIRISH ………….………………………………………….... 



I BOB. 

SUG’URTA  KOMPANIYALARINING  INVESTITSION 

FAOLIYATIDA 

PUL 

OQIMLARI 

HISOBI 

VA 

TAHLILINI  TASHKIL  ETISHNING  NAZARIY  VA 

HUQUQIY ASOSLARI………………………………………. 

 

 

 

1.1 


Sug’urta  kompaniyalarining  investitsion  faoliyatida  pul 

oqimlari  hisobi  va  tahlili  hamda  uni  amalga  oshirishning 

nazariy asoslari……................................................................. 

 

 



1.2 


Sug’urta  kompaniyalarining  investitsion  faoliyatida  pul 

oqimlari  hisobi  va  tahlili  hamda  uni  amalga  oshirishning 

huquqiy asoslari....................................................................  

 

 



13 

 

1-bob bo’yicha xulosa………………………………………. 

20 

II BOB. 

SUG’URTA  KOMPANIYALARINING  INVESTITSION 

FAOLIYATIDA PUL OQIMI HISOBI VA UNI TAHLILI

..

 

 

21 

2.1 

S

ug’urta  kompaniyalarining  investitsion  faoliyatida  pul  



oqimlari hisobini yuritilishi…………………………………….. 

 

21 



2.2 

S

ug’urta  kompaniyalarining  investitsion  faoliyatida  pul 



oqimlarini tahlili………………………………………………..  

 

31 



 

2-bob bo’yicha xulosa………………………………………….. 

33 

III BOB. 

SUG’URTA  KOMPANIYALARINING  INVESTITSION 

FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI……   

 

34 

3.1 

S

ug’urta  kompaniyalari  investitsion  faoliyatida  pul  oqimini 



oshirish imkoniyatlarini baholash…..…………………. 

 

34 



3.2 

O’zbekistonda 

sug’urta 

kompaniyalarining 

investitsion 

faoliyatini rivojlantirish istiqbollari………………………….....

 

 

40 



 

3-bob bo’yicha xulosa………………………………………….. 

52 

XULOSA VA TAKLIFLAR………....................................................... 

53 

 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ………................. 

56 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

KIRISH 



 

Bitiruv 

malakaviy 

ishi 

mavzusining 

dolzarbligi. 

Mamlakat 

iqtisodiyotini  rivojlanib  borishi,  aholi  hamda  tashkilotlarning  sug’urta 

himoyasiga  bo’lgan  talabining  ortib  borishi,  sug’urta  bozorimizda  jahon 

talablariga  mos  hamda  jahonning  ilg’or  tajribalariga  javob  bera  oladigan, 

to’laqonli  sug’urta  xizmatlarini  ko’rsata  oluvchi  mustahkam  sug’urta  tizimini 

yaratish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. 

“Makroiqtisodiy  barqarorlikni  yanada  mustahkamlash  va  iqtisodiy 

o’sishning  yuqori  sur’atlarini  saqlab  qolish,  jumladan,  Davlat  byudjeti  barcha 

darajada  mutanosib,  milliy  valyuta  va  ichki  bozordagi  narx  darajasi  barqaror 

bo’lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir.  

…  Barchamiz  so’zsiz  tushunamiz,  iqtisodiy  islohotlar  va  ijtimoiy 

o’zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish eng avvalo iqtisodiy va moliyaviy 

organlarning faoliyati samaradorligiga bog’liqdir. Ular yaqin va uzoq istiqbolga 

mo’ljallangan, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga doir strategik 

vazifalarni nafaqat ishlab chiqishi, balki amalga oshirishni ta’minlashi zarur.”

1

  

Sug’urta  kompaniyalari  tomonidan  o’z  faoliyatlari  bilan  birgalikda 



investitsiya  faoliyatini  ham  jadal  olib  borilishi,  investitsiyalarga  jalb  etiladigan 

mablag’lar  salmog’ini  ko’paytirish  hamda  shu  orqali  iqtisodiyotning  barqaror 

rivojlantirishga  o’z  hissalarini  qo’shmog’ligi  lozimligini  ko’rsatib  beradi. 

Mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlantirish uchun moliyaviy instrumentlardan 

samarali va keng miqyosda foydalanish bugungi davr taqazosi hisoblanadi. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsad  va  vazifalari.  Sug’urta 

tashkilotlarining  investitsiya  faoliyatida  pul  oqimlari  hisobi  va  tahlilini  tartibga 

solish hamda O’zbekistonda sug’urta kompaniyalarining investitsion faoliyati va 

uni rivojlantirish yo’llari bo’yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab  

                                                 

1

  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoevning  mamlakatimizni  2016  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy 



rivojlantirishning  asosiy  yakunlari  va  2017  yilga  mo’ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor 

yo’nalishlariga  bag’ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining  kengaytirilgan  majlisidagi  ma’ruzasi.  2017  yil  14 

yanvar.T.:-“O’zbekiston”-2017. 

 


 

chiqishdan iborat. 



Bitiruv  malakaviy  ishi  oldiga  qo’yilgan  maqsadga  erishish  uchun  ushbu 

ishda quyidagi vazifalarni hal etish nazarda tutilgan: 

-

 

Sug’urta  kompaniyalarining  investitsiya  faoliyati  investitsiya  faoliyatida 



pul oqimlari hisobi va tahlilini amalga oshirishning nazariy asoslarini o’rganish; 

-

 



Sug’urta  kompaniyalarining  investitsiya  faoliyati  investitsiya  faoliyatida 

pul  oqimlari  hisobi  va  tahlilini  amalga  oshirishning  huquqiy  asoslarini 

o’rganish; 

-

 



Sug’urta  kompaniyalari  investitsiya  faoliyatida  pul  oqimlari  hisobi  va 

tahlili bo’yicha xorij tajribasini o’rganish; 

-

 

Sug’urta bozorining rivojlanish tendensiyalarini tahlil etish; 



-

 

Sug’urtalovchilarning investitsiya faoliyatida pul oqimlari hisobi va tahlil 



etish; 

-

 



Sug’urta  kompaniyalari  tomonidan  investitsiya  faoliyatida  pul  oqimlari 

hisobi va tahlilini amalga oshirishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish 

yo’llarini o’rganish; 

-

 



O’zbekistonda  sug’urta  kompaniyalarining  investitsiya  faoliyatida  pul 

oqimlari hisobi va tahlilini rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 



Bitiruv  malakaviy  ishi  predmeti.  Ushbu  ishning  predmeti  bo’lib 

sug’urta  kompaniyalarining  investitsiya  faoliyatida  pul  oqimlari  hisobi  va 

tahlilini rivojlantirishda mavjud bo’lgan muammolar hisoblanadi.  

Bitiruv 

malakaviy 

ishi 

ob’ekti. 

O’zbekistonda 

sug’urta 

kompaniyalarining  investitsiya  faoliyatida  pul  oqimlari  hisobi  va  tahlili  hamda 

uni rivojlantirish istiqbollari. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  nazariy-amaliy  ahamiyati.  O’zbekiston 

Respublikasi  sug’urta  sohasi  bo’yicha  qabul  qilingan  Prezident  farmonlari, 

qonunchilik hujjatlari, xorijlik va mamlakatimiz olimlarining sug’urta yo’nalishi 

bo’yicha  e’lon  qilgan  ilmiy  maqolalari  va  monografiyalari  ushbu  bitiruv 

malakaviy  ishini  yozishda  dasturamal  vazifasini  bajardi.  Shuningdek,  tadqiqot 


 

ishida  Moliya  Vazirligining  va  baxtsiz  hodisalardan  sug’urtalash  bo’yicha 



statistik ma’lumotlaridan foydalanildi. 

Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi. Mazkur bitiruv malakaviy 

ishi  tarkiban  kirish,  uch  bob,  xulosa,  foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxatidan 

iborat.  Ishning  kirish  qismida  tanlangan  mavzuning  dolzarb  jihatlarini 

asoslovchi  fikrlar  hamda  bitiruv  malakaviy  ishi  oldiga  qo’yilgan  maqsad  va 

vazifalar  keltirilgan.  Birinchi  bobda  sug’urta  kompaniyalarining  investitsiya 

faoliyatida pul oqimlari hisobi va tahlili hamda uni amalga oshirishning nazariy 

va  huquqiy  asoslari  o’z  ifodasini  topgan.  Ikkinchi  bobda  sug’urta 

kompaniyalarining  investitsion  faoliyatida  pul  oqimlari  hisobi  va  uni  tahlili  

keltirilgan.  Uchinchi  bobda  sug’urta  kompaniyalari  tomonidan  investitsiya 

faoliyatini  amalga  oshirishda  mavjud  imkoniyatlarni  baholash  hamda  sug’urta 

kompaniyalarining  investitsiya  faoliyatini    rivojlantirish  istiqbollariga  doir 

mulohazali fikrlar o’z aksini topgan.  

Xulosa  qismida  bitiruv  malakaviy  ishini  yozish  jarayonida  chiqarilgan 

xulosalar  asosida  takliflar  ishlab  chiqilgan.  Ishning  umumiy  hajmi  62  betdan 

iborat. 

 

 



 

I-BOB. SUG’URTA KOMPANIYALARINING INVESTITSION 



FAOLIYATIDA PUL OQIMLARI HISOBI VA TAHLILINI TASHKIL 

ETISHNING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI 

1.1

 

Sug’urta kompaniyalarining investitsion faoliyatida pul oqimlari hisobi 

va tahlili hamda uni amalga oshirishning nazariy asoslari 

Bozor  iqtisodiyotiga  bosqichma-bosqich  o’tish  har  bir  tarmoq 

iqtisodiyotini 

jadal 


rivojlantirish, 

investitsiyalardan 

foydalanish 

samaradorligini 

oshirishga 

bog’liq 


bo’ladi. 

Investitsiyalarni 

bozor 

iqtisodiyotiga  moslashtirish  investitsion  siyosatni  ham  tubdan  tubdan 



o’zgartirishni  talab  qilmoqda.  Shu  bilan  birga  investitsion  siyosatni  amalga 

oshirish  chog’ida  bozor  munosabatlariga  mos  dastaklardan  foydalanishni, 

ya’ni  investitsion  jarayon  ishtirokchilarining  huquq  va  majburiyatlarini 

belgilashni,  mamlakatda  investorlar  uchun  to’laqonli  raqobatni  ta’minlashni, 

moddiy  va  intellektual  boyliklarni  boshqarishda  batamom  erkin  harakat  va 

shunga  tenglashtirilgan  tadbirlarni  amalga  oshirishni  taqoza  etmoqda. 

Investitsiyalar  yuqori  likvidli  instrumentlarga  bo’lgan  qurilmalar  bilan 

balanslangan bo’lsa, unda qurilmalarning barchasi (portfel) hayotni sug’urtalash 

bo’yicha kompaniyalarning investitsion siyosatini optimallashtiradi

2

. Bu borada 



turli  iqtisodchi  olim  va  amaliyotchilar  o’zlarining  ilmiy  nuqtai  nazaridan 

kelib 


chiqib, 

quyidagicha 

ta’riflar 

bergan. 


Masalan, 

prefessor 

E.V.Mixaylovning  fikricha,  “investitsiya  bu-sub’ekt  ixtiyoridagi  barcha 

moliyaviy,  moddiy  va  boshqa  boyliklarni  kelajakda  iqtisodiy  samara  olish 

uchun biror ob’ektga sarflashdir”. Bu o’rinda investitsiyaning mohiyati bilan 

mazmunini bozor iqtisodiyotiga moslashtirib ochib berishga harakat qilingan. 

Boshqa  bir  iqtisodchi  olimning  investitsiyaga  tarif  berishicha,  “tadbirkorlik 

va  boshqa  faoliyat  turlari  ob’ektlariga  foyda,  yaratiladigan  yoki  ijtimoiy 

samara beradigan mulkiy yoki intellektual  boyliklarning hamma turlari  

                                                 

2

 Qarang: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great 



Britain, 1993. p.  

 

investitsiyalardir”



3

 deb o’zining fikr va mulohazalarini bildirib o’tganlar. 

“Investitsiya”  atamasi  lotin  tilidagi  “Invest”  so’zidan  kelib  chiqqan 

bo’lib,  “qo’yish”,  “mablag’ni  safarbar  etish”  ma’nosini  bildiradi.  Aksariyat 

hollarda  “Investitsiya”  tushunchasi  iqtisodiy  va  boshqa  faoliyat  ob’ektlariga 

kiritiladigan  moddiy  va  nomoddiy  ne’matlar  hamda  ularga  doir  huquqlar 

tarzida tariflanadi

4



Mamlakat  iqtisodiyotida  investitsiyalarning  ahamiyati  to’g’risida  fikr 

yuritadigan  bo’lsak,  bu  o’rinda  «Investitsiya”  tushunchasining  moliyaviy, 

mulkiy  va  intellektual  qadriyatlarni  takror  ishlab  chiqarishning  inikosi 

bo’lmish  dastlabki  va  asosiy  tushuncha  bo’lib  maydonga  chiqishini 

unutmaslik kerak. 

Shuningdek  iqtisodiyotimizda  investitsiya  xususida  qonuniy  hujjatlar 

1991  yildan  boshlab 

 

qabul  qilingan  va  o’tgan  vaqt  ichida  ular  ancha 



takomillashtirildi. 

Investitsiya 

f a o l i y a t i  

to’g’risida 

O’zbekiston 

Respublikasining  1998  yil  24  dekabrda  qabul  qilgan  qonunda  ko’rsatilishicha, 

investitsiya  bu  -  iqtisodiy  samara  (foyda,  daromad)  olish  yoki  ijobiy  ijtimoiy 

natijaga  erishish  uchun  sarflanadigan  pul  mablag’lari,  banklarga  qo’yilgan 

omonatlar,  paylar,  qimmatli  qog’ozlar  (aksiya,  obligatsiyalar),  texnologiyalar, 

mashinalar,  asbob-uskunalar,  litsenziyalar  va  samara  beradigan  boshqa  har 

qanday  boyliklardir.  Investitsiya  faoliyati  haqidagi  qonunning  2-moddasida 

asosiy tushunchalar quyidagicha qo’llaniladi: 

Investitsiyalar  -  iqtisodiy  va  boshqa  faoliyat  ob’ektlariga  kiritiladigan 

moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar; 

Investitsiya 

faoliyati 

investitsiya 



faoliyati 

sub’ektlarining 

investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmui; 

Investor  -  o’z  mablag’larini,  qarzga  olingan  va  jalb  etilgan 

mablag’larni,  mulkiy  boyliklarni  va  ularga  doir  huquqlarni,  shuningdek 

intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati ob’ektlariga  

                                                 

3

 Bachorov V.V. «Investitsii» izd. «Piter» 2002 y 



4

 G’ozibekov D.G’. «Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari» /T.: «Moliya» nashriyoti. 2003 y.23-bet 



10 

 

investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ekti; 



Investitsion  faoliyat  ishtirokchisi  -  investor  buyurtmalarini  bajaruvchi 

sifatida investitsion faoliyatni ta’minlovchi investitsiya faoliyati sub’ekti; 

Reinvestitsiyalar  -  investorning  faoliyati  natijasida  olingan  foydani 

(daromadni) muomalaga kiritish. 

Investitsiya 

faoliyati 

haqidagi 

qonunning 

3-moddasida 

investitsiyalarning  belgilanish  ob’ekti  bo’yicha  quyidagi  turlarga  bo’linadi. 

Kapital, innovatsion, ijtimoiy

5



Kapital  investitsiyalarga  asosiy  fondlarni  yaratish  va  qayta  ishlab 

chiqarish shu bilan bir qatorda moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini 

rivojlantirishga qo’yiladigan investitsiyalar kiradi. 

Innovatsion 

investitsiyalarga 

yangi 


texnika 

va  texnologiyalarni 

o’zlashtirish va ishlab chiqarishga qo’yiladigan investitsiyalar kiradi. 

Ijtimoiy 

investitsiyalarga 

inson 


imkoniyatlarini 

rivojlantirish, 

shuningdek  moddiy  bo’lmagan  boyliklarni  rivojlantirishga  qo’yiladigan 

investitsiyalar kiradi. 

Ushbu  iqtisodchi  olimlar  tomonidan  hamda  qonunchilik  hujjatlarida 

keltirib  o’tilgan  ta’riflar  investitsiyaning  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 

to’laligicha  faoliyat  ko’rsatishini  aniq  tasdiqlaydi.  Jumladan  unda, 

birinchidan,  investitsiyaning  o’ziga  va  investitsiya  faoliyatining  ob’ektlariga 

keng  ta’rif  berilgan,  ikkinchidan,  investitsiyaning  bevosita  iqtisodiy  va 

ijtimoiy  samara  olishga  muqarrar  bog’liqligi  ta’kidlab o’tilgan. Agar investor 

daromad  olmaydigan  bo’lsa,  investitsion  jarayonni  amalga  oshirishning  ham 

mantiqi  qolmaydi. Demak, investitsiyaga  bozor  munosabatlaridan  kelib  chiqib, 

borilgan  ta’rifning  o’zidayoq  investitsion  jarayonning  hajmi,  asosiy 

bosqichlar,  ya’ni  jamg’armalar  (resurslar),  qo’yilma  mablag’lar(sarf-

xarajatlar),  samara(daromad,  foyda)  aniq  va  ravshan  ko’rsatib  o’tilgan. 

Xuddi 


shuningdek 

yondashuv, 

investitsion 

faoliyatning  

bozor 

                                                 



5

 O’zbekiston Respublikasining 24.12.1998 yildagi №719-raqamli  «Investitsiya  faoliyati  to’g’risida”gi Qonuni. 

lex.uz. 


11 

 

munosabatlariga  o’tishi  uchun  zamin  yaratadi,  bu  esa,  moliyaviy,  moddiy  va 



aqliy  boyliklarni    qayta  taqsimlashning  vertikal  va  gorizontal  usullaridan  bir 

xilda foydalanishni ta’minlab beradi.  

Shuningdek investitsiyalarning bir qancha turlari bo’lib, ular iqtisodiyotda 

tutgan o’rni bilan ajralib turadi. Masalan, moliyaviy  investitsiyalar  tarkibiga 

mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul bir liklari, banklardagi omonatlar, 

depozit  sertifikatlar,  aksiyalar,  obligatsiyalar,  veksellar  va  boshqa  qimmatli 

qog’ozlar hamda ularga tenglashtirilgan boyliklar kiradi. 

Moddiy  investitsiyalar  tarkibiga  asosiy  fondlar,  ya’ni  binolar,  asbob-

uskunalar,  inshoatlar,  kommunikatsiyalar  va  boshqa  turdagi  asosiy  ishlab 

chiqarish fondlarining aktiv passik qismlari  kiradi. 

Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya’ni ular 

mulkiy  huquqlar  shaklidagi  investitsiyalar,  aqliy  mehnatga  oid  shakldagi 

investitsiyalar  va  tabiiy  resurslardan  foydalanish  shaklidagi  investitsiyalardan 

iborat. 


Mulkiy xuquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning xillari bozor 

munosabatlarining  nechog’lik  rivojlanganligiga,  milliy  bozorlarning  o’ziga 

xos tomonlariga qarab har xil bo’ladi. Aqliy mehnatga oid xaq-huquqlar 

shaklidagi  investitsiyalar  tarkibiga  mualliflik  huquqlari,  «nou-xau», 

kashfiyotlar,  tovar  belgilariga  beriladigan  litsenziyalar  va  boshqa  xil  egalik 

huquqlari kiradi. 

Iqtisodi 

rivojlangan 

mamlakatlarning 

tajribasidan 

ma’lumki, 

investitsion  kompleks  bir  necha  elementlardan  iborat,  ularning 

asosiylari quyidagilardir: 

-

 



investitsiya siyosati; 

-

 



investitsiya iqlimi; 

-

 



investitsiya faoliyati; 

-

 



kapital qo’yilmalar; 

-

 



investitsiya bosqichlari va boshqalar.  

12 

 

Ushbu  elementlarning  har  biri  bozor  iqtisodiyoti  sharoitlarida o’ziga xos 



yo’nalishlarga  egadir.  Shu  bilan  birga  iqtisodiyotning  rivojlanish  darajasi  qanchalik 

yuqori bo’lsa, investitsiyalarning kapital mulkka aylanish jarayoni shunchalik tezroq 

o’sadi. 

Sug’urta  kompaniyalarini  investitsiya  faoliyati  haqida  gap  yuritishimizdan 

oldin  biz  kompaniyaning  moliyaviy  mablag’larini  aylanishiga  e’tibor  bersak 

maqsadga muvofiq bo’ladi (1-rasmga qarang).  

Sug’urta  kompaniyasini  dastlabki  moliya  manbai  bo’lib,  nizom  jamg’armasi 

hisoblanadi.  Qonunchilik  bo’yicha  litsenziya  olgunga  qadar  kompaniyaning  90  foiz 

nizom  jamg’armasi  pul  ko’rinishida  shakllangan  bo’lishi  talab  etiladi

6

.  Keyingi 



yillarda  to’lanadigan  sug’urta  muofotlari,  qayta  sug’urta  operatsiyalari  bo’yicha 

to’lovlar va investitsiya faoliyatidan olgan daromadlaridan shakllanib bormoqda.   

 

 

 



1-rasmSug’urta kompaniyasining faoliyati sxemasi

7

 

                                                 



6

 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi qonunning 12-moddasi. lex.uz. 

7

 I.Kenjaevning “Sug’urta kompaniyalarining investitsion faoliyati masalalari” nomli ilmiy maqola. Moliya ilmiy 



jurnali 2013 yil №2-son ,62-bet. 

Sug’urtalovchi

 

 

Sug’urta rezervi 



 

Sug’urtalanuvchilar  

Sug’urta mukofotlari 

Sug’urta qoplamalari 

 

Investitsiyalash 



Investitsiyadan keladigan 

daromadlar 

Ishlab chiqarish хаrajatlari 

Аgentlik va brokerlarga 

mukofotlar 

Qayta sug’urta bo’yicha 

beriladigan  mukofotlar 

Qayta sug’urta bo’yicha             

qoplamalar 

Niz


om

 ka


pit

ali


 

13 

 

 



Oxirgi  yillar  mobaynida  hukumatimiz  tomonidan  sug’urta  sohasini 

rivojlantirishga  katta  e’tibor  berilib,  sug’urta  bozorini  bosqichma-bosqich  isloh 

qilish  tamoyili  amalga  oshirilmoqda.  O’zbekistonning  mustaqil  rivojlanishi 

davrida  sug’urtalashning  huquqiy  bazasiga  va  sug’urta  sohasida  bozor 

tuzilmasini  rivojlantirishga  poydevor  qo’yildi.  Keyingi  yillarda  mamlakat 

sug’urta  xizmatlari  bozorida  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  uni 

erkinlashtirish  doirasida  bir  qator  ijobiy  ishlar  amalga  oshirildi.  O’zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisining  2002  yil  5  apreldagi  VIII-sessiyasida  “Sug’urta 

faoliyati  to’g’risida”gi  qonun  qabul  qilindi.  Mazkur  qonunning  6-moddasiga 

muvofiq,  sug’urtalovchilar  sug’urta  faoliyatini  amalga  oshirish  bilan  bevosita 

bog’liq  bo’lmagan  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanishi  taqiqlanishi 

belgilandi

8



 



O’zbekiston  Respublikasida  olib  borilayotgan  iqtisodiy  islohotlarning 

ustuvor 


yo’nalishlarini 

amalga 


oshirilishi 

investitsion 

faoliyatni 

jadallashtirishga, xorijiy  investitsiyalarni keng  jalb  etishga, eksport salohiyatini 

yanada  kengaytirishga  va  eksport  o’sishiga  ko’maklashishga  qaratilgan  hamda 

institutsional  o’zgarishlarni  nazarda  tutadi.  Sug’urta  bozori  rivojlanishining 

zamonaviy  bosqichi  sug’urta  biznesi  xalqaro  amaliyoti  talablariga  javob 

beruvchi  sug’urta  xizmatlarining  keng  ko’lami  bilan  taqdim  etilgan  sug’urta 

xizmatlari 

tizimini 

rivojlantirishning 

tabiiy 


talabini 

belgilab 

berdi. 

O’zbekistonda  sug’urta  bozorida  ushbu  xizmatlarni  olib  borish  barcha  turdagi 



tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining va aholining keng qatlamlari manfaatlarini 

himoya qilishdan iboratdir. 

 

Sug’urta  kompaniyalari  asosiy  faoliyati  bilan  bir  qatorda  investsiya 



faoliyatini  ham  amalga  oshirish  imkoniyatiga  egadir.  Odatda,  sug’urta 

kompaniyalarining  sug’urtaviy  xizmat  ko’rsatish  o’ziga  xos  xususiyatga  ega 

ya’ni, mijoz dastlab sug’urtalovchiga sug’urta badalini shartnoma tuzilishi bilan 

to’laydi. 

Sug’urta 

shartnomasi 

muddatining 

tugashi 


xizmat 

to’liq 


ko’rsatilganligini 

bildiradi. 

Demak, 

sug’urta 



kompaniyalarida 

moliya 


                                                 

8

 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi qonunning 6-moddasi. lex.uz. 



14 

 

resurslarining 



harakati 

xususiyatlari 

shunga 

olib 


boradiki, 

sug’urta 

kompaniyalari  ixtiyorida  shartnomani  amal  qilish  mobaynida  qo’shimcha 

daromad  olish  maqsadida  investitsiyalash  mumkin  bo’lgan  vaqtinchalik 

majburiyatdan  xoli  bo’lgan  katta  miqdorda  vaqtincha  bo’sh  mablag’lar 

to’planadi.  Sug’urtalovchilar  bu  mablag’larni  qo’shimcha  daromad  olish 

maqsadida turli ob’ektlarga investitsiya qilishlari mumkin.  

 

Sug’urta  tashkilotlari  ixtiyorida  katta  miqdordagi  moliyaviy  resurslarni 



to’planishi,  ularni  iqtisodiyotni  rivojlanishida  muhim  rol  o’ynashini  ko’rsatadi. 

Chunki  sug’urta  kompaniyalar  tomonidan  moliya  resurslarining  to’planishi 

sug’urtani  faol  investitsion  siyosat  yo’li  bilan  iqtisodiyotning  asosiy  omiliga 

aylantiradi.  Boshqacha  so’z  bilan  aytganda,  sug’urtalovchilar  turli  polis 

egalaridan  olingan  passiv  pul  mablag’larni  moliya  bozorida  harakat  qiluvchi 

aktiv kapitaliga aylantirishadi. 

Sug’urta  kompaniyasining  investitsion  imkoniyatlarini  quyidagi  omillar 

belgilaydi: 

-

 

yig’iladigan sug’urta mukofotlari hajmi; 



-

 

sug’urta portfeli hajmi



-

 

amalga oshirilayotgan sug’urta xizmatining foydaliligi yoki zararliligi; 



-

 

sug’urta  rezervlarini  shakllantirishga  davlat  tomonidan  qo’yiladigan 



talablar; 

-

 



tuzilgan sug’urta shartnomalari muddati

-

 



o’zlik mablag’lari hajmi. 

Sug’urta  kompaniyasining  investitsion  imkoniyatlari  taxminan  shunday 

deyarli  shakllanib  boradi.  Investitsion  imkoniyat  asosiy  qismi  ”O’zlik 

mablag’lar”ga  to’g’ri  keladi.  Sug’urta  rezervi  esa  domiy  ravishda  sug’urta 

qoplamalari  to’lanishiga  qarab  o’zgarib  turadi.  Sug’urta  kompaniyasining 

investitsion portfeli tizimi, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlashi lozim va 

u  odatda  sug’urta  nazorati  me’yorlari  bilan  belgilanadi.  Unda  sug’urta 

zaxiralarining  vaqtinchalik  bo’sh  turgan  mablag’larini  joylashtirish  tartibi 

belgilanadi. 


15 

 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling