Moliyaviy tahlil


Download 458.67 Kb.
Pdf просмотр
bet4/5
Sana24.05.2018
Hajmi458.67 Kb.
1   2   3   4   5

II-bob bo’yicha xulosa. 

Sug’urta  kompaniyalari  ixtiyorida  juda  katga  mablag’lar  bo’lib,  bu 

mablag’lar  sug’urta  qoplamalarini  to’lash  va  talab  majburiyatlarini  to’lash 

oralig’ida  paydo  bo’ladigan  vaqt  hisobiga  hosil  bo’ladi.  Masalan,  sug’urta 

to’lovi yanvarda kiritilgan bo’lsa, sug’urta majburiyati dekabrda talab qilinishi 

mumkin.  Sug’urta  kompaniyalari  to’planib  qolgan  mablag’ni  ushlab 

turmasdan  belgilangan  me’yoriy  hujjatlarga  asosan,  zaxiralarga  va 

investitsiyaga  yo’naltirishadi.  Albatta  ularning  daromadi  mablag’ning  qaerga 

va  qanday  maqsadda  qo’yilishiga  bog’liqsir.  Sug’urta  kompaniyalari 

investitsiyani  yo’naltirishda  keng  diapazonni  qo’llashadi.  Bu  bilan  ular 

davlatga  juda  katta  yordam  ko’rsatadi.  Sug’urta  kompaniyalaridan  tushgan 

mablag’lar  iqtisodiyotning  biron-bir  tarmog’iga  yo’naltiriladi  va  u  o’sha 

tarmoqni o’sishiga yordam beradi. 

 

 



 

 

 



 

36 

 

III BOB. SUG’URTA KOMPANIYALARINING INVESTITSION 



FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI 

3.1. 

S

ug’urta kompaniyalari investitsiyon faoliyatida pul oqimini oshirish 

imkoniyatlarini baholash 

Sug’urta  tashkilotlariga  sug’urta  bozorida  sug’urta  faoliyatdan  tashqari 

qo’shimcha  investitsiya  faoliyatini  ham  birgalikda  olib  borishlari  uchun  juda 

keng  imkoniyatlar  yaratildi.  Sug’urta  tashkilotlari  sug’urta  operatsiyalaridan 

olinadigan daromadlardan tashqari investitsiya faoliyatidan ham daromad olish 

imkoniyatiga ega. 

Shuning  uchun  sug’urta  kompaniyalarining  investitsiya  samaradorligi 

asosan  investitsiyani  qaysi  sohaga  joylashtirishga  va  investitsiyalarni  qaysi 

yo’nalishda ishlatishga bog’liqdir. Sug’urta kompaniyasining iqtisodiy jihatdan 

rivojlanishi 

birinchidan, 

investitsiya 

miqdoriga, 

ikkinchidan 

uning 

samaradorligiga  bog’liqdir.  Shunday  ekan  investorlarni  investitsiya  faoliyatini 



oqilona  olib  borishlari,  yangi-yangi  investitsiya  manbalarini  ishlab  chiqishlari 

orqali investitsiya mablag’larini ko’paytirish talab qilinadi.  

Investitsiyadan  daromad  olish  -  bu  sug’urta  kompaniyalarning  sug’urta 

xususiyatiga  ega  bo’lmagan  xo’jalik  faoliyatida  qatnashishidan  olinadi.   

Sug’urtalovchining  investitsiya  faoliyatidan  daromad  olishi  asosiy  funksiyasi 

hisoblanmaydi biroq, ushbu daromadlar sug’urta javobgarligini kengaytirish va 

alohida  sug’urta  turlari  bo’yicha  tariflarni  pasaytirish,  sug’urtalovchining 

to’lov  qobiliyatini  oshirishga,  material-texnik  bazasini  mustahkamlash  va 

sug’urta ishini boshqa yo’nalishlarda rivojlantirishga mezon bo’ladi. 

Sug’urtalovchi  brutto  tarifni  hisoblash  bilan  sug’urta  xizmati  tannarxini 

aniqlaydi, sotish bahosi sug’urta shartnomasini tuzish vaqtida ma’lum bo’ladi. 

Sug’urta  xizmatini  sotish  bahosi  bozor  kon’yukturlar,  sug’urtalovchilarning 

kelishuvi, davlat baho siyosati va boshqa faktorlar ta’sirida shakllanadi. 

Sug’urta  nazariyasida  sug’urta  xizmati  bahosining  maksimumi 

sug’urtalanuvchilar talabi bilan aniqlaydi, minimumi esa sug ’urtalovchi va 

sug’urtalanuvchi  munosabatlari ekvivalentligini ta’minlovchi mablag’ sifatida 



37 

 

qaraladi.  Biroq,  sug’urta  bozori  rivojlangan  davlatlarda  sug’urta  xizmati 



bahosi  sug’urtalovchining  moliyaviy  faoliyati  samaradorligini  va  uning 

investitsiya  faoliyati  imkoniyatlarini  aniqlaydi.  Agar 

sug’urtalovchini 

mustahkam  sug’urta  portfeli  bo’lsa,  uning  ish  yuritish  xarajati  past, 

investitsiya faoliyatidan olinadigan daromad yuqori bo’ladi. 

Sug’urta  badali  -  bu  sug’urta  kompaniyasining  birlamchi  daromadi, 

mablag’larni  yanada  aylanishining  asosi  hamda  investitsiya  faoliyatini 

moliyalashtirish manbaidir. 

Investitsiya 

faoliyati 

mablag’larining 

aylanishi 

ehtimolligi 

xususiyati  sug’urtalanuvchi  badallarining  sug’urtalovchi  hisob-raqamiga 

kelib  tushgandan  boshlab  sug’urta  qoplamalari  ko’rinishida  to’lanishigacha 

gohida,  juda  ahamiyatli  bo’lgan  (masalan,  shaxsiy  sug’urtada)  ma’lum  vaqt 

oralig’iga asoslanadi. 

Sug’urta  kompaniyalari  qayta  sug’urtalash  operatsiyalarni  olib 

borishda  uzatuvchi  kompaniya  bo’lib,  qayta  sug’urtalash  badallaridan 

ma’lum  qismini  ushlab  qoladi,  qayta  sug’urta  bo’yicha  javobgarligini 

qoplash  uchun  zaxira  badallari  va  ma’lum  bo’lgan  to’lanmagan  zararlar 

bo’yicha  zaxiralar  tashkil  etadi.  Barcha  sanab  o’tilgan  faktorlar  oxirgi  natijada 

sug’urta  kompaniyalarida  “bo’sh  mablag’lar”ini  tashkil  etadi  va  bundan 

ma’lum  muddat  davomida  sug’urta  uchun  emas,  balki  tijorat  faoliyatida 

foydalanishi  mumkin.  Ushbu  mablag’lar  aksiya  va  boshqa  qimmatbaho 

qog’ozlar  hamda,  ma’lum  miqsorda  foizlar  olish  maqsadida  mablag’larni 

depozitga  joylashtirishga  investitsiya  qilinadi. Boshqa  sug’urta  kompaniyalari, 

banklar,  sanoat  korxonalari  va  boshqa  tashkilotlarni  aksiyalarni  sotib  olish 

yo’li  bilan  sug’urta  kompaniyalari  aksiya  paketi  nazoratini  o’ziga  olishini 

ta’minlaydi. Natijada sug’urta monopoliyasining banklar va sanoat kapitali bilan 

bog’liq murrakab moliyaviy tizim shakllanadi. 

Respublikamiz  sug’urta  bozorini  rivojlantirish  bevosita  sug’urta 

kompaniyalarini  investitsiya  sohasiga keng  jarayonda kirib  borish  yo’nalishlari 

bilan  chambarchas  bog’liqdir.  Ayrim  holatlarda,  hozirgi  vaqtda  sug’urta 



38 

 

kompaniyalarning investitsiya faoliyatini takomillashtirishga to’sqinlik qiluvchi 



talaygina omillar mavjud bo’lib, bular o’z ichiga quyidagilarni oladi: 

-

 



qimmatbaho  qog’ozlar  bozorining  to’liq  shakllanmaganligi,  jumladan 

ikkilamchi bozor faoliyatining sustligi

-

 

iqtisodiyot sohasiga inflyasiyaning ta’siri; 



-

 

fuqarolar  va  yuridik  shaxslarning  sug’urta  xizmatlariga  bo’lgan  talabi 



va mavjud to’lov qobiliyatliligi darajasi pastligi; 

-

 



sug’urta  zaxiralarini  uzoq  muddatga  joylashtirishning  ishonchli 

instrumentlari etarli darajada mavjud emasligi; 

-

 

milliy  qayta  sug’urtalash  bozorining  rivojlamaganligi,  xorijiy  qayta 



sug’urtalash  kompaniyalarining  ishtirokisiz  katta  risklarni  sug’urtalash 

imkoniyatsizligi  sug’urta  badallari  oqimining  asoslanmagan  holda  chetga 

chiqib ketishi; 

-

 



hayot  sug’urtasining  etarli  darajada  rivojlanmaganligi.  Aynan  hayot 

sug’urtasidan  yig’ilgan  sug’urta  mukofotlari,  uzoq  muddatli  investitsiyaning 

asosini tashkil etadi. 

Sug’urta  kompaniyasining  investitsion  imkoniyatlarini  qo’yidagi  omillar 

belgilaydi: 

mijozlar  soni  va  sug’urta  mukofoti  hajmiga  bog’liq  bo’lgan 



vaqtinchalik bo’sh mablag’lar hajmi; 

muddatlar,  ya’ni  bu  vaqt  davomida  ushbu  mablag’lardan  foydalanish 



mumkin bo’ladi. 

Sug’urta  kompaniyasini  investitsion  portfel  tizimi,  uning  moliyaviy 

barqarorligini  ta’minlashi  lozim  va  u  odatda  sug’urta  nazorati  me’yorlari  bilan 

belgilanadi. 

Unda 

sug’urta 



zaxiralarining 

vaqtinchalik 

bo’sh 

turgan 


mablag’larini  joylashtirish  tartibi  belgilangan,  davlat  tomonidan  sug’urta 

investitsiyalarining ma’lum bir himoyasi ta’minlangan. 

Sug’urta  kompaniyalari  investitsiya  faoliyatini  boshqarishda  asosiy 

maqsadlaridan  biri,  bu  -  o’z  investitsiya  faoliyatidan  to’g’ri  va  oqilona 



39 

 

foydalanishni  boshqarish  orqali  samaraga  erishishdir.  Buning  uchun  sug’urta 



kompaniyasining investitsiya dasturi quyidagi talablarga javob berishi kerak: 

-  sug’urta  kompaniyasi  investitsiya  portfelining  barqorligini  ta’minlashi  shart. 

Shundagina  sug’urta  kompaniyasining  barqarorligi  va  raqobatdoshligi  oshib 

boradi; 


-  investitsiyaning  daromadli  va  ishonchli  yo’nalishini  ta’minlash  sug’urta 

kompaniyasining  asosiy  maqsadlaridan  biridir.  Investitsiya  portfelini  samarali 

yo’naltirishda birinchi navbatda quyidagilarga ahamiyat berish lozim; 

-

 



sug’urta  xodisasining  sodir  bo’lish  va  to’lov  majburiyatining  bajarish 

ehtimolligiga; 

-

 

investitsiya tavakkalchiligida sug’urta zaxiralarini yo’qotish ehtimolligiga. 



Sug’urta  kompaniyasining  investitsiya  dasturidagi  sug’urta  hodisasi 

ehtimolligi  uning  faoliyati  xususiyatidan  kelib  chiqadi.  Chunki  sug’urta 

kompaniyasi  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  hayoti,  sog’lig’i  yoki  mulkiga 

tasodifan  etgan  zararni  qoplashni  sug’urta  shartnomasi  shartlariga  asosan  o’z 

zimmasiga  oladi.  Shuning  uchun  investitsiya  rejalashtirilayotganda  to’lov 

majburiyatlarining  bajarilishi  ehtimolligi  asosiy  faktorlardan  biri 

hisoblanadi. 

Milliy  sug’urta  tizimini  rivojlantirishning  istiqbolli  vazifalaridan  biri 

sug’urtalovchilarning 

mablag’larini 

investitsiya 

qilish 


yo’nalishlarni 

kengayishini  ta’minlovchi,  mamlakatda  qulay  investitsiya  sharoitlarni  tashkil 

etuvchi  choralarni  ishlab  chiqish  va  tadbiq  etishni  nazarda  tutadigan 

investitsiya siyosatni takomillashtirishdan iboratdir. 

Mamlakat  iqtisodiyotini  rivojlantirish  uchun  investitsiyalarni  jalb  qilish 

va  sug’urtalanuvchilarga  sug’urtaga  qo’yilgan  o’z  omonatlarini  ishonchli 

saqlanishidan  foydalanish  imkoniyatlarini  yaratish  maqsadlarida,  sug’urta 

turlari  va  shartnomalarni  amal  qilish  muddatni  hisobga  olgan  xolda  sug’urta 

tashkilotlarning 

moliyaviy 

mablag’lari 

qo’yilmalari 

yo’nalishni 

muvofiqlashtirish,  ularni  qo’yilmalari  me’yorlarini  o’rnatish,  investitsiya 

oqimlarini hayotni sug’urtalash va boshqa sug’urta turlariga ajratish shuningdek


40 

 

uzoq  muddatli  investitsiyalarni  rag’batlantirish  maqsadga  muvofiq  bo’ladi. 



Majburiy  sug’urta  turlarini  amalga  oshirish  natijasida  olingan  mablag’larni 

joylashtirish  tartibi  shuningdek,  fuqarolarning  shaxsiy  sug’urtasi,  uning 

investitsiya qilish riskni kamaytirish lozim. 

Sug’urta kompaniyalarning investitsiya faoliyatini quyidagi mablag’lar 

hisobidan amalga oshirishlari mumkin: 

-  o’z mablag’i; 

-  qarz mablag’i; 

-   sug’urta zaxiralari. 

Barcha  bozor  iqtisodiyoti  sharoitidagi  davlatlarida  sug’urta  zaxiralarni 

qoplaydigan aktivlarni joylashtirish me’yorlari o’rnatilgan. 

Sug’urta  kompaniyasining  investitsiya  siyosati 

-  bu  sug’urta 

shartnomalari  turlaridan,  ularga  sug’urta  qoplamalarini  to’lash  muddatlaridan 

kelib  chiqqan  holda,  mavjud  bo’lgan  moliya  instrumentlariga  resurslarni 

optimal tarzda investitsiyalashni bildiradi 

18



Bugungi  kunda  sug’urta  kompaniyalari  oldida  inflyasiya  darajasini 



yuqoriligi  va  moliyaviy  instrumentlar  foydaligi  va  likvidliligining  yo’qligi 

sababli  investitsiya  portfelini  ishonchli  tamoyillarini  shakllantirish  vazifasi 

bo’yicha  katta  murakkablik  turibdi.  Moliyaviy  bozor  tizimining  tangligi 

sug’urtalovchilar  aktivlarini  investitsiya  qilish  imkoniyatlarni  pasaytirishga 

olib  keladi.  Banklarga  bo’lgan  ishonchsizlikning  oshishi  sug’urtalovchining 

investitsiya  portfelida  bank  depozitlar  ulushini  kamayishiga  olib  keladi. 

Bundan  tashqari,  aktivlarni  joylashtirishning  ikki  holati:  yaqin  kelajakda  va 

uzoq  kelajakda  ko’rib  chiqish  variantlarni  tanlash  imkoni  mavjud. 

Sug’urtalovchining  qisqa  muddatli  investitsiya  siyosatini  ishlab  chiqishda 

birinchi  o’rinda,  iqtisodiyotning  joriy  holatini  aniqlaydigan  inflyasiya 

jarayonini  o’zgarishi  faktorlarga  mo’ljallangan  bo’lishi  lozim.  Rivojlangan 

davlatlarda  ko’chmas  mulkka  qo’yilmalar  qo’yish  inflyasiyadan  ko’proq 

himoyalangan  deb  qabul  qilinadi.  Hozirgi  vaqtda  korporativ  qimmatbaho 

                                                 

18

 Krutik A.V.Dikitina T.V. "Organizatsiya straxovogo dela" i.d. "Biznes-Pressa", S-Peterburg, 1999 g. 



41 

 

kog’ozlardan faqat  aksiyalar ko’p  sonli  kompaniyalarga daromad keltirmoqda. 



Korporativ qimmatbaho kog’ozlarga qo’yilmalar qo’yish ko’proq kuzatilmoqda. 

Sug’urtalovchilarning 

o’z 

qo’lida 


ko’p 

miqdorda 

moliyaviy 

resurslarni to’plashi investitsiya yo’li bilan iqtisodiyotni rivojlanishiga kerakli 

faktor hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos shart-sharoitlari, 

hamda  mamlakatimiz  sug’urta  kompaniyalarining  bozordagi  tajribalarining 

ozligi,  investitsiya  sohasini  mukammal  olib  boradigan  mutaxassislarning 

etishmasligi  investitsiya  faoliyatni  samaradorligini  oshirishda  sezilarli 

ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. 

Xorijiy  davlatlar  sug’urta  kompaniyalari  investitsiya  faoliyatlari  bilan 

tanishib  chiqqanimizda  bo’sh  mablag’larning  investitsiyaga  yo’nalishlarini 

bizning  mamlakatimiz  sug’urta  kompaniyalari  mablag’larini  investitsiyalash 

yo’nalishlariga  qaraganda  bir  necha  martta  ko’pligi,  investitsiya  faoliyatini 

samaradorligini 

oshirib 

qolmay 


balki 

investitsiyaga 

yo’naltirilgan 

mablag’larni havfsizligini ham ta’minlaydi. 

Mamlakat  sug’urta  kompaniyalari  yuqorida  ko’rsatib  o’tilgan 

sabablarga ko’ra o’z  mablag’larini  investitsiyaga  jalb  etishda  asosan  ayrim 

yo’nalishlarga jalb qilib kelmoqdalar. Bu holat esa o’z o’rnida daromad olish 

samaradorligi darajasini pasaytirib kelmoqda. 

O’zbekistonda  turli  xil  tavakkalchiliklardan  sug’urtalash,  etarli 

darajada  rivojlanmagan.  Bu  esa  o’z  navbatida  sug’urta  faoliyatini  qonun 

bo’yicha  ta’minlashdagi  va  sug’urtalashni  amalga  oshirishda  tajribaning 

etishmasligiga  bog’liqdir.  Ushbu  hol  o’z  navbatida  investitsiya  faoliyatini 

samarali  olib  borishga  o’z  ta’sirini  ko’rsatmoqda.  Mamlakatimiz  sug’urta 

kompaniyalarining  investitsiya  faoliyatini  yanada  rivojlantirish,  faoliyatini 

samarali  olib  borishdagi  mavjud  kamchiliklar  hamda  g’ov  bo’layotgan 

muammolarni  bartaraf  etish  chora-tadbirlarini  ko’rish,  mavjud 

moliyaviy  instrumentlardan  unumli  foydalanish,  xorijiy  davlatlar  ilg’or 

tajribalarini  faoliyatda  qo’llash  orqali  samaradorlikni  oshirish,  imtiyozlardan 

samarali  foydalanish,  investitsiyaga  yo’naltiriladigan  mablag’lar  manbalarini 


42 

 

izlab  topish,  yangi  zamonaviy  sug’urta  turlarini  yaratish  hamda  yuqori 



saviyadagi  sug’urta  xizmatlarini  ko’rsatish  orqali  sug’urtalanuvchilar 

ishonchiga kirish asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 

Ishonchlilik 

deganda, 

mablag’lar 

ishonchli 

boshqariladigan 

kompaniyalarga  yoki  muvaffaqiyatli  bo’ladigan  loyihlarga  kiritish  tushuniladi. 

Hatto yuqori foyda keltirishni va’da qilgan spekulyativ yoki riskli korxonalarga 

malbag’larni kiritmoqchi bo’lgan menejerlar o’ta mas’uliyatsiz ishga qo’l urgan 

bo’lar edi (risk mavjud holatda mazkur kiritmalar iqtisodiy konyuktura, ijtimoiy 

yoki siyosiy omillar o’zgarishi natijasida qolib ketishi mumkin)

19



 



3.2 O’zbekistonda sug’urta kompaniyalarining investitsion faoliyatini 

rivojlantirish istiqbollari 

 Sug’urta  kompaniyalarining  investitsiya  faoliyati  bilan  bog’liq 

munosabatlarini  yaxshi  yo’lga  qo’yish  bugungi  kunda  dolzarb  masalalardan 

biriga aylanib bormoqda. Buning uchun: 

-

 

birinchi navbatda har bir sug’urtalovchi o’zining investitsiya siyosatidan 



oqilona foydalanish;  

-

 



ikkinchidan esa investitsiyalarni boshqarishdan iboratdir. 

Investitsiyalarni 

boshqarish 

sug’urta 

kompaniyalarini 

muhim 


muammolaridan  biri  hisoblanadi.  Buning  uchun  investitsiya  siyosati  quyidagi 

talablarga javob berishi lozim: 

-

 

sug’urta  kompaniyasida  shakllangan  investitsiya  portfeli,  investitsiya 



siyosatini  sug’urta  kompaniyasining  raqobatdoshligini  va  barqarorligi 

yuqorligini ta’minlashi; 

-

 

sug’urta  kompaniyasi  investitsiya  siyosatini  yuqori  ishonchliligini 



ta’minlashi. 

Investitsiya  daromadliligi  va  ishonchliligini  ta’minlanishining  asosiy  

tayanchi hisob-kitoblar hisoblanadi. 

                                                 

19

 Qarang: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, 



Great Britain, 1993. p 

43 

 

Investitsiya  portfeli  qulayligini  tanlashda  birinchi  o’rinda  ikkita  asosiy 



turdagi risklarni hisobga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi: 

-

 



sug’urta  hodisasi  ro’y  berganda,  sug’urta  qoplamasini  pul 

mablag’lari shaklidato’lanishini talab etadigan sug’urta risklari; 

-

 

investitsiya  institutlarida  o’z  mablag’larini  va  sug’urta  zaxiralarni 



yo’qotish riski ya’ni, investitsiya risklari. 

Investitsiya  institutlarining  to’lov  qobiliyatini  sustligi,  investitsiya 

bo’yicha  rejalashtirilgan  asosiy  ko’rsatkichlarga  salbiy  ta’siri  oqibatida 

mablag’larni yuqotish riskini yuzaga keltirishi mumkin. 

Mamlakatimiz iqtisodiyotining yanada erkinlashuvi sharoitida sug’urta 

faoliyati  bozor  infratuzilmasining  muhim  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Mazkur 

faoliyatning  yangi  talablar  asosida  rivojlanishi  va  takomillashib  borishi 

iqtisodiyotning ko’p ukladlilik xarakteri bilan uyg’unlikda kechmoqda. 

O’zbekistonda  jadal  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlarni 

yanada  erkinlashtirish  davrida  sug’urta  faoliyatining  o’zgarishi,  ko’lami  va 

yo’nalishi  kengayib  borayotganligi,  uni  mamlakatimizda  strategik  ahamiyatga 

ega bo’lgan soha sifatida tadqiq etish zaruratini yuzaga keltirdi. 

So’nggi 

yillarda 

mamlakatimizda 

sug’urta 

faoliyatini 

amalga 


oshirishning  huquqiy  asoslarini  takomillashuvi  uning  rivojlanishi  uchun 

ob’ektiv  shart-sharoit  tug’dirmoqsa.  O’zbekistonda  sug’urta  faoliyatini 

muvofiqlashtirish  bo’yicha  qonunchilik  tizimi  yaratib  bo’lindi.  U  umumiy, 

maxsus  hamda  qonun  osti  hujjatlar  majmuasidan  iboratdir.  Bizning 

nazarimizga  ko’ra,  ular  orasida  sug’urta  faoliyatining  ravnaqida  2002  yilning 

28  mayidan  boshlab  amaliyotga  joriy  etilgan  O’zbekiston  Respublikasining 

“Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuni muhim ahamiyat kasb etadi. 

Investitsiya  faoliyatini  muvofiqlashtirish,  uning  muhim  yo’nalishida 

qulay  shart-sharoitlar  yaratilishini  taqazo  etadi.  Avvalo  ijtimoiy  rivojlantirish 

yangilik  va  ixtirolarni  tatbiq  etish  asosida  ijtimoiy  talablarni  qondirishga 

qaratiladi.  Bu  borada  muvofiqlashtirishni  tashkil  etish,  investitsiya  faoliyati 


44 

 

holatini  aniqlash,  shart-sharoitlarni  o’rganish  hamda  investitsiyalarni 



boshqarish bilan birga olib boriladi. 

Bugungi  kunda  yuqorida  qayd  etilgan  chora-tadbirlarni  hayotga  tatbiq 

etish  maqsadida  respublikamizda  bir  qator  qonun  hujjatlari  amal  qilmoqda. 

Afsuski,  ma’lum  ob’ektiv  va  sub’ektiv  sabablarga  ko’ra  investitsiya  faoliyatini 

to’la-to’kis ravishda muvofiqlashtirishga erishib bo’lmayapti. 

Boshqa  soha  vakillari  kabi  sug’urta  kompaniyasi  investitsiya  faoliyati 

ham  ma’lum  qaltislik  ositida  olib  boriladi,  ya’ni  investitsiyaga  yo’naltirilgan 

mablag’lardan kutilgan daromad kelmasligi mumkin.  

Kompaniyaning  investitsiya  siyosatini  olib  borishida  investitsiya 

risklarini  qay  tarzda  boshqarishi  muhim  o’rin  tutishi  2-rasmda  rasmda 

keltirilgan.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

7-rasm. Riskni boshqarish usullari



20

Sug’urta  kompaniyasi  investitsiya  faoliyatini  olib  borishi  jarayonida 



investitsiya  risklarini  ham  oldini  olishi  kerak,  ya’ni  bunda  investitsiyadan 

keladigan  daromad  vaziyat  o’zgarganda  yo’qotilishi  mumkin.  Bu  risklarni 

                                                 

20

Shapkin A.S. «Rol fyuchersov i optsionov v upravlenii investitsiyami» «Straxovoe delo» iyul, 2003  



Riskni o’ziga 

olish 


 

Diversifikasiya 

 

Sug’urtalash 



Riskdan 

qochish 


Loyihalarni 

moliyalashtirish 

jarayonida riskni 

hisobga olish 

Ko’proq 

ma’lumotga ega 

bo’lish 

 

Riskni sifatli 



boshqarish 

RISKNI 

BOSHQARISH 

USULLARI 

 

Xedjerlash 



 

Limitlash 

 

Mablag’larni 



zaxiralash 

45 

 

oldini  olish  maqsadida  rivojlangan  davlatlarda  fyuchers  va  opsion 



shartnomalar tuziladi. 

Fyuchers  shartnomasi  -  bu  shartli  ravishdagi  sotib  oluvchi  va  sotuvchi 

o’rtasidagi kelishuv, ya’ni unga ko’ra sotib oluvchi ma’lum muddatda ma’lum 

turdagi  mahsulotni  sotib  olish,  sotuvchi  esa  ushu  muddatda  usha  mahsulotni 

sotib olish javobgarligini o’z zimmasiga oladi

21

.  



Bunda sotib oluvchi agar fyucher narxi oshsa foyda oladi, sotuvchi esa 

fyuchers  shartnomasi  narxi  tushganda  foyda  oladi.  Bu  jarayonni  sug’urtaga 

tadbiq  qiladigan  bo’lsak,  sug’urta  kompaniyasi  o’z  aktivlarini  biror-bir 

tarmoqqa  yo’naltirishdan  oldin,  fyuchers  shartnomasini  imzolasa  maqsadga 

muvofiq bo’ladi. 

Sug’urta  kompaniyasining  asosiy  ish  faoliyati  sug’urtalash  ekan,  uning 

aktivlarini  boshqarish  jarayoni  qo’shimcha  jarayondir.  Demak    aktivlarni  

boshqarish  ham  sug’urta  kompaniyasida  o’ziga  xos  mehnat  aniq  tadbirlar 

ishlab chiqishni talab etadi.  

Sug’urta  kompaniyasi  investitsiya  faoliyati  bilan  bog’liq  bo’lgan 

imkoniyatlaridan  amaliyotda  qay  darajada  foydalanayotgani  ham  muhim 

ahamiyatga  egadir.  Investitsiyalashdan  keladigan  daromadlarni  foydaliligini 

oshirish  uchun  aniq  optimallashtirish  usuliga  ega  bo’lishi  keraqdir.  Mavjud 

bo’lgan  bir  qancha  sabablarga  ko’ra  sug’urta  kompaniyasining  investitsiya 

faoliyatini  optimallashtirishga  qaratilgan  ishlar  juda  kam  o’rganilgan,  yoki 

sug’urtaning  o’ziga  xos  xususiyatlari  to’lig’icha  aks  ettirilmay  qolganligidan 

dalolat beradi. Ya’ni; 

Birinchidan, 

sug’urta 

kompaniyalari 

optimallashtirish 

modelini 

tuzishdan  oldin  faqatgina  sug’urta  rezervini  emas,  balki  sug’urta  javobgarligi 

bilan  to’g’ridan-to’g’ri  bog’liq  bo’lmagan  “o’zlik  mablag’lari”ni  ham  hisobga 

olishlari  shart.  O’zlik  mablag’larining  ayrim  qismlaridan  investitsiyalashda 

foydalanish mumkindir. 

                                                 

21

 Shapkin A.S. «Rol fyuchersov i optsionov v upravlenii investitsiyami» «Straxovoe delo» iyul, 2003. 



 

46 

 

Ikkinchidan,  ko’pincha  investitsiya  portfelini  baholashda  “sug’urta 



rezervi”  ko’rsatkichiga  e’tibor  qaratiladi.  “Sug’urta  rezervi”  shartli 

xarakterga  ega  va  uning  qiymati  esa  hisoblash  usuliga  bog’liqdir.  Ayrim 

hollarda  sug’urta  rezervi  qiymati  olingan  javobgarlik  qiymati  bilan  mos 

kelmay  qolishi  mumkin  va  oqibatda  sug’urta  kompaniyasining investitsiya 

portfeli baholash noto’g’ri xulosa va natijalarga olib kelishi mumkin. 

Uchinchidan  esa,  investitsiya  faoliyatini  optimallashtirish  jarayonida 

nazardan  chetda  qoladigan  yana  bir  xususiyat  bor.  Odatda  optimallashtirishni 

ishlab chiqishda mablag’larni davlat tomonidan o’rnatilgan yo’nalishlarga va 

belgilangan limitlar doirasida yunaltirishga e’tibor beriladi. Lekin, sug’urtani 

tabiati  bilan  bog’liq  yana  bir  chegara  borki,  bu  ham  bo’lsa  sug’urta 

rezervlarining  faqatgina  vaqtincha  bo’sh  mablag’  ekanligidir.  Bu  mablag’lar 

sug’urta  javobgarligi  bilan  bog’liq  va  ular  har  qanday  holatda  qaytarilishiga 

to’g’ri  keladigan  holatlar  mavjud.  Bu  omilni  faqatgina  sug’urta  portfelini 

chuqur tahlil qilgan holda baholash mumkin.  

Shuni alohida qayd etish zarurki, sug’urta kompaniyalari o’z aktivlarining 

katta qismini qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilganlar. Buning asosiy sababi 

nimada? 

Buning 


asosiy 

sababi 


shundaki, 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining  2008  yil  21  maydagi  “Sug’urta  xizmatlari  bozorini 

rivojlantirishga  oid  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida”  PQ-872-son 

Qaroriga  asosan  shunday  tartib  belgilandiki,  unga  ko’ra  sug’urtalovchilar 

qimmatli  qog’ozlar  bozorida  investitsion  vositachi  sifatida  professional 

faoliyatni  amalga  oshirish  huquqiga  ega.  Bunda  sug’urtalovchilar  tomonidan 

ko’rsatilgan  faoliyat  turini  amalga  oshirish  uchun  litsenziya  olishi  talab 

qilinmaydi. Eng muhimi Prezident Qarori bilan 2008 yilning 1 iyunidan boshlab 

uch yil muddatga yuridik va jismoniy shaxslarning sug’urtalovchilar aktsiyalari 

bo’yicha  dividendlar  ko’rinishida  olingan  daromadlari  yuridik  shaxslarning 

foyda solig’i va jismoniy shaxslarning daromad solig’ini to’lashdan ozod qilindi. 

Shuningdek,  sug’urtalovchilarning  dividendlar  va  foizlar  ko’rinishida  olingan 

daromadlari  yuridik  shaxslarning  foyda  solig’ini  to’lashdan  ozod  qilindi  va 


47 

 

soliqdan  bo’shagan  mablag’lar  respublika  hududlarida,  birinchi  navbatda, 



qishloq joylarida hududiy bo’linmalarni, keng tarmoqli agentlik tizimini tashkil 

qilish,  shuningdek,  ularning  moddiy-texnik  bazasini  rivojlantirishga  maqsadli 

yo’naltirilishi belgilab qo’yildi. 

Qimmatli qog’ozlar - hujjatlar bo’lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik 

shaxs  bilan  ularning  egasi  o’rtasidagi  mulkiy  huquqlarni  yoki  qarz 

munosabatlarini  tasdiqlaydi,  dividendlar  yoki  foizlar  tarzida  daromad  to’lashni 

hamda  ushbu  hujjatlardan  kelib  chiqadigan  huquqlarni  boshqa  shaxslarga 

o’tkazish  imkoniyatini  nazarda  tutadi.  Qimmatli  qog’ozlarning  qiymati 

O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi

-

 



qimmatli qog’ozlar bozori — yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli 

qog’ozlarni  chiqarish,  joylashtirish  va  ularning  muomalasi  bilan  bog’liq 

munosabatlari tizimi; 

-

 



qimmatli  qog’ozlar  bozori  ishtirokchilari  —  qimmatli  qog’ozlar 

emitentlari,qimmatli  qog’ozlarning  egalari,  investorlar,  qimmatli  qog’ozlar 

bozorining  professional  ishtirokchilari,  shuningdek  qonun  hujjatlarida 

belgilangan tartibda birjalar; 

-

 

qimmatli  qog’ozlar  bozorining  professional  ishtirokchisi  —  qimmatli 



qog’ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs; 

-

 



qimmatli  qog’ozlar  bozorida  professional  faoliyat  —  qimmatli 

qog’ozlarni  chiqarish,  joylashtirish  va  ularning  muomalasi  bilan  bog’liq 

xizmatlar ko’rsatish bo’yicha litsenziyalanadigan faoliyat turi; 

-

 



O’zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi 

Qonunining 11-moddasida davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarish tartibi keltirib 

o’tilgan. Unga ko’ra, davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarish emissiya risolasisiz 

va davlat qimmatli qog’ozlarining chiqarilishi davlat ro’yxatidan o’tkazilmagan 

holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat qimmatli 

qog’ozlari qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga), o’rtacha muddatli (bir yildan 

besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq muddatga) 

etib chiqarilishi mumkin. 



48 

 

Yuqoridagilar  bilan  bir  qatorda  “Qimmatli  qog’ozlar  to’g’risida”gi 



Qonunning  19-moddasida  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  professional  faoliyatni 

amalga  oshirish  masalalari  o’z  aksini  topgan.  Qimmatli  qog’ozlar  bozorida 

professional  faoliyat  qimmatli  qog’ozlar  bozorini  tartibga  solish  bo’yicha 

vakolatli  davlat  organi  tomonidan  beriladigan  litsenziya  asosida  amalga 

oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno. 

Qimmatli  qog’ozlar  bozorida  professional  faoliyat  quyidagilar  sifatida 

amalga oshiriladi: 

-

 



investitsiya vositachisi (brokeri, dileri); 

-

 



investitsiya maslahatchisi; 

-

 



investitsiya fondi; 

-

 



investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi; 

-

 



depozitariy; 

-

 



hisob-kitob - kliring palatasi; 

-

 



transfer-agent; 

-

 



qimmatli qog’ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi. 

Litsenziya  talabgoriga  uning  arizasiga  binoan  qimmatli  qog’ozlar 

bozoridagi  professional  faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  yoki  mazkur  faoliyat 

turining  qismlari  uchun  litsenziya  berilishi  mumkin.  Qimmatli  qog’ozlar 

bozoridagi  professional  faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  litsenziya  qimmatli 

qog’ozlar  bozorida  professional  faoliyatni  birga  qo’shib  olib  borish  uchun 

belgilangan cheklashlar hisobga olingan holda beriladi. 

Faqat  qimmatli  qog’ozlar  bozori  mutaxassisining  malaka  guvohnomasi 

bo’lgan  kamida  ikki  xodimga  ega  yuridik  shaxslar  (investitsiya  fondi  bundan 

mustasno)  qimmatli  qog’ozlar  bozorining  professional  ishtirokchilari  bo’lishi 

mumkin.  Qimmatli  qog’ozlar  bozori  mutaxassisining  malaka  guvohnomasi  uch 

yil  muddatga  beriladi.  Qimmatli  qog’ozlar  bozorida  professional  faoliyatni 

amalga  oshiruvchi  yuridik  shaxslarning  tashkil  etilishi,  faoliyati,  qayta  tashkil 

etilishi va tugatilishi tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. 



49 

 

Vositachilik yoki topshiriq shartnomasi yoxud mijozning vositachisi yoki 



ishonchli  vakili  sifatida  qimmatli  qog’ozlarga  doir  bitimlarni  tuzish  uchun 

berilgan  ishonchnoma  asosida  ish  olib  boruvchi  yuridik  shaxs  brokerdir. 

Mijozlarning bitimlar tuzish uchun brokerga berilgan qimmatli qog’ozlari va pul 

mablag’lari,  shuningdek  broker  tomonidan  shartnomalar  asosida  mijozlar  bilan 

tuzilgan bitimlar bo’yicha olingan qimmatli qog’ozlar va pul mablag’lari broker 

tegishincha  Qimmatli  qog’ozlar  markaziy  depozitariysida va bankda ochadigan 

(ochiladigan) alohida hisobvaraqda (hisobvaraqlarda) turishi kerak.  

Broker o’ziga mijozi tomonidan topshirilgan pul mablag’laridan, mijozga 

uning topshiriqlari ko’rsatib o’tilgan pul mablag’lari hisobidan bajarilishini yoki 

ular  mijozning  talabiga  binoan  qaytarilishini  kafolatlagan  holda  o’z 

manfaatlarini  ko’zlab  foydalanishga,  agar  bu  mijoz  bilan  tuzilgan  shartnomada 

nazarda tutilgan bo’lsa, haqlidir. 

Brokerga  pul  mablag’laridan  o’z  manfaatlarini  ko’zlab  foydalanish 

huquqini  bergan  mijozlarning  pul  mablag’lari  brokerga  bunday  huquqni 

bermagan mijozlarning pul mablag’lari turgan hisobvaraqdan (hisobvaraqlardan) 

alohida  bo’lgan  hisobvaraqda  (hisobvaraqlarda)  turishi  kerak.  Broker  o’z  pul 

mablag’larini bu hisobvaraqqa (hisobvaraqlarga) o’tkazishga haqli emas, qonun 

hujjatlarida belgilangan tartibda pul mablag’larini mijozlarga qaytarish va (yoki) 

mijozlarga qarz berish hollari bundan mustasno. 

Broker  har  bir  mijozning  pul  mablag’lari  hisobini  yuritishi,  qimmatli 

qog’ozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni faqat mijozning topshirig’iga binoan 

va  u  bilan  tuzilgan  shartnomaga  muvofiq  amalga  oshirishi,  amalga  oshirilgan 

bitimlar va operatsiyalar to’g’risida unga hisobot berib borishi shart. 

Qimmatli  qog’ozlarni  sotib  olish  va  (yoki)  sotish  narxini  oshkora  e’lon 

qilish  orqali  ushbu  qimmatli  qog’ozlarni o’zi  e’lon  qilgan  narxlarda  sotib  olish 

va  (yoki)  sotish  majburiyati  bilan  o’z  nomidan  hamda  o’z  hisobidan  qimmatli 

qog’ozlarga  doir  oldi-sotdi  bitimlari  tuzuvchi  yuridik  shaxs  dilerdir.  Diler 

qimmatli  qog’ozlar  narxidan  tashqari  ularga  doir  oldi-sotdi  shartnomasining 

boshqa  muhim  shartlarini:  sotib  olinadigan  va  (yoki)  sotiladigan  qimmatli 


50 

 

qog’ozlarning  eng  kam  va  eng  ko’p  miqdorini,  shuningdek  e’lon  qilingan 



narxlarning amalda bo’lish muddatini oshkora e’lon qilish huquqiga ega. Ushbu 

e’londa  qimmatli  qog’ozlarga  doir  oldi-sotdi  shartnomasining  boshqa  muhim 

shartlari  ko’rsatilmagan  taqdirda,  diler  o’z  mijozi  taklif  qilgan  muhim  shartlar 

asosida  shartnoma  tuzishi  shart.  Diler  qimmatli  qog’ozlar  oldi-sotdi 

shartnomasini  tuzishdan  bo’yin  tovlagan  taqdirda,  unga  nisbatan  shunday 

shartnoma  tuzishga  majbur  qilish  haqida  va  (yoki)  mijozga  etkazilgan 

zararlarning o’rnini qoplash to’g’risida da’vo qo’zg’atilishi mumkin. 

Yuridik  shaxsni  -  investitsiya  vositachisini  tugatish  faqat  qimmatli 

qog’ozlar  bozorini  tartibga  solish  bo’yicha  vakolatli  davlat  organi  investitsiya 

vositachisi o’z mijozlariga tegishli bo’lgan qimmatli qog’ozlarni qaytarganligini 

yozma ravishda tasdiqlaganidan keyin amalga oshirilishi mumkin. 

Sug’urta  kompaniyalari  qimmatli  qog’ozlar  bozorining  ishtirokchisi 

sifatida quyidagi quyidagi huquqlarga ega: 

- qimmatli qog’ozlar bozoridagi o’z tavakkalchiliklarini sug’urta qilish; 

- qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari to’g’risida, qimmatli 

qog’ozlarning  emissiyasini  to’xtatib  qo’yishga,  qimmatli  qog’ozlar  bozoridagi 

professional  faoliyatni  amalga  oshirishga  doir  litsenziyalarning  amal  qilishini 

to’xtatib  turish,  tugatish  va  ularni  bekor  qilishga  doir  barcha  hollar  haqida, 

qimmatli  qog’ozlar  bozorining  professional  ishtirokchilari  va  emitentlar 

tomonidan  sodir  etilgan  huquqbuzarliklar  to’g’risida,  shuningdek  qimmatli 

qog’ozlar  bozorini  tartibga  solish  bo’yicha  vakolatli  davlat  organining  da’vo 

arizalari bo’yicha emitentlarga yoki qimmatli qog’ozlar bozorining professional 

ishtirokchilariga  nisbatan  chiqarilgan  sud  qarorlari  haqida  qimmatli  qog’ozlar 

bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organidan axborot olish; 

- davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish; 

-  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  o’z  huquqlari  buzilganligi  to’g’risidagi  va 

etkazilgan  zararlarning  o’rnini  qoplash  haqidagi  da’vo  arizasi  bilan  sudga 

murojaat qilish. 



51 

 

Investorlar  va  qimmatli  qog’ozlar  egalari,  yuqorida  ko’rsatilgan 



huquqlardan tashqari: 

-  qimmatli  qog’ozlarning  chiqarilishi  ro’yxatdan  o’tkazilganligi  to’g’risidagi, 

emitentning  joriy  moliyaviy  holati  va  uni  rivojlantirish  istiqbollari  haqidagi 

axborotni taqdim etishni emitentdan talab qilishga; 

- pul va boshqa to’lov vositalari, mol-mulk bilan, shuningdek pul qiymatiga ega 

bo’lgan huquqlar (shu jumladan, mulkiy huquqlar) asosida qimmatli qog’ozlarga 

qonun  hujjatlarida  va  emitentning  ta’sis  hujjatlarida  belgilangan  tartibda 

investitsiyalarni amalga oshirishga

-  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  o’z  xizmatlarini  taklif  etayotgan  qimmatli 

qog’ozlar  bozorining  professional  ishtirokchilaridan  o’zlari  to’g’risidagi 

axborotni ushbu Qonunga muvofiq talab qilishga ham haqli. 

-  qimmatli  qog’ozlar  bozori  ishtirokchilari  qimmatli  qog’ozlar  bozori 

to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga va qimmatli qog’ozlar bozorida o’zlari 

tuzgan shartnomalar shartlariga rioya etishlari shart. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008  yil  21  maydagi  “Sug’urta 

xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-

tadbirlar  to’g’risida”gi  PQ-872-son  qarori  (O’zbekiston  Respublikasi  qonun 

hujjatlari  to’plami,  2008  y.,  20-21-son,  172-modda)  ijrosini  ta’minlash 

maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qo’mitasi 

huzuridagi  Qimmatli  qog’ozlar  bozori  faoliyatini  muvofiqlashtirish  va  nazorat 

qilish Markazi 2008 yilning 7 noyabrida “Sug’urtalovchilar tomonidan qimmatli 

qog’ozlar  bozorida  investitsiya  vositachisi  sifatida  professional  faoliyatning 

amalga  oshirilish  tartibi  to’g’risidagi  nizomni  tasdiqlash  haqida”  qaror  qabul 

qilganlar.  Mazkur  qaror  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan 

2008 yil 2 dekabrda 1876-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan.  

Sug’urtalovchi  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  investitsiya  vositachisi 

sifatida  professional  faoliyatni  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligida 

sug’urta  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  litsenziya  olingan  vaqtdan  boshlab 

amalga  oshirish  huquqiga  ega.  Bunda,  sug’urtalovchilar  tomonidan  qimmatli 


52 

 

qog’ozlar  bozorida  investitsiya  vositachisi  sifatida  professional  faoliyatni 



amalga oshirish uchun litsenziya olinishi talab qilinmaydi. 

Sug’urtalovchilarga  ular  tomonidan  qimmatli  qog’ozlar  bozorida 

investitsiya  vositachisi  sifatida  professional  faoliyatni  amalga  oshirilishlari 

uchun  davlat  tomonidan  muayyan  talablar  belgilangan.  Bu  talablar 

quyidagilardan iborat:  

-  sug’urtalovchi  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  investitsiya  vositachisi  sifatida 

professional  faoliyatni  qonun  hujjatlari  va  mazkur  Nizom  bilan  o’rnatilgan 

talablarga rioya qilgan holda amalga oshiradi. 

-  sug’urtalovchi  o’zining  tizimida  sug’urtalovchi  tomonidan  faqat  qimmatli 

qog’ozlar  bozorida  investitsiya  vositachisi  sifatida  professional  faoliyatni 

amalga  oshirish  bilan  bog’liq  operatsiyalarni  amalga  oshirish  vazifalari 

yuklatilgan bo’linmaga ega bo’lishi lozim.  

Yuqorida  ko’rsatilgan  bo’linmaning  xodimlari  Davlat  mulki  qo’mitasi 

huzuridagi  Qimmatli  qog’ozlar  bozori  faoliyatini  muvofiqlashtirish  va  nazorat 

qilish  Markazi,  ya’ni  qimmatli  qog’ozlar  bozorini  tartibga  soluvchi  vakolatli 

davlat  organi  tomonidan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  berilgan 

qimmatli  qog’ozlar  bilan  operatsiyalarni  amalga  oshirish  huquqini  beruvchi 

malaka  attestatiga  ega  bo’lishi  lozim.  Bunda,  ushbu  bo’linma  rahbari  bo’lgan 

xodim  qimmatli  qog’ozlar  bilan  operatsiyalarni  amalga  oshirish  huquqini 

beruvchi I toifali malaka attestatiga ega bo’lishi lozim.  

Sug’urtalovchining  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  investitsiya  vositachisi 

sifatida professional faoliyatni amalga oshirish bilan bog’liq hujjatlari yuqorida 

ko’rsatilgan  bo’linma  rahbari  tomonidan  imzolangan  (viza  qo’yilgan)  bo’lishi 

lozim. 


Qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya  vositachisi sifatida professional 

faoliyatni  amalga  oshiruvchi  sug’urtalovchi  tomonidan  axborotning  oshkor 

qilinishi qonun hujjatlarida o’rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 

Sug’urtalovchilar  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  investitsiya  vositachisi 

sifatida  professional  faoliyatni  amalga  oshirishda  sug’urta  siri  to’g’risidagi 


53 

 

qonun  hujjatlari  talablariga  rioya  qilishlari  lozim,  shuningdek  qimmatli 



qog’ozlar  bozori  to’g’risidagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  maxfiy  bo’lgan 

axborotga  ega  bo’lgan  holda,  ushbu  axborotdan  bitimlar  tuzish  uchun 

foydalanish va ushbu axborotni bitimlar tuzish uchun uchinchi shaxslarga berish 

huquqiga ega emaslar. 

Qimmatli  qog’ozlar  bozorini  tartibga  soluvchi  vakolatli  davlat  organi 

qimmatli  qog’ozlar  bozorida  investitsiya  vositachisi  sifatida  professional 

faoliyatni  amalga  oshiruvchi  sug’urtalovchidan  u  tomonidan  amalga  oshirilgan 

qimmatli  qog’ozlar  bilan  bog’liq  operatsiyalar  va  bitimlar  bo’yicha  axborotni 

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda so’rash va olish huquqiga ega. 

Qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya  vositachisi sifatida professional 

faoliyatni  amalga oshiruvchi sug’urtalovchilarning  faoliyatini tartibga solish  va 

nazorat  qilish,  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan  qimmatli 

qog’ozlar  bozori  faoliyatini  tartibga  soluvchi  vakolatli  davlat  organi  bilan 

birgalikda amalga oshiriladi. 

Qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya  vositachisi sifatida professional 

faoliyatni  amalga  oshiruvchi  sug’urtalovchi  tomonidan  qimmatli  qog’ozlar 

bozori  to’g’risidagi  qonun  hujjatlari  buzilgan  taqdirda,  qimmatli  qog’ozlar 

bozorini  tartibga  soluvchi  vakolatli  davlat  organi  sug’urtalovchiga  nisbatan 

qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  choralarni  qo’llash,  shuningdek  tegishli 

choralarni  qo’llash  uchun  materiallarni  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligiga yuborish huquqiga ega. 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  shuni  aytishimiz  mumkinki, 

optimallashtirish  modelini  tuzishda  mavjud  bo’lgan  barcha  omillarni  hisobga 

olish kerak.  

Investitsiya  portfelini  optimallashtirish  doimiy  ravishda  portfelni 

yangilab  turishni  talab  etadi.  Jumladan,  sug’urtalovchi  doimo  u  yoki  bu 

moliyaviy instrumentini sotishga tayyor bo’lib turishi kerak, agar: 

-

 



kutilgan foyda kelmay qoldi, kelajakda vaziyat o’zgarishiga umid yo’q; 

-

 



ishonchlilik va likvidlik talablarini bajarmay qoldi; 

54 

 

-



 

moliyaviy  instrument  yuklatilgan  vazifani  bajarib  bo’ldi  (foyda 

maksimal darajaga erishdi); 

-

 



moliyaviy  mablag’lardan  foydalanishning  yanada  foydaliroq  yo’llari 

aniqlandi. 

Hozirgi  paytda  har  bir  kompaniyada  investitsiya  portfelini  boshqarishda 

mavjud  sharoitlardan  kelib  chiqqan  holda,  kerak  bo’lsa  matematik  hisob-

kitoblar orqali optimallashtirish modeli ishlab chiqilishi kerak. 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  xulosa  qilib  shuni  aytish  lozimki, 

bugungi  sharoitida  sug’urta  kompaniyalarini  sug’urtaviy  xizmatlarini  yanada 

takomillashtirib,  ularning  bozor  iqtisodiyotini  mos  dastaklariga  muvofiq 

ravishda  yuritilishini  nazorat  qilingan  holda  sug’urta  tashkilotlarining 

investitsiya  faoliyatiga  yo’naltiriladigan  bo’sh  mablag’lari  to’g’ri  va  oqilona 

foydalanish  yo’nalishlarini  takomillashtirishimiz  kerak.  Shundagina  sug’urta 

bo’lgan ishonch va kutilayotgan daromadlar shuncha uyg’unlashadi. 





Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling