Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan usullari. Mundarija: Kirish I. Bob Moliyaviy tahlil qo‘llaniladigan usullari


Moliyaviy menejmentning funktsiyalari


Download 95.92 Kb.
bet7/8
Sana28.10.2023
Hajmi95.92 Kb.
#1729436
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Moliyaviy tahlil metodi va usullari

3.2 Moliyaviy menejmentning funktsiyalari
Moliyaviy menejmentning mohiyati uning bajaradigan funksiyalarida namoyon boʻladi. Moliyaviy menejmentning kompleks mazmunidan kelib chiqqan holda uning bajaradigan funksiyalarini ikkita asosiy guruhga boʻlish mumkin:
- boshqaruv obyektining funksiyalari;
- maxsus funksiyalar.
Birinchi guruh funksiyalar tarkibi har qanday boshqariluvchi tizimosti uchun bir xil tavsifga ega. Ular tarkibiga tashkil etish, tahlil, rejalashtirish, motivatsiya va nazorat kiritiladi.
Tashkil etish boshqaruv ob’ektlarini tarkiblashtirish, tegishli boʻlinmalarning huquq va majburiyatlarini belgilash kabilarni nazarda tutadi. Qoidaga koʻra tarkibiy birliklar ierarxik yoki javobgarlik va nazorat markazlarini belgilash orqali funksional belgilari boʻyicha boʻlinadi. Moliyaviy menejmentning tashkil etish funksiyasini amalga oshirish jarayonida korxonalarda boshqarish tizimining amaldagi tuzilmasi tomonidan mazmunan va funksional jihatlar oʻzaro mosligi va integratsiyasiga erishiladi. Bu jarayonda tashkiliy tuzilmalarni tashqi muhitning oʻzgaruvchan shart-sharoitlariga doimiy ravishda moslashtirib borish talab etiladi.
Samarali moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish koʻp jihatdan korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini, uning likvidliligi va moliyaviy barqarorligini, shuningdek yaxlit moliyaviy-xoʻjalik faoliyati va alohida operatsiyalar oʻtkazish natijalarini davriy baholashni nazarda tutuvchi tahlil funksiyasini amalga oshirishga bogʻliq. Tahlil jarayonida korxona faoliyatidagi oʻziga xos kamchiliklar aniqlanadi va ularni bartaraf etish yoʻnalishlari belgilanadi.
Rejalashtirish maqsadlarni qoʻyish va ularga erishish yoʻllarini tanlash mavjud va egalik qilish mumkin boʻlgan resurslarning cheklanganligini hisobga olgan holda maqsadlarni qoʻyish va ularga erishish yoʻllarini tanlashni nazarda tutadi. Bu funksiya moliyaviy menejmentda eng asosiy funksiyalardan biri hisoblanadi. Strategik yoʻnalishlarni va rivojlanish maqsadlarini ishlab chiqish, resurslar va kapitalning barcha turlaridan yuqori darajada samarali foydalanish yoʻnalishlarini, qoʻshimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish usullarini belgilab olish, risklarni neytrallashtirish yoʻnalishlarini belgilash va boshqa shu kabi masalalar rejalashtirish funksiyasi doirasida amalga oshiriladigan vazifalar roʻyxati hisoblanadi. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi eng muhim va farqli xususiyati korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlarini rejalashtirish bozor kon’yukturasi, yetkazib berilayotgan tovarga talab va taklif darajasi, raqobat darajasi va boshqalarni aniq belgilashning murakkabligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi bilan ifodalanadi. Rejalashtirish faoliyat natijalari tahliliga, ichki va tashqi muhitda kutilayotgan oʻzgarishlarga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Motivatsiya qoʻyilgan maqsadlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan faoliyatni oʻzida aks ettiradi. Bu funksiya yordamida xodimlarning xulqiga ta’sir etish va ularning talablarini hisobga olgan holda turli omillar orqali ta’sir oʻtkazishga harakat qilinadi. Uni amalga oshirish jarayonida belgilangan moliyaviy koʻrsatkichlarni, normativlarni va reja topshiriqlari bajarganlik yoki bajarmaganlik, resurslar tejamkorligiga va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishganligi va boshqa holatlarda korxonaning alohida tarkibiy boʻlinmalari xodimlari uchun ragʻbatlantirish yoki jarimalar qoʻllash tizimi shakllantiriladi. Mazkur funksiyaning samarali ishlashi ish faolligining, tovar sifatining, xodimlar malaka darajasining oʻsib borishiga va eng asosiysi korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga bevosita ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
Nazoratning mohiyati korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan real holatlarni oʻz vaqtida aniqlash, belgilangan maqsadlarga erishishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga xizmat qilishdan iborat. Moliyaviy menejmentning bu funksiyasi ishlashi korxonada ichki nazorat tizimini tashkil etish, nazorat qilinadigan koʻrsatkichlar tarkibini, davriyligini va boshqalarni belgilab qoʻyish bilan bevosita bogʻliq hisoblanadi.
Moliyaviy menejmentning maxsus funksiyalari guruhi boshqaruv faoliyatining alohida turi sifatida moliyaviy menejmentning oʻziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ularga quyidagilar kiradi;
- aktivlarni boshqarish;
- kapitalni boshqarish;
- investitsiyalarni boshqarish;
- pul oqimlarini boshqarish;
- moliyaviy risklarni boshqarish.
Aktivlarni boshqarish funksiyasi mohiyati korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha belgilab qoʻyilgan koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda turli xil aktivlarga real talabni belgilash bilan ifodalanadi. Bunda yuqori darajada samarali foydalanish nuqtai nazaridan aktivlar tarkibini optimallashtirish, likvidlilikni ta’minlash, samarali amortizatsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, aktivlarni moliyalashtirishning korxona uchun qulay boʻlgan shakllari va manbalarini tanlash kabilarga jiddiy e’tibor qaratish talab etiladi.
Kapitalni boshqarish rivojlanish strategiyasiga mos ravishda korxonaning strategik va joriy faoliyat turlarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga yoʻnaltirilgan. U kapitalga umumiy talabni aniqlash, korxona uchun eng ma’qul kapital manbalarini va moliyalashtirish shakllarini qidirib topish, kapital bahosini minimallashtirish va ulardan yuqori darajada samarali foydalanish, qayta moliyalashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ular oʻrtasidagi optimal nisbatni ta’minlash kabilarni oʻz ichiga oladi.
Investitsiyalarni boshqarish korxonaning strategik va joriy maqsadlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan investitsion siyosatni shakllantirishdan iborat. Mazkur funksiya doirasida alohida loyihalarning va moliyaviy instrumentlarning investitsion jozibadorligini baholash, kapital qoʻyilmalar byudjetini ishlab chiqish, qimmatli qogʻozlar portfelini shakllantirish va boshqarish hamda boshqa shu kabilar amalga oshiriladi.
Pul oqimlarini boshqarish korxonaning joriy, kundalik faoliyatida shak-shubhasiz muhim rol oʻynaydi. Bu funksiyaning samarali amalga oshiriligi koʻp jihatdan korxonaning toʻlovga layoqatliligi, likvidliligi va moliyaviy barqarorligiga xizmat qiladi. Funksiyaning mohiyati korxona pul mablagʻlari oqimining kirimi va chiqib ketishini toʻgʻri shakllantir, miqdor, vaqt va alohida operatsiyalar boʻyicha pul oqimlarini sinxronlashtirish, vaqtinchalik boʻsh pul mablagʻlaridan toʻgʻri foydalanish kabilarni oʻz ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotida risk korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining ajralmas omili hisoblanadi. Moliyaviy risklarni boshqarish funksiyasini amalga oshirish jarayonida ularning asosiy turlari aniqlanadi, bunday risklar darajasi va ular bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar darajasini baholash oʻtkaziladi. Olingan axborotlar va tahlil natijalari asosida risklarni kompleks boshqarish, risklarning alohida turlari profilaktikasi va ularni minimallashtirish, shuningdek diversifikatsiyalash, sugʻurtalash va xedjerlash boʻyicha chora-tadbirlar tizimi shakllantiriladi.
Yuqorida keltirilgan moliyaviy menejmentning asosiy funksiyalari umumiy tavsifga ega. Aniq bir korxona va uning faoliyat yoʻnalishlari oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yuqorida keltirilgan funksiyalar har biri yanada aniqlashtirilishi mumkin.

Xulosa
Moliyaning maqsadlari turli-tuman boʻlishi mumkin. Uzoq muddatli istiqbolda ular korxonani rivojlantirishning umumiy strategiyasiga mos kelishi, uni amalga oshirishni ta’minlashi lozim.
Korxona faoliyatining u yoki bu maqsadining afzalligini asoslash firmalar faoliyatining turli xil nazariyalari doirasida amalga oshiriladi. Firma nazariyalaridan kelib chiqqan holda quyida asosiy tan olingan korxonalar faoliyati maqsadlari xususida toʻxtalib oʻtamiz.
Firmalalarning klassik nazariyasida tadbirkorlikning bosh maqsadi olingan tushumlarning sarflangan xarajatlardan yuqori boʻlishini erishish nazarda tutiladi. Tushumlar va xarajatlar oʻrtasidagi farq foyda sifatida aks ettiriladi. Shunday qilib, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi har qanday tashkilotning eng asosiy maqsadi oʻz faoliyati boʻyicha foyda miqdorini maksimallashtirib borish hisoblanadi. Bunda foyda miqdorini buxgalteriya hisobi koʻrsatkichlari asosida aniqlashning osonligi va har qanday boshqaruvchi yoki mulkdor uchun tushunarli ekanligi mazkur yondashuvning ommaviyligida muhim rol oʻynaydi.
Shubhasiz, korxonalar oʻz faoliyatida foydani oshirishga intilishi lozim. Lekin mazkur jarayonda bu maqsadga erishish uchun kuchlarni markazlashtirish kelajakda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan ilmiy-tadqiqot ishlanmalariga xarajatlarni qisqartirish, yangi mahsulotlar ishlab chiqish va bozordagi nufuzini oshirib borish, zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni joriy etish, yuqori malakali xodimlar ish haqlarini oshirib borish va boshqa shu kabilar yaqin kelajakda foyda miqdorini mos ravishda oshirish imkonini berishi mumkin. Bundan xulosa chiqarish mumkinki, korxonalarning asosiy maqsadi foydani oshirish boʻlganda har doim ham risklilik darajasi baholanavermaydi.
Foydani maksimallashtirish biznesni boshqarishning maqsadi sifatida quyidagi kamchiliklarga ega:


Download 95.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling