Moliyaviy tahlilni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari Reja: kirish bob


I.BOB 1.1. Moliyaviy taxlilning fan sifatida shakllanishi va uning uslubiy asoslari


Download 147.96 Kb.
bet2/9
Sana02.06.2024
Hajmi147.96 Kb.
#1836947
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MOLIYAVIY TAHLILNI TAHLILNI TASHKIL ETISHNING O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

I.BOB

1.1. Moliyaviy taxlilning fan sifatida shakllanishi va uning uslubiy asoslari


Ijtimoiy yunaltirilgan bozor munosabatlariga utish sharoitida turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarning xujalik-moliya faoliyatini taxlil etish muxim axamiyat kasb etadi. Chunki mustakil mamlakatimizning xisob tizimini tuYori yulga kuyish, shuningdek, iqtisodiy jaraYonlardagi uzgarishlarni makro va mikro jixatdan taxlili, ijtiomiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyoti rivojining muxim dastaklaridan biri xisoblanadi.
Korxonalar ishlab chikarish-tijorat va moliya faoliyatini taxlil etish asosida xukumatimiz tomonidan olib borilaYotgan isloxotlar iqtisodiyotimizda ruy beraYotgan uzgarishlarning aloxida olingan korxonalar misolidagi xolatiga baxo berish va shu asosda tarmok, xudud va mamlakat iqtisodining ravnakini xam belgilash mumkinligi iqtisodiy taxlil rolini nakadar muximligini tavsiflayda.
Iqtisodiy taxlilni rejali iqtisodiyot davridan bozor iqtisodiyotiga utish davridagi uzgarishlarini bir suz bilan baYon kilishni imkoni yuk. Bu uzgarishlarni uning nafakat nazariy asoslarida balki, uslubiy, tashkiliy, xukukiy, amaliy asoslarida xam kurish mumkin. Iqtisodiy taxlil firma va kompaniyalar boshkaruvini muxim vositasigina emas, balki, bozor iqtisodiyotning muxim dastaklaridan biri sifatida xam shakllanmoqda.
Aniq fanlar katoriga kiruvchi «Buxgalteriya xisobi»ning fan sifatida shakllanganligiga 5 asrdan (agarda Luka Pochalinining 1494-yilda ikki Yoklama Yozuv usuliga asos solingan kitobini nashr etilishi bilan belgilasak), «Audit» fanining shakllanganligiga 2 asrdan oshgan bir paytda, «Iqtisodiy taxlil”ni fan sifatida shakllanganligiga endigina bir asr buldi1. Lekin shunga karamay u uzining boy tarixiga ega.Jumladan, iqtisodiy taxlilni fan sifatida Respublikamizda ukitila boshlanganligidan buYon endigina 40 yilga yakin vakt utdi va bugunga kelib uzining rivojlanish, takomillashish boskichiga kadam kuydi.
Fan — fan bulishi uchun uzining anik obyektiga va shu obyektni urganishni vositalariga, usullariga ega bulmoYoi lozim. Moliyaviy taxlil fani xam uzining obyektiga va uni urganishning uslubiy asosilariga tula ega. Xuddi shu xolat uning fan sifatida ukuv dasturlariga kiritilishiga, nazariy asosini yaratilishiga, amaliYotda tashkil etilishiga, xukukiy va tashkiliy asoslarining vujudga kelishiga zaruriyatga qodirdi. Moliyaviy taxlil «Iqtisodiy taxlil» fanining negizida va uning manbalariga tayangan xolda shakllandi. Iqtisodiy taxlil faning negizida shuningdek; funksional kiymatli taxlil, tarmoklar taxlili, staxostik taxlili, kompleks iqtisodiy taxdil, boshkaruv taxlili kabi kator fanlarni ajralib chikkanligini kurish mumkin.
Iqtisodiy taxlilning fan sifatida shakllanishida uning turli davrlarda turlicha nomlanishini aloxida ta’kidlash lozim.
Nazorat iqtisodiy tizimning zarur elementi sifatida butun insoniyat sivilizatsiyasi bilan birga rivojlanadi, evolyutsion taraqqiyot va inqilobiy to‘fonlar jarayonida, jamiyat iqtisodiy formatsiyasi, siyosiy tizimi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, qonun chiqaruvchi, ijroiya va sudlov hokimiyati organlari almashinuvi jarayonida o‘zgarib boradi.
Nazorat - jamiyat iqtisodiy hayotidagi obyektiv hodisa va har qanday davlat boshqaruvining muhim bo‘g‘inidir. Shu bilan birga u ko‘p ming rahbar va mutaxassislar, mehnat jamoalari, jamoat va davlat tashkilotlarining subyektiv ijod sohasidir.
Moliyaviy nazorat - butun nazorat tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, uning yo‘nalishi davlat moliya siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, tarmoqlar iqtisodiyotidagi barcha soha va bo‘g‘inlarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va samarali foydalanishga qaratilgan bo‘ladi. Bozor munosabatlari rivojlangan taqdirda ham moliyaviy nazoratning salohiyati pasaymasdan, balki oshib boradi.
Moliyaviy nazorat - moliyaning nazorat funksiyasini amalga oshirish ko‘rinishida namoyon bo‘lib, u moliyaviy nazoratning mazmuni va yo‘nalishini belgilab beradi. Shunday bo‘lsada, moliyaviy nazoratning mazmuni va yo‘nalishi jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining o‘zgarishidan kelib chiqqan holda o‘zgarib turadi. Masalan, korxonalarning xo‘jalik yuritish huquqlarining kengayishi, ularning moliyaviy faoliyatini olib borishdagi mustaqilligi, tadbirkorlikning rang-barang ko‘rinishdagi mulk shakllarining vujudga kelishi moliyaviy nazoratning mazmunini boyitishga olib keladi.
Moliyaviy nazorat bu maxsus shakl va uslublarni qo‘llash orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqaruv organlarining moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni tekshirishga qaratilgan harakatlar va taftishlar yig‘indisidir.
Moliyaviy nazorat - bu moliyaviy tekshirish va u bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar harakatini va muomalasini majmui bo‘lib, xo‘jalik subyektlari faoliyatini va boshqarishni o‘ziga xos usullar va shakllar yordamida tashkil etish.
Moliyaviy nazorat tizimi subyektlar (nazorat qiluvchilar), obyektlar (nazorat qilinuvchilar), nazoratning usul va vositalarini birgalikda jamlab, o‘z ichiga oladi. Ular nazorat obyektining holatini, ijroning kutilgan natijalarini aniqlash, ularni tahlil qilish va baholash, tuzatish kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar yo‘sinini ishlab chiqish uchun yaxlit uyg‘unlikda hamkorlik qiladi.

Download 147.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling