Reja:
- Moliyaviy tizim: ta’rifi, mazmun-mohiyati.
- Moliyaviy tizimda moliyaviy oqimlarning tutgan o‘rni.
- Moliya tizimi funksiyalari.
- Moliya tizimi sohalari va bog’inlari.
- Xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi.
3-mavzu. Moliyaviy tizimi
1. Moliyaviy tizim: ta’rifi, mazmun-mohiyati
1. Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar hamda boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim deyiladi.
2. Jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmuiga moliya tizimi deyiladi
3. Davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash hamda foydalanish borasidagi shakl hamda metodlar to’plamiga moliya tizimi deyiladi
Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vositachilar va firmalar hamda uy xo‘jaliklari, xususiy kompaniyalar va hukumat tashkilotlari o‘zlari tomonidan qabul qilinayotgan moliyaviy qarorlarni ular yordamida amalga oshiradigan boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy tizim
Moliyaviy xizmatlar taqdim etuvchi
Korxonalar
Moliyaviy vositachilar
Moliyaviy bozorlar
davlat tashkilotlari
xususiy kompaniyalar
uy xo’jaliklari
o’zlari tomonidan qabul qilingan moliyaviy qarorlarni amalga oshiradilar
(hayotga tadbiq etadilar)
Boshqa institutlar
Do'stlaringiz bilan baham: |