Moliyaviy va boshqaruv hisobi


 Foydaning ishlatilishi, yakuniy moliyaviy natija va taqsimlanmagan


Download 2.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/134
Sana29.10.2023
Hajmi2.83 Mb.
#1732728
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   134
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

11.9. Foydaning ishlatilishi, yakuniy moliyaviy natija va taqsimlanmagan 
foydani (qoplanmagan zarar) hisobga olish 
Foyda korxonalar tomonidan yil davomida budjet oldidagi foyda (daromad) 
dan ajratma bo’yicha majburiyatlarni bajarish uchun ishlatiladi. Yil davomida 
budjetga daromad (foyda) dan ajratma bo’yicha bo’nak to’lanmalar va haqiqiy 


430 
foydadan qaytadan hisoblash bo’yicha to’lanmalar quyidagi schyotlarda hisobga 
olinadi: 9810-«Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» va 9820-«Foydadan 
hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyoti. Bular 
tranzit schyotlar bo’lib kontrpassiv schyotlariga mansubdir. Ushbu schyotlarning 
debet oborotlari yil davomida daromad (foyda) dan budjetga ajratma bo’yicha 
to’lanmalar summasini ko’rsatadi. Hisobot davri oxirida yillik hisobotini tuzishda 
bu schyotlar yopiladi va ularda yil boshiga qoldiq qolmaydi. 
Foyda (daromad) dan ajratiladigan soliqlarni hisoblash va to’lash qonunchilik 
va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
Yil davomida budjetga foydadan ajratma, yig’im va boshqa ajratmalar 
hisoblanganda 9810 va 9820 schyotlari debetlanib 6410 -«Budjetga to’lovlar 
bo’yicha qarz» schyoti kreditlanadi. Ushbu foydadan ajratma, yig’im va boshqa 
ajratmalar budjetga o’tkazib berilganda 6410- schyot debetlanib, pul mablag’larini 
hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi. 
Hisobot yili oxirida bu schyot quyidagi yopiladi: Dt 9910- «Yakuniy 
moliyaviy natija», Kt 9810, 9820 - schyotlar. 
Foydadan ajratma, yig’im va boshqa ajratmalarni hisobga oladigan 9810 va 
9820 - schyotlarning sintetik va analitik hisoblari bankning hisob - kitob 
schyotidan berilgan ko’chirmasiga va boshqa hujjatlarga asosan 15 - jurnal - 
orderda yuritiladi. 
Odatda korxona faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasi yil oxirida 
aniqlanadi. Buning uchun korxona buxgalteriyasida 9910- «Yakuniy moliyaviy 
natija» schyoti ochiladi. Bu schyot hisobot yilida korxona faoliyatining yakuniy 
moliyaviy natijasini shakllanishi to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun 
tayinlangan. 
Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) quyidagicha aniqlanadi: asosiy 
faoliyatdan olingan moliyaviy natija (foyda) ga moliyaviy faoliyatdan olingan 


431 
daromad va favquloddagi foyda summasi qo’shiladi va shu faoliyatlardan sodir 
bo’lgan zarar (xarajat) lar olib tashlanadi. 
9910- «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti tranzit bo’lib aktiv - passiv 
schyotlarga mansubdir. Debeti bo’yicha xarajatlar, krediti bo’yicha - korxonaning 
foydasi aks ettiriladi. Bu schyotning debet oboroti bilan kredit oborotini 
solishtirish yo’li bilan hisobot davridagi yakuniy moliyaviy natija aniqlanadi. 
Bir hisobot davrining oxirida 9910- «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining 
debet va kredit tomonlari ko’rsatkichlari jamlanib bu schyotning umumiy saldosi 
hisoblab chiqariladi. Ҳisoblab topilgan saldo hisobot davrida soliqqa tortilgunga 
qadar bo’lgan umumiy balans foydasi (yoki zarari) ni ko’rsatadi. 
Hisobot yilining oxirida 9810- «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar», 
9820 «Foydadan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlarida 
foyda (daromad) dan hisoblangan umumiy summa aks ettiriladi. Yillik hisobotni 
tuzishda oxirgi buxgalteriya o’tkazmalari bilan hisoblangan soliq va yig’imlar 
summasi, ilgari aytilganidek, quyidagi hisobdan chiqariladi: Dt 9910-«Yakuniy 
moliyaviy natija», Kt 9810-«Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» yoki 
Kt9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» 
schyotlari. 
9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida qolgan sof foyda (yoki zarar) 
summasi quyidagi yozuv bilan taqsimlanmagan foydaga o’tkaziladi: 
Sof foyda summasiga - Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija», Kt 8710- 
«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)». Zarar 
summasiga esa, Dt 8710, Kt 9910 - «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti. 
Korxona faoliyatining boshidan yig’ib kelingan va hisobot davrida sodir 
bo’lgan mavjud taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasining 
harakati to’g’risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 8710-
«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» va 8720-
«Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» schyotlari. Bu schyotlar nazariy 


432 
jihatdan passivdir, lekin amaliyotda 8710-schyot debet saldoga ham ega bo’lishi 
mumkin, ya’ni korxona hisobot davrini zarar bilan yakunlashi ham mumkin. 
Jamg’arilgan foyda - bu har qanday zararlar, dividendlar va mulkdorlar 
qarori bo’yicha hususiy kapitalga reinvestitsiya qilingan summalar chiqarilib 
tashlangandan qolgan xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyatini boshidan boshlab 
olgan sof foydasidir. 
8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» 
schyotida 
korxonaning 
hisobot 
yili bo’yicha taqsimlanmagan foydasi 
(qoplanmagan zarari) hisobga olinadi. 
Dividendlar va mulkdorlar qaroriga binoan boshqa ajratmalar qilingandan 
so’ng hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi 8710-«Hisobot davrining 
taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotidan 8720-«Jamg’arilgan 
foyda (qoplanmagan zarar)» schyotiga o’tkaziladi. 
Ilgari aytganimizdek, 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi 
(qoplanmagan zarari)» schyoti, agar xo’jalik faoliyatidan olingan foydasidan 
zararlari va to’langan dividendlari ko’p bo’lsa, debet saldoga ham ega bo’lishi 
mumkin. Bunday hollarda zarar summasi quyidagi yozuv bilan jamg’arilgan 
foydani kamaytirishga o’tkaziladi: Dt 8720-«Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan 
zarar)», Kt 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan 
zarari)» schyoti. 
Тaqsimlanmagan foydadan zaxira kapitalini shakllantirish uchun ajratiladi. 
Bunda 
quyidagicha 
rasmiylashtiriladi: 
Dt 
8710-«Hisobot 
davrining 
taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)», Kt 8520- «Zaxira 
kapitali» 
schyoti. 
Тaqsimlangan foydadan dividendlar hisoblansa, 8710- schyot debetlanib, 
6610- «Тo’lanadigan dividendlar» schyoti kreditlanadi. Dividendlar to’langanda, 
6610 «Тo’lanadigan dividendlar» schyoti debetlanib quyidagi schyotlar 
kreditlanadi: 5010, 5110, 5210- schyotlar. Pul mablag’lari bilan yoki 9010- 


433 
«Mahsulot sotishdan olingan daromadlar» schyoti - sotish bahosida ishlab 
chiqarilgan mahsulot bilan to’lansa, shu bilan birga natura shaklida to’langan 
mahsulotning haqiqiy tannarxiga 9110- «Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi» 
schyoti debetlanib, 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti kreditlanadi. 
4610-«Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi» schyoti - 
dividendlar aksiyalar bilan to’lansa, 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining 
sintetik va analitik hisobi 15-jurnal - orderida yuritiladi. Bu jurnal - orderga yozish 
uchun asos bo’lib buxgalteriyaning ma’lumotnomasi, bankning hisob - kitob 
schyoti va boshqa schyotlardan bergan ko’chirmasi va boshqa hujjatlar 
hisoblanadi. Chorak va hisobot yili oxirida jurnal - order ko’rsatkichlari chorak va 
yillik hisobot shakllarini tuzish uchun asos bo’lib hisoblanadi. 

Download 2.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling