Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Hisob-siyosatining tarkib topishi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/92
Sana09.11.2021
Hajmi1.4 Mb.
#172605
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92
Bog'liq
1 МБХ мм сиртки “МБХ” fan kir Bux balans d

 

Hisob-siyosatining tarkib topishi 

 

Hisob  siyosatining  tarkib  topishi  nafaqat  hisob  uslubiyatini  usullarini, 

variantlarini tanlashni o„z ichiga oladi, balki uni tashkil qilish va  yuritish shakllarini 

ham aniqlash lozim. 

Bular quyidagilarni o„z ichiga oladi: 

1.  Ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqish. 




2.  Buxgalteriya hisobi shakllarini tanlash. 

3.  Buxgalteriya hisobini tashkil qilish. 

4.  Mulk  va  majburiyatlarni  inventarizatsiyasini  o„tkazish  muddati  va  sonini 

aniqlash. 

5.  Xo„jalik  aylanishi  va  hisob  ma‟lumotlarini  qayta  ishlash  texnologiyasini 

qoidalarini ishlab chiqish va boshqalar. 

Endi bularni har qaysisi bo„yicha alohida to„xtalamiz. 

1.  Ishchi  schyotlar  rejasini  ishlab  chiqish.  Har  bir  korxona  mustaqil  ravishda, 

markazlashgan tartibda tasdiqlangan schyotlar rejasi asosida ishchi schyotlar rejasini 

ishlab chiqadi. 

O„zbekiston  Respublikasidagi  xo„jalik  yurituvchi  subyektlar  moliya-xo„jalik 

faoliyati  buxgalteriya  hisobi  schyotlar  rejasi  21-sonli  Buxgalteriya  Hisobi  Milliy 

Standarti bo„lib, u O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 

(23.10.2002yil).  Mazkur  schyotlar  rejasi  asosida  har  bir  xo„jalik  yurituvchi  subyekt 

o„z  ishchi  schyotlar  rejasini  ishlab  chiqadi.  Xo„jalik  yurituvchi  subyekt  hamma 

schyotlardan, o„zi uchun haqiqatda zarur bo„lgan schyotlarni tanlashi, bo„sh schyotlar 

kodlaridan yangi schyotlarni kiritishda foydalanishi mumkin. 

2. Buxgalteriya hisobi shakllarini tanlash. Xo„jalik yurituvchi subyekt mustaqil 

ravishda  o„zida  qo„llashi  lozim  bo„lgan  hisob  shaklini  tanlaydi.  Jurnal-order  shakli 

yoki boshqa shakl bo„lishi mumkin. Buxgalteriya hisobi shaklini tanlash bilan birga, 

qo„llaniladigan  hisob  registrlari  ro„yxati,  ularning  tuzilishi,  registrlarga  yozuvlar 

ketma-ketligi va boshqalarni aniqlaydi. 

3.  Buxgalteriya  hisobini  tashkil  qilish.  Xo„jalik  yurituvchi  subyekt  mustaqil 

ravishda  buxgalteriya  tuzilishini  tashkiliy  shakllarini  tanlaydi.  Buxgalteriya  qanday 

bo„limlardan  tashkil  topishi  kerak.  U  o„zining  xo„jalik  va  ishlab  chiqarishlarini 

alohida balansga ajratishi mumkin va h.k. 



4.  Mulk  va  majburiyatlarni  inventarizatsiyasini  o‘tkazish  muddati  va  sonini 

aniqlash. 

Inventarizatsiyani  tashkil  qilish  va  o„tkazish  qonun-qoidalari  19-sonli 

Buxgalteriya hisobi milliy standartida ko„rsatib berilgan. 

Milliy Standartda ta‟kidlanishicha, hisobot yilida o„tkaziladigan inventarizatsiya 

soni,  ularni  o„tkazish  muddati,  mulk  va  moliyaviy  majburiyatlar  ro„yxati  xo„jalik 

yurituvchi subyekt rahbari tomonidan o„rnatiladi. 



5.Hujjat  aylanishi  va  hisob  ma’lumotlarini  qayta  ishlash  texnologiyasini 

qoidalarini ishlab chiqish

Har  bir  xo„jalik  yurituvchi  subyekt  mustaqil  ravishda  hujjat  aylanishi  va  hisob 

ma‟lumotlarini  qayta  ishlash  texnologiyasini  ishlab  chiqishi  lozim.  Chunki 

buxgalteriya  hisobining  xarakterli  xususiyatlaridan  biri  shundan  iboratki,  u  xo„jalik 

operatsiyalarini  hujjatlashtirishga  asoslangan.  Hisob  ma‟lumotlari  hujjatlardan 

olinadi.  Dastlabki  hujjat  -  bu  bo„lib  o„tgan  xo„jalik  operatsiyasining  yozma  holdagi 

isbotidir. 

Shuning  uchun  ham  buxgalteriyada  hujjatlarni  o„z  vaqtida  to„lg„azish,  to„g„ri 

to„lg„azish,  hujjat  aylanish  tizimini  har  bir  hujjat  bo„yicha  ishlab  chiqish  muhim 

ahamiyatga ega. 




 “Faoliyatning  xilma-xil  turlari  bo„yicha  yangiliklarni  joriy  etishning  tezligi 

shunday operatsiyalar va vaziyatlarga olib kelishi mumkinki, bunday operatsiyalar va 

vaziyatlar  bo„yicha  BHMS  hali  ishlab  chiqilmagan.  Bunday  holatlarda  moliyaviy 

hisobotning  xolisligiga  hisob  siyosatini  tanlash  va  qo„llanish  yo„li  bilan  erishiladi. 

Bunday  siyosat  xo„jalik  yurituvchi  subyekt  tomonidan  ushbu  standartga  muvofiq 

ravishda mustaqil ishlab chiqilishi lozim.”

5

 

Hisob siyosatini buxgalteriya hisobini yuritish subyektning mablag„larini hisobot 



yilida baholashning uslubiy qoidalarining yig„indisi deb ta‟riflash mumkin.  


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling