Moliyaviy vositachilarning iqtisodiyotda tutgan o’rni


Download 1.31 Mb.
Sana24.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1115325
Bog'liq
moliya ppt jamshid

Moliyaviy vositachilarning iqtisodiyotda tutgan o’rni

Tayyorladi: Haydarov Jamshid

Reja:

  • 1. Moliyaviy vositachilar va ularning tarkibi.
  • 2. Iqtisodiyotni rivojlantirishda banklarning roli.
  • 3. Investitsion banklar va sug'urta kompaniyalarining moliyaviy vositachi sifatidagi o'rni
  • 4. Moliyaviy vositachilar faoliyatini rivojlantirish masalalari.

Moliyaviy vositachilar

  • Moliyaviy vositachilar shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi moliya bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat. Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsulotlar savdosidan iborat bo’lgan firmalar moliyaviy vositachilar deb yuritiladi
  • Moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlariga , boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartnomalari kiradi.
  • Hozirgi kunda banklar aktivlari nuqtai nazaridan eng yirik va qadimiy moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Birinchi banklar bundan yuzlab yillar avval Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy funksiyasi hisob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun to‘lov mexanizmlarini taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha paytda keskin o‘sish davrini boshdan kechirayotgan savdo-sotiqning tovar va xizmatlar bilan rivojlanishiga yordam bergan
  • Sug‘urta kompaniyalari – bu moliyaviy vositachilar bo‘lib, ularning asosiy funksiyasi uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etishdir. Bunday shartnoma sug‘urta polisi deb nomlanadi va unga muvofiq, unda keltirilgan konkret holatlar yuzaga kelganda mijozlarga ma’lum summa to‘lanadi

Iqtisodiyotni rivojlantirishda banklarning roli

  • Bank – bu pul mablag’larini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit, hisob – kitob va har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasadir. O’zbekistоn Respublikasi qоnunlariga asоsan bank - tijоrat muassasasi bo’lib, jismоniy va yuridik shaхslarning bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qilish va ularni o’z nоmidan, to’lоvlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asоsida jоylashtirish оperatsiyalarini va bоshqa bank оperatsiyalarini bajaradi.

Mamlakatimizda boshqa rivojlanayotgan davlatlar singari ikki pog’onali bank tizimi mavjud

  • Markaziy bank bajaradigan vazifalari:
  • 1. Boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlaydi.
  • 2. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash vazifasini ham bajaradi.
  • 3. Cheklarni qayt (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta`minlaydi,
  • 4. Banklararo hisob- kitoblarni amalga oshiradi va ularga kreditlar beradi.
  • 5. Davlatning yagona pul – kredit siyosatini amalga oshiradi.
  • Tijorat banklari - o`zlarining xo`jalik mavqeyiga ko`ra aksionerlik tipidagi muassasa hisoblanadi. shu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
  • vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish;
  • korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
  • iqtisodiyotda hisob - kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;
  • moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish

Investitsion banklar va sug'urta kompaniyalarining moliyaviy vositachi sifatidagi o'rni.

  • Moliyaviy vositachilik tizimining muhim elementlaridan biri – bu investitsion banklardir. investitsion bank faoliyati deganda odatda quyidagilar koʼzda tutiladi: qimmatli qogʼozlarni muomalaga chiqarishni tashkil etish, qimmatli qogʼozlarni joylashtirishni tashkil etish (anderrayting), qimmatli qogʼozlar likvidliligini saqlab turish (market-maykerlik), qoʼshilish/birikish bitimlariga xizmat koʼrsatish, sekyuritizatsiya bitimlariga xizmat koʼrsatish, investitsion-moliyaviy konsalting xizmatini koʼrsatish, analitik taʼminot, yangi moliyaviy mahsulotlarni shakllantirish.
  • Sug‘urta kompaniyalari yani yuqorida aytganimizdek polislari bular Predmeti baxtsiz hodisadan, o‘g‘irlik yoki yong‘indan sug‘urtalash bo‘lgan polislar kutilmagan hodisalardan keladigan zararni sug‘urtalash va mulkiy sug‘urtalash sohasiga kiradi. Sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha to‘lovlarni nazarda tutuvchi polislar kasallik bo‘yicha va mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasiga, mijoz vafot etgan taqdirda pul to‘lanishi nazarda tutiladigan polislar hayotni sug‘urtalashga kiradi.Sug‘urta polislari ularni sotib oluvchi uy xo‘jaliklari va firma-larning aktivi hisoblanadi.

Moliyaviy vositachilar faoliyatini rivojlantirish masalalari

  • Bugunki kunda mamlakatimizda moliyaviy vositachilarni qo’llab-quvvatlash va ular faoliyatini yanada rivojlantirish borasida ko’pgina islohotlar o’tkazilmoqda. 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasida ham moliyaviy vositachilarning asosiylaridan bo’lgan banklar, investitsiya va sug’urta kompaniyalarining mamlakatimizning makroiqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolishda o’rni kattaligi ta’kidlab o’tilgan

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling