YONBOSH NERVLILAR (AMPHINEURA) KENJA
TIPI
Bu kenja tipga bir necha mm dan 35 sm gacha kattalikdagi ikki yon-lama simmetriyali mollyuskalar kiradi. Ichki tana xaltasi bo‘lmaydi. Mantiya kutikulasi sirtdan ohak tangachalar bilan qoplangan. Ko'pchilik mollyuskalaming tanasini orqa tomondan o‘zaro harakatchan tutashgan alo-hida qalqonchalardan iborat chig‘anoq yopib turadi. Boshida ko'zlari, paypaslagichlari va statotsistlari bo‘lmaydi. Nerv sistemasi tana bo'ylab joylashgan ikki juft nerv tomirlaridan iborat. Bu tomirlar halqum atrofida va anal teshigidan keyingi joyda o‘zaro tutashadi. Yonbosh nervlilarga 1300 ga yaqin mollyuskalar turi kiradi ular qalqondorlar, ya’ni xitonlar hamda qalqonsizlar, ya’ni egatcha qorinlilar sinfiga bo'linadi.
CHIG‘ANOQLILAR (CONCHIFERA) KENJA TIPI
Tanasi chig'anoq ichidajoylashgan. Chig‘anog‘i yaxlit yoki ikki tava- qali bo‘ladi. Nerv sistemasi tarqoq tugun tipida tuzilgan. Yon nerv stvollari orqa ichakdan keyinroqda tutashgan boladi. Ko‘zlari va paypaslagichlari boshida joylashgan. Muvozanat saqlash organlari rivojlangan.
Chig'anoqlilar monoplakoforalar, qorinoyoqlilar, kurakoyoqlilar, plastinkajabralilar (ikki pallalilar) va boshoyoqlilar sinflariga bo'linadi.
Ovqat hazm qilish sistemasi. Og‘iz teshigi boshining ostki tomonida joylashgan. Ayrim yirtqich vakillarida boshining oldingi qismi cho‘zilib, xartumni hosil qiladi. Og‘iz teshigi og‘iz bo‘shlig‘i orqali xartumgao‘tadi. Halqumda bitta yoki ikkita jag‘ hamda plastinkasimon muskulli tilcha qirg ‘ichi radula bo ‘ladi. Bu tilchaning sirti kutikula hamda mayda tishcha- lar bilan qoplangan.
XITONLAR. Ovqat hazm qilish sistemasi. Og‘iz teshigi boshining ostida joylashgan. Oldingi ichakning kengaygan muskulli uchki qismi halqumga ochiladi. Halqumda joylashgan muskulli tilchasining usti qalin shoxsimon kutikula bilan qoplangan. Kutikula sirtida bir necha qator shoxsimon tishchalar - radula, ya’ ni qirg ‘ichi joylashgan.
Nafas olish organlari odatda ktenidiy deb ataladigan jabralardan iborat. Faqat quruqlikda hayot kechiradigan va bir qancha chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalari o‘pka orqali nafas oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |